Bolalar uchun beriladigan dori vositalar jixozlanishi




Download 1,8 Mb.
bet42/172
Sana12.02.2021
Hajmi1,8 Mb.
#13127
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   172
Bolalar uchun beriladigan dori vositalar jixozlanishi

Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni tashqi ko‘rinishini, mazasini,hidini yaxshilash bilan birgalikda yana bir muammo echilishiga e’tibor berish lozim. Bu muammo- yosh bolalarni dorilar bilan zaharlanishini oldini olish. SHuning uchun bolalarga dorilarni yaratishda ularning jihozlanishiga ham e’tibor berilishi lozim:



  1. Maxsus dozalash moslamalari mavjudligi( dozalarga bo‘lish uchun maxsus qoshiqchalar, menzurkalar, tomizg‘ichlar va sh.o‘.);



  1. Jixoz ximoyalovchi moslamasi bilan ta’minlanganligi. YA’ni yosh bolalar tomonidan qiyin ochiladigan jihoz bo‘lishi shart. Masalan, maxsus qopqoqli flakonlar, maxsus penalga o‘xshagan jihoz, konstruksiyasi murakkab bo‘lgan yoki maxsus tabletkalarga

mo‘ljallangan jihozlovchi lentalar.



3. Yаna bir yo‘l bilan zaharlanish oldini olish mumkin- bu bolalarga dorilarni bir marta ishlatiladigan, ya’ni bitta dozani saqlaydigan jihozlarni qo‘llash. Masalan: polimer materiallardan yasalgan bitta dozali paketlar (poroshoklar, quruq suspenziyalar uchun).Bu jihozlash usuli dori moddalarni tashqari muhit ta’siridan, mikroblardan saqlaydi va maxsus avtomatlar yordamida ishlab chiqariladi.

Bolalar uchun beriladigan dori vositalar jixozlanadigan idishlar solinadigan dori vositaga qarab turli bo‘lishi mumkin:


  • shishadan yasalgan flakon va trubalar.

  • metall trubkalar.

  • kontur-uyachali (blister) jixoz.

  • kapsulalar.

  • alyuminiy zar qog‘ozi va laminirlangan qog‘ozdan yasalgan paketlar.

  • alyumini va polimerlardan tayyorlangan tubalar va x.k

Qadolanadigan idishlar shisha,karton,polimer parda,sellofan, laminirlangan qog‘oz,alyuminiy zar qog‘ozi,PVX tayyorlangan idishlar,sellyuloza atsetat va boshqalardan tayyorlanadi.

Jihozni yorliqlashga qo‘yiladigan talablar:



  1. Dori vosita ishlab chiqilgan mamlakat.

  2. Ishlab chiqargan korxona nomi,uning tovar belgisi,yuridik manzili (telefon,faks).

  3. Dori vosita texnologiyasini ishlab chiqqan muassasa agar ishlab chiqqargan korxona bilan farqlansa.

  4. Dori vositani lotincha,o‘zbekcha (O‘zbekiston uchun) va ruscha nomlari.

Dori vositaning lotincha nomi maxalliy va ruscha nomlarga nisbatan maydaroq shrift bilan yozilishi kerak.

  1. Dori vositaning tarkibi (ta’sir etuvchi moddaning konsentratsiyasi yoki dozasi va yordamchi moddalarning nomi keltiriladi).Jixoz xajmi,faolligi va dozasi

  2. Dori vositani ishlatish usuli (in’eksiya,og‘zi orqali va h.k.)

  3. Registratsiya guvoxnomasining raqami (R.xarfdan so‘ng dori vosita O‘zR SSV buyrug‘i tasdiqlangan sananing raqamlari,so‘ng buyruq raqami keltiriladi).

  4. Ogoxlantiruvchi yozuvlar “Sterillangan”, “SHifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlatilsin” va h.hk.

  5. Saqlash sharoiti.

  6. Saqlash muddati:rim raqamlari oy,arab raqamlari esa yilni ko‘rsatadi.

  7. SHtrix kod.

Maxsulot ishlab chiqilgan seriya raqami: oxirgi raqamlar maxsulot ishlab chiqarilgan kun,oy va yilni ko‘rsatadi.

Dori vositalarini yorliqlash OST 64-61-72 bo‘yicha amalga oshiriladi.

Dori vositani falsifikatsiya qilinishini oldini olish uchun ishlab chiqaruvchilar nazorat belgi bilan ishlab chiqaradigan bo‘lishgan.


Download 1,8 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   172




Download 1,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar uchun beriladigan dori vositalar jixozlanishi

Download 1,8 Mb.