Radiatsion sterillash usuli
Bu usul xozirgi kunda AQSH va Angliyada ko‘p ishlatiladigan sterillash usuli hisoblanadi. Nur bilan sterillash o‘z xossasi bilan sovuq usul hisoblanib, unda sterillanayotgan predmet - harorati 3% gacha oshishi mumkin. SHu sababli bu usul haroratga chidamsiz dori moddalarni sterillash uchun qulay hisoblanadi.
Sun’iy ravishda olingan radioaktiv izotoplardan So60, So137 va yadro reaktorlari qoldiqlari radiatsion gamma nurlari bilan nurlanish manbaalari bo‘lishi mumkin. Odatda sterillashga 2,5x106 rad. etarli hisoblanadi. Moslamada ishlayotgan odamlar, ishlash vaqtida uni ta’siridan muhofaza qilinishi kerak, qoldiq radiatsiyani chaqirmaydi.
Ob’ekt jihozlangan xolda sterillanishi mumkin. Radioaktiv nurlar ta’sirida o‘tkaziladigan sterillash mexanizmini aniq aytish qiyin, ammo shu narsa aniqki, sterillash natijasida oz-oz miqdorda bo‘lsa ham turli parchalanish mahsulotlari ajraladi. Uglevodlar, aromatik birikmalar, oqsillar, aminokislotalar, antibiotiklar, vitaminlarning radioaktiv nur ta’sirida sterillash natijalari o‘rganilgan. Xirurgiya amaliyotida ishlatiladigan ketgut, plazma, bog‘laydigan-o‘raydigan ash’yolarning sterillash natijalari o‘rganilgan. Dorixona sharoitida bu usul qo‘llanilmaydi.
FILTRLAB STERILLASH
Filtrlab sterillash deb, mayda teshikchali filtrlar orqali eritmalarni filtrlab, mikroorganizm va ularning sporalaridan tozalash usuliga aytiladi. Bu usul xozirgi kunda farmatsevtik korxonalarda juda keng qo‘llaniladigan usul hisoblanib, dorixona amaliyotida ham qo‘llanish me’yorlari ishlab chiqilmoqda. Asosan bu usul yordamida haroratga chidamsiz bo‘lgan dori moddalar eritmalari sterillanadi. Termik sterillashdan oldingi jarayon sifatida mexanik usulda eritmani mikroorganizmlardan tozalab olish hozirgi vaqtda keng qo‘llanilmoqda va yaxshi samara berayapti. Bu filtrlar asosan keramika, shishadan va sintetik tolalardan tayyorlanadigan membranali filtrlardir.
Mikroteshikchali filtrlarni tozalash xususiyati mikroorganizm tanachalarini mexanik to‘siqda ushlab qolishgagina asoslangan bo‘lmay, balki shu teshikcha yuzasi va g‘ovaklari orasiga ularning tanachalarini so‘rilib (adsorbsiyalanib) qolishiga asoslangan. Bu usulni qo‘llashdagi tekshirishlarni ko‘rsatishicha filtrlarning adsorbsion xususiyati mikroorganizm turi, uni eritmadagi miqdori va filtrlash sharoiti bilan bog‘liqdir.
Bu filtrlarga bakteriologik shamcha deb ataluvchi silindrsimon shaklda, o‘rtasi bo‘sh silliqlanmagan farfordan yasalgan keramik (sopol) filtrlar kiradi. Bu "shamchalar" orqali filtrlash 2 usulda olib borilishi mumkin. Birinchi usul suyuqlik ustki ochiq teshik orqali filtr ichiga tushib undan bosim ta’sirida idishga filtrlanadi. Ikkinchi usul: filtrini ustki ochiq teshigi orqali mahsus moslama bilan boshqa idishga biriktirilib, shamcha eritma ichiga tushiriladi va biriktirilgan idishdagi havo so‘rib olinishi natijasida filtrlanadi.
