• Tayanch tushunchalar
  • Mavzu: Parenteral dori turlarini rivojlanish istiqbollari. Dori vositalarini mikrobiologik tozaligi, zamonaviy sterillash usullari




    Download 1,8 Mb.
    bet110/172
    Sana12.02.2021
    Hajmi1,8 Mb.
    #13127
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   172
    Mavzu: Parenteral dori turlarini rivojlanish istiqbollari. Dori vositalarini mikrobiologik tozaligi, zamonaviy sterillash usullari

    Reja:

    1. Parenteral dori turlarini rivojlanish istiqbollari

    2. Dori vositalarini mikrobiologik tozaligi

    3. Mikrobiologik tozaligiga zamonaviy talablar ularni ta’minlanishi

    1. Zamonaviy sterillash usullari


    Tayanch tushunchalar: sterillash usullar,membranali filtrlar, implantatsiyanadigan tizimlar, in’eksion implantantlar, aseptika, pirogen moddalar


    1. Parenteral dori turlarini rivojlanish istiqbollari

    Bugungi kunda aseptik sharoitda in’eksion va infuzion eritmalar, mikroorganizmlardan toza bo‘lgan organizm bo‘shliqlariga yuboriladigan irrigatsion eritmalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga sirtki va ichish uchun tayyorlanadigan dori turlari; tarkibida antibiotik va boshqa antimikrob hossaga ega bo‘lgan preparatlar, shuningdek ochiq yara va kuygan teriga surtish uchun mo‘ljallangan eritmalar; ko‘z tomchilari; namlash va yuvish uchun ishlatiladigan oftalmologik eritmalar; konsentrlangan dorixona ichida ishlatiladigan eritmalar; ko‘z surtmalari tayyorlanadi.

    Parenteral yuboriladigan dori vositalarni sifat ko‘rsatkichlariga bir qator talablar qo‘yiladi: ular steril, turg‘un, apirogen, tiniq, mexanik iflosliklardan holi bo‘lishi kerak va o‘z tarkibida zaharli moddalar saqlamasligi lozim.



    Parenteral implantatsiyalanadigan dorilarni etkazish tizimlari ta’rifi, afzalliklari, maqsadlari.

    Implantatsiya yo‘li bilan dorilarni kiritish afzalliklari, maqsadlari



    DM ta’sirini 24 soatdan ortiq namoyon bo‘lishini ta’minlash zaruriyati ularni implantatsiya yo‘li bilan kiritish usullarini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

    Implantatsiyalanadigan dorilarni etkazish sistemalar (IDES) barpo etilishiga imlantatsiyalanadigan texnik moslamalarni (kardiostimulyatorlar, neyrostimulyatorlar va boshq.) yaratilishi va tatbiq etilishi asos bo‘ldi

    Parenteral IDESlarni qo‘llash:

    • Dorilarni klinik samaradorligini oshiradi;

    • DM ni organizmga uzoq vaqt davomida nazoratlangan xolda asta sekinlik bilan so‘rilishini ta’minlaydi;

    • medpersonalni davolash jarayonida qatnashish va in’eksiya qilish sonini kamaytirish imkoniyatlarini beradi

    • Parenteral terapiya kurslarini o‘tkazish uchun qayta gospitalizatsiya sonini kamaytirish

    Parenteral IDES lar surunkali, xar kuni in’eksiyalarni talab etadigan turli kasaliklarni (birinchi navbatda onkologik, suyak-bo‘g‘im,turli etiologiyadagi surunkali og‘riqlar, kontratsepsiya va boshq xolatlar) davomli terapiyasini ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib:

    • medpersonalni davolash jarayonida qatnashish va in’eksiya qilish sonini kamaytirish;

    • Parenteral terapiya kurslarini o‘tkazish uchun qayta gospitalizatsiya sonini kamaytirish imkoniyatlarini beradi


    Download 1,8 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   172




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Parenteral dori turlarini rivojlanish istiqbollari. Dori vositalarini mikrobiologik tozaligi, zamonaviy sterillash usullari

    Download 1,8 Mb.