Имплантациялана-диган осмотик насос схемаси
Firma nomi
|
Faol modda
|
Etkazish tizimi
|
Ta’sir etish
davomiyligi
|
Zoladex ® (Zoladeks) (AstraZeneca)
|
Goserelin
|
Inplantirue-
maya kapsula
|
1 va 3 oy
|
Profact ® Depot (Aventis)
|
Buserelin
|
Inplantirue-
maya kapsula
|
2 va 3 oy
|
Suprecur ® MP (Aventis)
|
Buserelin
|
Mikrochasti-sы
|
1 oy
|
Decapeptyl ® (Diferlin)
(Boaufour Ipsen)
|
Triptore-lin
|
Mikro-chastitsы
|
1 oy
|
Decapeptyl LP
(Fening)
|
Triptore-lin
|
Mikrochas-titsы
|
1 va 3 oy
|
Dori vositalarini mikrobiologik tozaligiga zamonaviy talablar ularni ta’minlanishi
Dorixonada aseptik sharoitda tayyorlanadigan dori vositalar me’yoriy texnik hujjatlar (FM va O‘zRSSV gini buyruqlari) talabiga ko‘ra aseptik bloklarda tayyorlanadi. Tayyorlangan dorilar sifati baholanadi, qadoqlanadi va sterillanganidan so‘ng yana sifati baholanib, berish uchun jihozlanadi.
Steril dori turlarini tayyorlashda aseptik sharoitga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. CHunkiulardorivositalarnimikrobiologikifloslanishinioldinioladivadorivositanisifativabarqarorliginiyanadaoshiradivamikroorganizmlarbilanzararlanishi - mikrobkontaminatsiyasinikamaytiradi. Sterillanganeritmalardamikroblaro‘ladi, biroquerdaularningtoksinlariqolishehtimolibor. Aynan ushbu pirogen moddalar dori preparatni qabul qilganidan so‘ng reaksiya chaqirishi, ya’ni bemorlarni istmasini ko‘tarishilini kuzatish mumkin.
Pirogen moddalar.
Mikroorganizmlarning hayot faoliyati va parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan maxsulotlar, toksinlar, o‘lik mikrob tanachalari pirogen moddalar (grekcha rur-olov, lotincha generatio-tug‘ilish) deb ataladi.
Bugungi kunda in’eksion eritmalarda pirogen moddalarni aniqlash va ulardan xolos bo‘lishi masalalari dolzarb xisoblanadi.Eritmalarning pirogenligi ularda bakterial tabiatli moddalar uchraganligiga bog‘liq.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra pirogen moddalar yuqori molekulali birikmalar bo‘lib, lipopolisaxarid yoki lipopeptid tabiatlidir. Molekulyar og‘irligi 8000000 gacha, zarrachalari o‘lchami 50nm dan 1mkmgacha bo‘ladi. Deyarli barcha patogen va nopatogen, gramm-manfiy(-) va gramm-musbat(+), pigment hosil qiluvchi va qilmaydigan mikroorganizmlar pirogenlik xossasiga egadirlar. Quyonlarda pirogen reaksiya chaqirish uchun 1 mkg pirogen modda etarlidir(1kg vaznga 1mkgdan 5-7,5 mkg gacha).
Pirogen moddalar tana haroratini 39-40o S va undan yuqori haroratga ko‘targanda ko‘ngil aynash, ich ketish, qusish, badan uvishish holatlari, nafas qisishi, hatto anafilaktik shok sodir bo‘lishi mumkin. In’eksion eritmada pirogen modda konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lsa, o‘lim xolati ham ro‘y berishi mumkin. Pirogen moddalarning toksik ta’siri ular molekulasida fosfat guruhlarining borligi bilan tushuntiriladi. Termik sterilizatsiya yordamida in’eksion eritma yoki in’eksiya suvi tarkibidagi pirogen moddalarni bartaraf etish amalda mumkin emas, chunki ular termostabildir. Ular chinni bakterial filtrlardan ham o‘tib ketadi. Tomir ichiga, chanoq va orqa miyaga in’eksiya qilinganda pirogen reaksiya keskinroq namoyon bo‘ladi. Pirogen reaksiya chaqiruvchi moddalar faqatgina tana haroratini ko‘taribgina qolmay, balki organizmda murakkab komleks o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin, ya’ni yurak qon- tomir sistemasi funksiyasini buzilishiga olib kelib, jigarda, yurak muskullarida, buyrak va qora taloq muskullari nekrozini chaqirishi mumkin.
Tana haroratini oshiruvchi, ya’ni pirogen reaksiya chaqiruvchi moddalar tabiati juda turli – tumandir. (har-xil bo‘lishi mumkin).
|