Adaptogenlar
Adaptogenlar-buodam organizmining salbiy tashqi muhit omillariga qarshi nisbatan chidamlilik holatini rivojga keltiruvchi moddalarxisoblanadi.Keng o‘rganilgan adaptogenlarga jenshen va eleuterakokka preparatlarini keltirish mumkin.Bu moddalar adaptogen xossaga ega bo‘lib,hujayraning genetik apparatini himoyalash va faollashtirish,neyroendokrin tizimga ijobiy ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega.SHuni hisobiga ularni geroprotektorlar sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligi o‘rganildi.
Boshqa preparatlar
Ruminiyalik tadqiqotchilar tomonidan prokain (gerovital) preparati geroprotektor sifatida taklif etilgan.
Demak,geroprotektorlarining asosiy ahamiyati-ulariningantioksidant,antigipoksik ta’siriga bog‘liq.Undan tashqari ular himoya kuchlarini,to‘qimalarni qayta tiklanishi,oziqlanish faoliyatini oshiradi.Adaptotsion va deztoksikatsion jarayonlarni tartibga soladi.
Qariyalar farmakoterapiyasining o‘ziga xosligi.
YUqorida aytilgandek, geriatrik bemorlarning farmakoterapiyasiga alohida e’tibor berilishi va dorilarning so‘rilish jarayonida o‘zgarishlarni hisobga olish lozim (ayniqsa peroral usul bilan iste’mol qilinadigan dorilar uchun). So‘rilish jarayonining darajasi va tezligi nisbatan ancha past bo‘lganligi uchun dorilarning oshqozon-ichak shilliq pardalariga maxalliy salbiy ta’siri (yallig‘lanishlar, yaralar) nisbatan yuqori bo‘ladi. Ikkinchidan, uzoq vaqt oshqozon-ichak yo‘llarida qolib ketganligi sababli ularning gidrolitik parchalanish darajasi xam nisbatan ko‘p bo‘ladi va farmakoterapevtik ta’sirini kamayishiga sabab bo‘ladi.YA’ni o‘ziga xos tarfi geriatrik dorilar tarkibiga albatta so‘rilish jarayonini tezlashtiruvchi yordamchi moddalar qo‘shish tavsiya etiladi(tenzidlar).Tenzidlar sifatida har xil SFM lar ishlatiladi:tvinlar,letsitin,emulgator T-2,natriy lauril sulfat,dimeksid va h.k. SHuning uchun geriatriya amaliyotida ayrim preparatlarni ishlatilishi cheklangan bo‘ladi yoki umuman ishlatilmaydi. Undan tashqari organizmga kerak bo‘lgan xar-xil biofaol moddalar etarli darajada organizmga so‘rilmaydi va geriatrik yoshdagi kasallarda ko‘pincha shu moddalarning organizmda etishmovchiligi kuzatiladi. SHularni xisobga olgan xolda geriatrik dorilarni yaratishda albatta shu muammolarga e’tibor berilishi lozim.
Undan tashqari geriatrik dorilarni yaratishda aloxida e’tibor yordamchi moddani tanlashga beriladi. Qo‘shiladigan yordamchi moddalarning vazifasi dori turining texnologik xususiyatini ta’minlash birga ta’sir etuvchi moddaning qarigan organizmga salbiy ta’siri kamayishiga yoki bu ta’sirni oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Misol: Geriatriya amaliyotida taklif etilgan va makro va mikroelementlar saqlaydigan (K , Sa , Si , Mp , Zp , So ) tabletkalar tarkibida yordamchi moddalar sifatida quruq kazein va dekstran tanlangan. Bu erda tanlangan yordamchi moddaning vazifasi shu makro va mikroelemantlarni oshqozon shilliq pardalarini saqlash va so‘rilish jarayonini tezlashtirish. Dekstran YUMB va uning eritmasi qovushqoq bo‘lib, oshqozon shilliq pardalarini metallarning maxalliy yallig‘lantiruvchi ta’sirini kamaytiradi. Kazein esa metallar bilan kazeinatlar xosil qilib, ularni so‘rilishini tezlashtiriladi. Natijada umumiy salbiy ta’siri bo‘lmaydi va dorilarning terapevtik ta’siri yuqori bo‘ladi. Geriatrik kasallarga mo‘ljallangan seduksenning in’eksion eritmasini tarkibiga Poloksamer-188 yordamchi modda qo‘shiladi, uning vazifasi seduksenni eritmalarda kristalizatsiyasini oldini olib , trombozlarni sodir bo‘lishiga to‘siq bo‘lishi.
YUqoridagilardan tashqari geriatriya amaliyotida dorilarni salbiy ta’siri oldini olish yoki kamaytirish maqsadida ularni iste’mol qilishiga e’tibor beriladi.
Masalan: tabletkalarni maydalab suvda eritib ichish yoki ayrim preparatlarni (maxalliy yallig‘lantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan) ASK, butadion steroidlar sut bilan birga iste’mol qilish.
Undan tashqari qariyalar organizmida vitamin, aminokislota miqdori ko‘pincha etarli darajada bo‘lmaganligi sababli geriatriya dorilarni biologik faol moddalar bilan boyitish maqsadga muvofiq deb xisoblanadi.
Geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalar uchta guruxga bo‘linadi:
I gurux A-geroprotektorlar
II gurux B-asosiy kasalni davolash uchun beriladigan dorilar
III gurux V-bu guruxga geriatriyada ishlatilishi cheklangan preparatlarni bu yoshdagi kasallarga ko‘pincha salbiy ta’sir ko‘rsatadigandorilar.
I gurux A-geroprotektorlar qarishning profilaktikasiga mo‘ljallangan dorilar: biologik faol moddalar ular organizmining himoya kuchlarini oshiradigan modda almashinuvini yaxshilaydigan.
Geroprotektorlarga vitamin preparatlar (kvadevit, undevit,tokoferol atsetat, vitamin A, dekamevit) aminokislotalar (metionin) va boshqa biofaol moddalar (jenshen nastoykasi, eleuterokokkekstrakti, askorbin kislotasi, retinol, retobolil). Jadval-1
II Gurux B-vrach ko‘rsatmasiga binoan kasalni davolash uchun kerak bo‘lgan dorilar
III Gurux V-maxsus gurux. Bu guruxga geriatriya amaliyotidaishlatilishi cheklangan yoki umuman ishlatib bo‘lmaydigan dorilarkiritilgan.Qariyalar organizmiga yuqori darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lganligi uchun ularni ayrim yoshga etgandankeyin berish maqsadga muvofiq emas.Masalan, 50 yoshdan keyin: ammifurin, margumish preparatlarini60 yoshdan keyin: psoberan, teturam;75 yoshdan keyin: apomorfin, kortikosteroidlar, kofein, morfin, kuprenil berish mumkin emas.
M. Beers mezonini kuyidagi kategoriyalarga tasniflash mumkin:
1. 65 yoshdan katta bo‘lgan bemorlarga berilishi taqiqlangan preparatlar;
2. Dozasi, berish tartibi va muddati bilan oddiy preparatlardan farqli cheklangan preparatlar.
M. Beers mezoni 2003 yilda qayta ko‘rib chiqilgan va undan eskirgan dori prepartlari chiqirilgan va yangilari qo‘shimcha tarzda kiritilgan (1 va 2-jadvallar).
1-jadval
|