• Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlari
  • Dozaga korreksiya kiritish va berish muddatini aniq belgilash kerak bo‘lgan preparatlar




    Download 1,8 Mb.
    bet58/172
    Sana12.02.2021
    Hajmi1,8 Mb.
    #13127
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   172
    Dozaga korreksiya kiritish va berish muddatini aniq belgilash kerak bo‘lgan preparatlar

    Rezerpin

    Digoksin

    2. Ma’lum klinik holatlarda berilishi ta’qiqlangan preparatlar

    Dizopiramid va natriysaqlovchi preparatlar

    Aspirin (> 325 mg), dipiridamol, tiklopidin, klopidogrel va b. (koksiblar bundan istisno)

    Tritsiklik antidepressantlar

    Ta’siri uzaytirilgan benzodiazepinlar, β-adrenoblokatorlar (propranolol)

    Barbituratlar, antixolinergik, antispazmatik vositalar, mushak relaksantlari

    Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlari

    Geriatriya amaliyotida xar xil dori turlari ishlatiladi: peroral qattiq tabletka, draje, kapsula, suyuq dori turlari, rektal, in’eksion, aerozol, transdermal. Peroral dori turlaridan asosan, qattiq dori turlari: tabletka, kapsula, draje va suyuq dorilardan suvli ajratmalar, tomchilar ishlatiladi. Lekin so‘rilish samaradorligi pasayishini xisobga olgan xolda, ayrim paytlarda peroral beriladigan dorilarning terapevtik ta’siri kerakli darajada bo‘lmasligi mumkin. Undan tashqari oshqozon shilliq pardalariga dori moddaning maxalliy salbiy ta’siri namoyon bo‘lishi mumkin. SHuning uchun qariyalarning farmako-terapiyasini mo‘‘tadilligini ta’minlash uchun xozirgi paytda dorilarni rektal usul bilan berish qulay deb xisoblanadi. Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dorilarni (shamchalarni xam shu jumladan) tarkibiga so‘rilish jarayonini tezlatuvchi moddalar kiritilishi (PAV) tenzidlar geriatriyada qo‘llanilgan.

    Misol: geriatiyada qo‘llaniladigan insulin shamchalarining tarkibiga 5% PAV-polioksil 30-oleat kiritilgan. U so‘rilish jarayonini tezlatuvchi yoki fenobarbital, benzilpenitsillin shamchalariga 5% natriy lauril sulfat qo‘shiladi. Tenzidlar sifatida shamchalarda T-2, letsitin, tvin-80 qo‘shish tavsiya etiladi.

    Aerozol (A) ayniqsa o‘pkaning o‘tkir va xronik kasalliklarida antibiotiklar va boshqa antibakterial preparatlar, yurak kasalliklarida-yurak glikozidlari bilan davolashda keng qo‘llaniladi.

    Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlarining qariyotgan organizmga faol moddani yumshoq ta’sir ko‘rsatishiga va terapiyaning xavfsizligini ta’minlashiga aloxida e’tibor beriladi. YA’ni salbiy ta’siri minimal darajada bo‘lishi lozim. SHuni xisobga olgan xolda geriatriya amaliyotida xar xil ta’siri uzaytirilgan dori turlarini sublingval va transdermal yo‘llari bilan kiritish maqsadga muvofiq.

    Oxirgi paytlarda rivoj topgan transdermal yo‘li bilan ta’sir etuvchi modda bilan organizmning ta’minlovchi zamonaviy TTSlar ishlatiladi. Ularning quyidagi afzallik tomonlari geriatriyada qulay keladi:

    a) Ta’siri uzaytirilganligi;

    b) Dori modda tanadan tashqari joylashgan bo‘ladi;

    v) IOS ga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi;

    g) Dori moddalar bir tekis (bir me’yorda) tanaga so‘riladi.

    d)Dori moddalar fermentlar ta’siriga uchramaydi.

    Oxirgi yillarda "Okusert-20", Nitroderm, Minitran, Nitrodur,Deponit, Nitroglitserin saqlovchi TTS lar kengqo‘llaniladi.

    Dorilarni sublingval (til ostiga) yo‘li bilan yuborish anchaijobiy taraflariga ega:

    1. fermentlarning ta’siri bo‘lmaydi

    2. yallig‘lanish xam yo‘q

    3. nisbatan tez ta’sir ko‘rsatadi

    Sublingval tabletka shaklida (metiltestesteron) yoki xar xil polimerpardalar shaklida bo‘lishi mumkin,oddiy yoki ta’siri uzaytirilgan.

    Geriatriya yoshida yurak kasalliklari (stenokardiya) nisbatankeng tarqalganligini xisobga olgan xolda nitroglitserin preparatlarini saqlovchi sublingval polimer pardali ishlab chiqarilgan (ta’siri uzaytirilgan) trinitrolong, izosorbilong 6-7 soat mobaynidata’sir ko‘rsatadi.Ular og‘iz shilliq pardalaridan so‘rilib umumiy ta’sir ko‘rsatadi va davolash hamda profilaktika uchun qo‘llaniladi.Bu PDP o‘lchamlari 4x9x0,15 mm bo‘lib, polimer sintetik YUMB eritmalaridan (MS, PVP, PAA, PVS) olinadi.

    60 yoshdan oshgan bemorlarga 50% extempore retseptlardan tomchilar tashkil etadi. Ulardan 90% ko‘z tomchilariga tegishli.SHuning uchun ta’siri uzaytirilgan ko‘z tomchilarini qo‘llash maqsadga muvofiq (pilokarpin+MS).

    Teri orqali 300-800 m og‘irlikka ega bo‘lgan moddalarni kiritishning afzallik tomonlari sublingval usuli o‘xshash bo‘ladi.Surtmalar teriga surtilganda dorilarning umumiy ta’sirini ta’minlaydi. Masalan, nitroglitserin 2% surtmasi yurak atrofi terisiga surtiladi.(30sm 2) nitroglitserin so‘rilib o‘ziningta’sirini ko‘rsatadi.



    Nitroglitserin surtmasi

    Download 1,8 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   172




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dozaga korreksiya kiritish va berish muddatini aniq belgilash kerak bo‘lgan preparatlar

    Download 1,8 Mb.