SHisha filtrlar - shisha donalari yopishtirilgan plastinka hisoblanib, har xil o‘lchamda chiqariladi. Katta o‘lchamli g‘ovakli filtrlar eritmalarni filtrlash maqsadida qo‘llaniladi. 5 nomerdagi filtr teshikchalari o‘lchami 0,7-1,5 mkm kattalikda bo‘lib steril eritmalar olish uchun qulay. Filtrlash vakuum ostida olib boriladi. SHisha filtrlar ishlatish uchun qulay, arzon. Ularni qo‘llashdan oldin sterillanadigan eritmalar oddiy filtrlardan o‘tkazilishi kerak. Bu shisha filtrlarni ifloslanishdan saqlaydi.
SHisha filtrlar ishlatish davomida mikroorganizmlar, hamda mexanik qo‘shilmalar bilan ifloslanadi. Ularni xromli aralashma bilan yuvib tozalanadi. SHisha filtr ishlatayotganda uni ustiga 1-2 qavat filtr qog‘oz qo‘yilsa, uni ifloslanishi kamayadi va ishlash vaqti uzayadi.
Membranali filtrlar - dori modda eritmalarini to‘liq sterillash maqsadida qo‘llaniladi. Filtrlash qismi qalinligi 100 mkm, teshikchalari o‘lchami 0,2 dan 3 mkm bo‘lgan sellyuloza efirlaridan tashkil topgan govak disk membranadir. Tolalar suv, suyultirilgan kislota va ishqor ta’siriga chidamli, ammo spirt va efir ta’siriga sezuvchan hisoblanadi. Membranali filtrlar quritilganda mo‘rt, sinadigan bo‘lib qoladi. SHuning uchun ularni tozalangan suvda konservant qo‘shib saqlash kerak.
Xozirgi paytda har-xil polimerlar asosida tayyorlangan filtrlar keng qo‘llanilmoqda. Masalan, atsetat sellyulozadan MFA navli “Vladipor” filtri ishlab chiqarilmoqda. Bu filtr rN ko‘rsatkichi 1,0 dan 10 gacha bo‘lgan eritmalarni mexanik aralashma va mikroblardan tozalash uchun ishlatilishi mumkin. Ular teshikchalari o‘lchami 0,05 dan 0,95 mkm gacha bo‘lgan 10 ta nomerda chiqariladi. Steril filtrlash uchun teshikchalari o‘lchami 0,25-0,35 va 0,35-0,45mkm bo‘lgan MFA-3 va MFA-4 markalari yaroqli. MFA filtrlari 1200S da to‘yingan bug‘ bosimi ostida, 1800S da issiq havo oqimida, formaldegid, etil spirti, vodorod peroksid, etilenoksid, UB (ultra binafsha) va gamma nurlari bilan ishlov berib sterillanishi mumkin.
Sintetik tolalardan tayyorlangan filtrlar. Ularga misol qilib, Zeyts filtri va Salnikov filtrini olish mumkin. Filtrni asosiy qismlaridan ramalar va ustki qopqog‘i, filtrlaydigan asbest plastinkalar rama orasida joylashtiriladi. Suyuqlik asbest plastinka orasidan o‘tib filtrlanadi va shtutserlar orqali tozalanib chiqadi. Yig‘ilgan filtr moslamani ishlatishdan oldin sterillanadi. Filtr bosim ostida ishlaydi.
KIMYOVIY STERILLASH
Kimyoviy sterilash usulida gazlar yoki eritmalardan foydalaniladi.Gazlar yordamida sterilizatsiya qilinganda asosan etilen oksididan yoki uning turli xil fligmatizatorlar (metil bromid, karbonat angidrid, freonlar) bilan aralashmasidan foydalaniladi. Bunda maxsus sterilizatorlarga gaz aralashmalari yuboriladi va sterilizatsiya qilinadi. Etilen oksidi bilan sterillanganda 16 soat davomida 18S xaroratda 1200 mg/dm3 miqdordagi gaz bilan olib boriladi.
Kimyoviy sterillashda eritmalardan foydalanganda kuydagi erituvchilar qo‘llaniladi:
1. 6% vodorod peroksid eritmasi.Bu erituvchi bilan 18S xaroratda 6 soat davomida, 500 S xaroratda 3 soat davomida sterillanadi.
2. 1% dezokson-1(nadsirka kislotasi). Bu erituvchi bilan 18S xaroratda 45minut davomida sterillanadi.
Sterillashning bu usuli dori moddalarini qobiqlovchi materiallar polietilendan, pergamentdan,rezinadan,polimer materialdan, shishadan tayyorlanganda foydalaniladi.
