|
Geroprotektorlarning gerontologiyadagi o‘rni
|
bet | 54/172 | Sana | 12.02.2021 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #13127 |
Geroprotektorlarning gerontologiyadagi o‘rni
Geriatriyaning asosiy vazifalaridan biri bu-odam organizmining muddatdan oldin qarishini sekinlashtirish masalalarini o‘rganishdir.Asosiy e’tibor shu jarayonni sekinlashtiruvchi vositalarni izlab topish va ularni o‘rganishga qaratilgan.Ushbu vositalar “geroprotektorlar”deb atalib”qarilikdan himoya qiluvchi” degan ma’noni anglatadi.
Hozirda 20 ga yaqin moddalarning hayvonlar umrini uzaytirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan.Qarish jarayonini sekinlashtirishga qaratilgan dorilar haqida gapirishdan oldin qarish mexanizmi haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim.Turli qarish nazariyalari mavjud bo‘lib, geroprotektorlarining ta’sir mexanizmi ham shularga bog‘liq holda turlicha bo‘ladi.1
Immunologik qarish nazariyasi.Bunga asosan qariyalardagi immunitet disfunksiyasi organizmni turli infeksiyalarga chidamliligini pasaytiradi va turli autoimmun kasalliklarning va rakning rivojlanishiga moyillik yaratadi.SHunga ko‘ra turli immunomodulyatorlarni geroprotektorlar sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligi ko‘rsatildi.Masalan quyidagi immunostimulyatorlarga levomizol,bestadin tajribalarda (sichqonlarda) umr davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va shu bilan birga rak to‘qimalarni rivojlanishi va paydo bo‘lishini susaytiruvchi ta’sirga ega ekanligi aniqlanadi.
2.Erkin radikallar nazariyasi .Bu nazariyaga ko‘ra turli oksidlanish jarayonlari oqibatida organizmda paydo bo‘ladigan erkin radikallar makromolekulalarga (nuklein kislotalar,oqsillar) shikast etkazib,ularning degradatsiyasi va qarishiga olib keladi.Bunga qarshi maxsus guruh moddalar-antioksidantlar qo‘llash maqsadga muvofiqligi ko‘rsatildi.Klinik sinovlarda(sichqon,kalamush va boshqa hayvonlar) va bemorlarda qator o‘rganilgan antioksidantlar-dan: katalaza, vit.E(tokoferol), vit.S, melotoninlardan faqatgina vit.E va vit.S larning organizmga antioksidant ta’siri kuchli ekanligi tasdiqlangan.Ular erkin radikallarni bog‘lash qobiliyatiga ega ekanligi isbotlangan.

| |