Mavzu: "Dori turlarida antioksidantlarni qo‘llash asoslari"
Mavzuni yozishdan maksad: Zamonaviy antioksidantlarni tasnifi, asosiy vakillarini ta’rifiga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish.
Mavzuning axamiyati: Antioksidantlarni dori turlari texnologiyasida qo‘llash prinsiplarini o‘rganish
Mustaqil tayyorlash uchun savollar **
1. Antioksidantlarni farmatsevtik texnologiyadagi axamiyati, vazifalari
2. Antioksidantlarni ta’sir etish mexanizmi va tasnifi
3. Bevosita ta’sir etuvchi antioksidantlar ta’rifi, vakillari
4. Bilvosita ta’sir etuvchi antioksidantlar ta’rifi, vakillari
5.YUmshoq dori turlarida qo‘llaniladigan antioksidanglar
**Mustaqil tayyorlash uchun savollar muxokamasi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Zakovatli zukko” usuli bo‘yicha olib boriladi.
Bajarish uchun amaliy topshiriqlar:
I. Keltirilgan tarkatma materiallar, adabiyotlar, MH lar (O‘zR SSV ning 195, 198 buyruqlari, X1 DF), ma’ruza matni, internet saytlardagi ma’lumotlardan foydalanib, tavsiya etilgan cteril dori turlariga mo‘‘tadil antioksidantlarni tanlash:
1. Apomorfin eritmasi 1% 10 ml
2. Askorbin kislotasi eritmasi 5% 20 ml
3. Eruvchan streptotsid eritmasi 10 % 20 ml
4. Natriy salitsilat eritmasi 3% -10 ml
5. Natriy paraaminosalitsilat eritmasi 3 % 10 ml
6. Vikasol eritmasi 1% 10 ml
II. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “FSMU”-uslubini qo‘llab antioksidantlarni dori turlari texnologiyasida qo‘llash zarurligi to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring.
“FSMU”-uslubi texnologiyasi 3 - mashg‘ulotda keltirilgan.
III. Mavzuning o‘zlashtirilishini nazorati - test savollariga javob berish.
|