|
Dorilarni ta’mini aniqlash usullari
|
bet | 51/172 | Sana | 12.02.2021 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #13127 |
2.1. Dorilarni ta’mini aniqlash usullari
Kichik (minimal) konsentratsiyalar usuli: Bu usul bo‘yicha preparatning 10 ta konsentratsiyasi oldingisiga ko‘ra 1:1,5 nisbatda tayyorlanadi va korrigirlovchi modda bilan suv muhitida ta’mi o‘rganiladi. Eritmalarning ta’midagi farq korrigirlovchi moddaning niqoblash qiymatini belgilaydi. Qanchalik farq katta bo‘lsa, shuncha korrigirlovchi moddaning potensiali yuqori deb hisoblanadi.
Sonli indekslarni aniqlash usuli:Dori moddaning asosiy ta’mi ballarda belgilanadi - 0 dan 5 gacha. YUqori indeks ko‘rsatkichi muhitning niqoblash kuchini ifodalaydi.
Korrigirlovchi moddalarni organoleptik usulda baholash (prof. A.I.Tensova taklif etgan usul):Bu usul tajriba o‘tkazilayotganda sezish va his etish kuchini farqlash qobiliyatiga asoslangan. Organoleptik baholash bir guruh ko‘ngillik shaxslarda (20 ta odam) 5 ballik sistema bo‘yicha o‘rtacha arifmetik qiymatni aniqlash bo‘yicha olib boriladi. Bunda qanchalik son ko‘rsatkichi yuqori bo‘lsa, shunchalik korrigirlovchi moddaning ta’siri yuqori deb hisoblanadi.
|
| |