Gaz yordamida sterillash1
Bu xil kimyoviy sterillash turi, uchuvchan, dezinfeksiyalovchi moddalarni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, ularni vakuum hosil qilish orqali yoki engil isitish orqali eritma tarkibidan chiqarib yuborish mumkin. Bu usul haroratga chidamsiz bo‘lgan dori preparatlarini sterillashda ishlatiladi. Amaliyotda hozirgi kunda ishlatilayotganlaridan suyuq etilen oksid va v -propionlaktonlar ma’lum. Ularni bakteritsid xususiyati eritmada gidrolizlanib, mikroorganizmlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan moddalar hosil bo‘lishiga asoslangan. Eritmalarni sterillash uchun etilen oksidni 400-500 mg/l miqdor konsentratsiyasi etarli hisoblanadi. Sterillash vaqti 6 soat, etilen oksid gidrolizlanganda etilenglikol hosil bo‘ladi. Etilen oksid va SO2 aralashmasi bilan sterillash usuli AQSH (1965y) va Angliyaning (1963 y) farmakopeyalarida ko‘rsatilgan.
Suyuq etilen oksid 10,70S qaynaydi, po‘lat balonlarda saqlanadi. Oson yonuvchan. Teriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 0,5 mg/l konsentratsiyada etilen oksid odamga zaharlovchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Zaharli ta’sirni kamaytirish uchun SO2 aralashmasi bilan ishlatiladi (9+1) qism. CHet ellarda etilen oksid termolabil moddalarni sterillash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari asboblarni, apparatni, plastmassani, bog‘lov materiallarini sterillash uchun ishlatiladi. Sterillash maxsus apparat kameralarida navbatma-navbat vakum va bosim ta’sir ettirib olib boriladi. Keyin 2-4 marta steril havo bilan "yuviladi".
v -propionlakton suyuqlik bo‘lib, qaynash harorati 1530S. Suvda eriganda v -oksipropion kislotagacha gidrolizlanadi. 0,2% li v -propionlakton eritmalarni sterillash uchun ishlatiladi, 370Sda 2 soat inkubatsiya qilinadi. Gaz holidagi v -propionlakton ko‘zdan yosh oqizuvchi ta’sir ko‘rsatadi.
UB nurlari bilan sterillash
Sterillashda UB nurlaridan foydalanish mikroorganizmlarning nafaqat vegetativ shaklini balki ularning sporalarini ham o‘ldiradi. Xozirgi vaqtda UB nurlaridan xalq xo‘jaligining turli xil sohalarida havoni, suvni, joylarni sterillashda qo‘llaniladi.UB nurlaridan aptekada foydalanish katta amaliy ahamiyatga ega. UB nurlarini manbasi sifatida aptekada maxsus BUV lampalaridan foydalaniladi.UB nuri quyosh nurining ko‘rinmas kisqa to‘lqinli qismi hisoblanib, to‘lqin uzunligi -300n.m. ga teng. UB nurlari mikroorganizmlarning ferment sistemasining fotokimyoviy buzilishiga olib keladi. UB nurlarini manbasi simob parlarining elektronlariga kuchlanishni berilishi oqibatida hosil bo‘ladi. Amaliyotda kuyidagi BUV lampalardan foydalaniladi:BUV-15, BUV-30, BUV-60.Bu lampalardan apteklarda xavoni, trubalardagi dist.suvni, yordamchi materiallarni, retseptlarni va qo‘llarni sterillashda foydalaniladi. Havoni sterillashda SamPII ni ko‘rsatmalariga doir dovolga va shipga osiladigan lampalardan foydalaniladi.Bu lampalar ekranli va ekransiz bo‘ladi.Ekransiz lampalardan odamlar yo‘q joyda foydalaniladi 3vt/m3 .Ekranli lampalardan esa odamlar bor joylarda ham foydalanish mumkin 1vt/m3. Foydalanishda bir yarim soatga yoqib qo‘yiladi.
Nazorat savollari
1. Dorilarni mikrobilogik tozaligiga talablar
2. Zamonaviy sterillash usullari:
- membranali filtrash;
- gaz yordamida sterillash;
- radiatsion sterillash usuli
|
|