Asosiy ta’m
|
Harf bilan ifodalash
|
Ta’m kuchi
|
Son indek-si
|
Ta’mni ifoda-lovchi moddalar
|
Modda konsen-tratsiyasi
%
|
Achchiq
|
A
|
Achchiq emas
Nim achchiq
Achchiq
Juda achchiq
|
1
2
3
4
|
Tozalangan suv
Xinin eritmasi
-“-
-“-
|
-
0,0002
0,0025
0,015
|
Nordon
|
N
|
Nordon emas
Nim nordon
Nordon
Juda nordon
|
1
2
3
4
|
Tozalangan suv
Limon kislotasi
-“-
-“-
|
-
0,02
0,5
2,0
|
Sho‘r
|
Sh
|
SHo‘r emas
Nim sho‘r
SHo‘r
Juda sho‘r
|
1
2
3
4
|
Tozalangan suv
Natriy xlorid
-“-
-“-
|
-
0,1
2,0
4,0
|
Shirin
|
O
|
SHirin emas
Nim shirin
SHirin
Juda shirin
|
1
2
3
4
|
Tozalangan suv
Qand
-“-
-“-
|
-
0,38
15,0
30,0
|
2-jadval
Bolalarga mo‘ljallangan turli dori vositalarni ta’mini ta’riflash
Nomi
|
Dori shakli
|
Xarf va son indekslari
|
T’am formu-lasi
|
Umumiy ta’mi
|
A
|
N
|
SH
|
O
|
Vikalin
|
Tabletka
|
4
|
-
|
-
|
-
|
A4
|
O‘ta achchiq
|
Aloe temir bilan
|
Sirop
|
2
|
3
|
-
|
3
|
N3O3A2
|
Nordon-shirin, nim-achchiq
|
Kaliy atsetat
|
Eritma
|
-
|
2
|
-
|
3
|
O3N2
|
SHirin, nim- nordon
|
Paratsetamol
|
Granulalar
|
-
|
2
|
-
|
3
|
O3N2
|
SHirin, nim- nordon
|
Kalmagin
|
Granulalar
|
-
|
-
|
-
|
3
|
O3
|
SHirin
|
Xozirgi paytda farmatsevtika sanoatida keng qo‘llaniladigan korri- gentlar vakillari qurib chiqamiz. Ular Evropa mamlakatlarida, AQSH, YAponiyada ishlatishga ruxsat etilgan:
Farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan ta’m va hidni yaxshilovchi korrigentlar
SHarbatlar:
SHarbatlar suyuq dori shaklini korrigirlashda eng universal bo‘lishi bilan pediatriyada amaliyotida ham keng qo‘llaniladi.
Biofarmatsevtik izlanishlar natijalari sharbatlarni korrigirlovchi moddalar sifatida qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligini tasdiqlagan.
Bromidlar, xloridlar, sulfatlar va boshqa preparat-larning yoqimsiz mazasini korrigirlashda olchali va qoraqat-dan tayyorlangan (sharbatlar) kiyomlar juda yuqori korri-girlash kuchiga ega ekanligini aniqlandi.
Hozirgi paytda keng qo‘llaniladigan sharbatlar
Apelsin, olcha, kakao, limon, malina, qand, chuchukmiya ildizi, qora smorodina, gulhayri. SHarbatlar kand,, organik kislotalar, mevali efirlar saqlaganligi uchun kuchli korrigirlovchi xususiyatga ega bo‘lib, ko‘pincha dorilarni achchiq mazasini niqoblash uchun tavsiya etiladi.CHunki 73%bolalar shirin mazali dorilarni xush ko‘radi.
Lekin ayrim preparatlarning turg‘unligiga va so‘rilishiga sharbatlarning salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar bor. SHuni hisobga olgan holda korrigentlarni dori turiga qo‘shilishi albatta, biofarmatsevtik nuqtai nazardan asoslanishi shart.
Efir moylari:
Arpabodiyon, apelsin, bergamot, chinnigul, geran, kardamon, koriandr, lavanda, limon, yalpiz, rozmarina, pushti, timyan, ukrop,evkalipt
Mevali essensiyalar:
Limon, olcha, nok
Nastoykalar:
Apelsin (xushbuy), vanil, kardamon
Eritmalar, xushbo‘y suvlar, shiralar:
Sorbit eritmasi, qalampir yalpiz suvi, koritsa suvi, pomerans suvi, pushti suv, fenxel suvi, olcha, malina shirasi, sitruslar shirasi
Spirtlar:
Murakkab apelsin, benzaldegid, lavanda, limon, qalampir, yalpiz
Ekstraklar:
CHuchukmiya ildizi, suyuq timyan, suyuq eriodiktion
Eliksirlar:
Hushbo‘y izoalkogol, toluan balzami, murakkab benzaldegid
SHilimshiqlar (quyuqlashtiruvchilar):
Agar, natriy alginat, pektin,agaroid
Qovushqoqlikni oshirish yo‘li bilan dorilarni mazasini yaxshilash YUMB makromolekulalarini dori moddani bevosita ta’m retseptorlarini kontaktini oldini oladi.
