Sterillash usullari
Sterillash deb ob’ektdagi tirik mikroorganizmlarni va ularning sporalarini batamom yo‘q qilishga aytiladi. Zamonaviy sterillash usullariga quyidagilar kiradi:
1. Termik sterillash usuli:
2. Filtrlab sterillash usuli.
3. Kimyoviy usul bilan sterillash.
4.Radiatsion sterillash usuli.
5.UB nurlari bilan sterillash usuli.
TERMIK STERILLASH USULI
Termik sterillash jarayonida mikrob to‘qimalari protoplazmasining pirogenetik emirilishi yoki uning qaytmas koagulyasiyasi sodir bo‘ladi. SHuningdek, ularning ferment tizimi ham shikastlanadi. Termik usul dorixona, korxona sharoitlarida keng qo‘llaniladi. Dori va uni tayyorlashda ishlatiladigan ayrim predmetlarni sterillash albatta ularning fizik-kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Bug‘ bilan sterillash
Barcha mikroorganizmlar va ularning sporalari quruq issiqlikdan ko‘ra nam issiqlikka ta’sirchan bo‘lishi ma’lum. SHu nuqtai nazardan nam issiqlik sterillash uchun maqsadga muvofiq deb topilgan. Dori tayyorlash jarayonida quyidagi nam issiq bug‘ bilan sterillash usullaridan keng foydalaniladi: avtoklav usuli, bug‘ oqimi bilan sterillash.
Avtoklav usuli
Bu usulda mikroorganizmlarning nafaqat vegetativ shakli balki ularning sporalari ham nobud bo‘ladi. Germetik kamerada sof to‘yintirilgan bug‘ yordamida atmosfera bosimidan yuqori bosimda (0,11 mPa – 1200S, 0,20 mPa - 1320 S) moddalarni sterillash usuli avtoklav usuli deb ataladi. Avtoklav usuli asosiy termik sterillash usuli bo‘lib xisoblanadi. Bu usulda sterillash avtoklav deb nomlangan asboblarda amalga oshiriladi. Uning eng sodda konstruksiyasi 16- rasmda keltirilgan. (1-rasm)Avtoklav bug‘ qozonlari turiga kiruvchi asbob xisoblanib, ishlash jarayoni ham ularga o‘xshashdir. Bug‘ qozonidagi bosim avtoklav old qismida o‘rnatilgan membranali yoki prujinali manometr orqali kuzatiladi. Bosim orqali to‘yingan bug‘ ta’sirida sterillash. Avtoklavni tuzilishi va ishlash prinsipi
Germetik kamerada sof to‘yintirilgan bug‘ orqali atmosfera bosimidan yuqori bosimda moddalarni sterillash usuliga aytiladi. XIDF ko‘rsatmasiga binoan avtoklav dorixona sharoitida ishlatiladigan termik sterilizatsiyaning asosini tashkil qiladi. Bu usulda sterillashavtoklav deb atalgan apparatlarda olib boriladi.
Avtoklav bug‘kameralari turiga kiruvchi apparat hisoblanib ishlash jarayoni ham ularga o‘xshashdir. Kameradagi bug‘ bosimining holatini o‘rnatilgan manometr orqali kuzatish mumkin. Avtoklavdagi manometr ko‘rsatkichlari bir atmosferadan yuqori bo‘lsa, avtoklav manometr millari ham asta sekin ko‘tarila boshlaydi. Bug‘ kamerasidagi avtoklav tashqarisida o‘rnatilgan manometr (membranali yoki prujinali) orqali kuzatiladi. Manometr ko‘rsatkichlari texnik atmosfera bosimiga moslashtirilgan bo‘lib, kameradagi bosim tashqi atmosfera bosimidan oshgandagina manometr ortiqcha atmosferani ko‘rsatadi. SHuning uchun uni (atm) ichkaridagi atmosfera yoki ortiqcha bosim deb yuritiladi. Kameradagi atmosferani o‘tkazish uchun esa manometr ko‘rsatgichiga oddiy atmosfera bosimi, ya’ni son hisobida atm qo‘yib hisoblash kerak. Masalan, manometr 1 atm ko‘rsatsa, kameradagibosim oddiy absolyut atmosferada 2 ata bo‘ladi.
Bug‘ oqimi bilan sterillash.
Bu usul bilan sterillanganda ob’ekt muntazam bug‘ oqimida 100 gradus haroratda 30-60 daqiqa davomida qizdiriladi. Bu usulning asosiy xususiyati shundan iboratki, suv bug‘iga to‘yintirilgan bug‘ ob’ektga to‘xtovsiz oqimda yuborib turiladi. Unda havodan nom-nishon qolmaydi. Kok sterilizatori, infundir sterilizatsion asbobi yoki avtoklavda olib boriladigan bunday sterillash usuli to‘xtovsiz oqimli bug‘da sterillash usuli deb ataladi.
To‘xtovsiz oqimli bug‘da turg‘unligi kamroq bo‘lgan dori moddalar eritmalarini sterillanadi. Eritma xajmi 100ml gacha bo‘lsa - 30 daqiqa, 100-500ml gacha - 45 daqiqa, 500 – 1000ml - 60 daqiqa sterillash talab etiladi.
Issiq havo yordamida sterillash
Issiq havo yordamida sterillash quritish kameralarida 160, 180 yoki 2000 S haroratda olib boriladi. Usulning samaradorligi haroratga, vaqtga, sterillanuvchi ob’ektning issiqlik o‘tkazuvchanligiga, ularning sterillash kamerasida issiq havo sirkulyasiyasini ta’minlay oladigan bo‘lib joylashganligiga bog‘liqdir.
Issiq havo yordamida sterillash usuli quyidagilarga qo‘llaniladi:
a) shishalar, metall va chinni idishlar uchun; ular 1800S da 60 daqiqa yoki 1600S da 150 daqiqa sterillanadi.
b) issiqqa chidamli poroshoksimon dorivor moddalarning (talk, oq gil, rux oksidi, natriy xlorid va boshqalar) sterillash tartibi quyidagicha:
Miqdori, g
|
H arorat, 0S
|
Vaqti, daqiqa
|
25,0 gacha
|
180
200
|
30
10
|
26,0-100,0 gacha
|
180
200
|
40
20
|
101,0-200,0 gacha
|
180
200
|
60
30
|
Bunda qatlam qalinligi 6-7 sm dan oshmasligi lozim.
v) mineral va o‘simlik moylari, yog‘lar, lanolin, vazelin, mum.
Miqdori, g
|
Harorat, 0S
|
Sterillash vaqti, daqiqa
|
100,0 gacha
|
180
200
|
30
15
|
101,0-500,0 gacha
|
180
200
|
40
20
|
|