Tabiiy korrigentlar
1)Saxaroza
Aniqlangan 73% detey predpochitayut sladkiy vkus. Ko‘p yillar davomida dorilarni asosiy korrigenti sifatida saxaroza qo‘llanilib kelgan,ayrim sabablarga ko‘ra (arzon,topilishi oson).
Lekin shirinlashtiruvchi potensiali pastligi uchun saxarozani dorilarga ko‘p miqdorda kiritilishi zarurligi tug‘iladi.
Masalan,dimedrolni achchiq mazasini niqoblash uchun saxarozaning nisbati 1:50/1:100 bo‘lishi kerak.Undan tashqari ayrim xolatlarda ,dorini so‘rilishini va faolligini salbiy ta’siri namoyon bo‘lishi aniqlangan.Qand diabeti bilan kasallangan bemorlarga tavsiya etilmaydi.
SHuning uchun,boshqa qandlar va sintetik shirinlashtiruvchilar (jadval №2)qo‘llaniladi.
Masalan,Saxarin-300-500 marta kuchli
Glitsin -1.5 marta kuchli
Aspartam-100-300 marta
Glitsirrizin -50-100 marta
Glyukoza va fruktoza qiyomi 12-16 marta
Boshqa qandlardan:
Vanil, glyukoza, , dekstrin, ksilit, mannit, laktoza (sut qandi), sorbit, fruktoza, maltoza, levuloza, asal
Quruq trituratsion sharbatlar xam taklif etilgan
Prof. X.M. YUnusova tomonidan.
Sintetik korrigentlar:
Anetol, aspartam, benzaldegid, glitsin, vanilin, natriy glutamat, dulsin, mentol, metilsalitsilat, saxarin, natriy saxarinat, kalsiy saxarinat, timol, natriy siklamat, kalsiy siklamat, etilatsetat, etilvanilin, limon kislotasi, glitserin
.
Rang korrigentlari
Korrigentlarni ta’mini,hidini va rangini yaxshilash maqsadida qo‘shiladi.Rang bolalar amaliyotida katta psixologik axamiyatga ega.Tajribalar asosida aniqlangan:
7-12 yoshli bolalarga,ko‘pincha eng yoqimli ranglar: qizil, havorang, binafsharang.
YAxshi ijobiy ta’surot qoldiradigan ranglar:ko‘k,pushti,zarg‘aldoq ranglar.
Lekin rangsiz,qora ranglar ularda salbiy reaksiya chaqiradi.SHuning uchun dorilar rangiga ham e’tibor berish lozim.
Rangni yaxshilovchi korrigentlar dori turlariga xar xil, bolalarga yoqimli, rang berish uchun mo‘ljallangan.Ular tabiati bo‘yicha 2 ta guruhga bo‘linadi:
1.Tabiiy moddalar:antotsianlar,xlorofill,karotinoidlar.
2.Sintetik moddalar:turli hil eruvchan (laklar),va erimaydigan (pigmentlar).
Keng qo‘llaniladigan korrigentlar:
Amarant, Ruberozum, Tartrazin,Karmin, SHafran, Indigo,Karotin
Boshqa yordamchi moddalarni qo‘llanilishi
Asosiy talab –ularni iloji boricha tabiiylarni qo‘llanilishi, miqdori mu’tadil bo‘lishi, DM farmakologik ta’sirini va turg‘unligini pasaytirmasligi lozim. Ulardan: stabilizatorlar va konservantlarni keltirish mumkin.
Konservantlar. Ularning miqdori chegaralangan bo‘lishi kerak, ayniqsa 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda.Keng qo‘llaniladi sorbin kislotasi ( nisbatan bezararligi uchun).
Etil spirti 20%gacha v isklyuchitelnыx sluchayax va faqat 15 yoshdan oshgan bolalarda tavsiya etiladi ( chunki yosh bolalarda aldegiddegidrogenaza( otvechaet za metabolizm spirta) fermenti yo‘q. YAna qo‘llanilishi mumkin:
natriy benzoat, benzoy kislotasini
Korrigirlangan bolalar uchun yaratilgan dorilar nomenklaturasi
Siroplar (qiyomlar) eng qulay peroral bolalarga mo‘ljallangan dori turidir.
Bolalar uchun mo‘ljallangan siroplar-bu turli dori moddalar aramatizatorlar qo‘shilgan saxarozaning konsentrlangan eritmalari.
1.Piperazin adipinat siropi:
Piperazin adipinat 5.0
Limon kislotasi 2.0
Qand qiyomi 72.9
Natriy benzoat 0.1
Suv 20 ml
Bu tiniq,och sariq rangli,nordon-shirin ta’mli,hidsiz suyuqlik.Bolalarda enterobiozda qo‘llaniladi.
1.Gematin siropi
Tarkib:
Siankobalamin 0,041
Askorbin kislotasi20,0
Temir glyukonat 17,0
Aromatizator va natryi sitrat kerakli miqdorda
Sorbitol eritmasi 1 l gacha
Texnologiya:temir glyukonatni sorbit eritmasida eritiladi.So‘ng eritmani uy haroratigacha sovutib sianokobolamin va aromatizator qo‘shiladi.Eritma natriy sitrat qo‘shish yo‘li bilan RN 4 gacha olib boriladi.Filtrlanadi,standartlanadi.
2.Temir sulfat siropi
Tarkib:
Temir sulfat 135,0
Limon kislotasi 12,0
Sorbit eritmasi 350 ml
Glitserin 50 ml
Natriy benzoat 1, 1
Aromatizator kerakli miqdorda
Suv 1 l gacha
Texnologiya:temir sulfat va natriy benzoat 400 ml suvda eritiladi va glitserin,sorbit eritmasi,limon kislotasi eritmasi bilan (50 ml suvda eritilgan) aralashtiriladi. So‘ng unga aromatizator qo‘shiladi va suv 1000 ml gacha qo‘shiladi.
Eliksirlar:Faol moddalar,ko‘p atomli spirtlar saqlovchi,shirinlashtirilgan va hushbo‘ylantirilgan suv-spirtli sistemalar. Asosan eliksirlarda mo‘‘tadil saxaroza yoki sorbit konsentratsiyasi 40% ni tashkil etadi.Erituvchi sifatida ularning tarkibiga 20-30% etil spirti qo‘shilishi mumkin.Solyubillovyai modda (kam eruvchan moddalarni eruvchanligini oshirish) sifatida tvin-80 qo‘llaniladi.
Fenobarbital eliksiri:
Tarkib:
Fenobarbital 4. 0
Apelsin moyi 0.25
Amarant eritmasi 10ml
Etil spirti 200ml
Glitserin 100ml
Qand qiyomi 600ml
Suv 1000ml gacha
Texnologiya: fenobarbital spirtda eritiladi,so‘ng ketma ketlikda glitserin,apelsin moyi,shakar qiyomi va amarant eritmasi qo‘shiladi.Eritma aralashtiriladi va qolgan suv qo‘shiladi,filtrlanadi.
Granulalar-bolalar amaliyotida keng qo‘llaniladigan dori turidir.
Hozirgi vaqtda granulalangan poroshoklar keng ishlatiladi.SHu dori turi o‘ziga xos ijobiy taraflarga ega:
-suv va organik erituvchilarni saqlamaydi,shuning hisobiga ularda deyarli mikrobiologik va fizik –kimyoviy jarayonlar kuzatilmaydi;
-ishlatishdan oldin eritishga mo‘ljallangan bo‘lganligi uchun turli yordamchi moddalarni qo‘shish zaruriyati bo‘lmaydi,bu esa texnologik jarayonni osonlashtiradi;
-ko‘p xollarda himoyalovchi jixoz (qopqoqlar) imkoniyati.
Granulalar ekstempore turli bolalar uchun mo‘ljallangan dorilarni yaratishga asos bo‘ladi (sirop,suspenziya).
Etazol-natriy granulalari:
Tarkib:
Etazol-natriy 0.2 qism
Qand 5.745 q
Ruberozum 0.01 q
Natriy xlorid 0.03 q
Malina essensiyasi 0.015 q
Pushti rangli granulalar o‘ziga xos xidli,flakonlarda 60;120; yoki 240 g dan qadoqlangan holda chiqariladi.
Texnologiya:tayyorlangan dori modda va to‘ldiruvchilar aralashmasi malina essensiyani saqlovchi bo‘yalgan qand qiyomi bilan namlanadi. Nam massa 3 mm li elak orqali granulyasiya qilinadi. va 40 *S da quritiladi.
Qo‘llanilishi:dizenteriya,sistitlarda,pnevmoniya.
Qo‘llash tartibi:flakonga qadoqlangan granulalar yangi qaynatilgan suv ( 30-40 S) va belgisigacha quyiladi ( 100 ml gacha).
Nazorat savollari
1. Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni korrigirlashda qanday ikkita yondashuv bor?
2. Bolalarning dorilarani korrigirlashda sonli indekslarni qo‘llanilishi
3. Harf va son indekslar bo‘yicha bolallarga mo‘ljallangan dorilarni korrilirlash
4. Ta’mxaritasinima?
Adabiyotlar
1.Чуешов В.И. Промышленная технология лекарств.Харьков.-2002.-761с
2. Aulton M.E., K. Taylor. Aulton's Pharmaceutics, 4th Edition//
Churchill- Livingstone, London, United Kingdom, 2013- 908 pages
3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. ТехнологиялекарствХарьков.-2002.- 704 с..
4.Краснюк И.И., Михайлова Г.В, Е.Т.Чижова Фармацевтическая
технология.М.:-2004.-464 с.
Internet saytlari
http://www.provisor.com.ua/archive/2008/N13/pediatr 138.php
2. http://razvitoy.ru/lekarstva-i-deti/
Mavzu: Geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlarini yaratishdagi muammolar
Reja:
1. Geriatriya yoshidagi kasallarga maxsus dori turlarini yaratishdagi muammolar
2. Qariyalarning farmakoterapiyasining o‘ziga xosligi.
3.Zamonaviy geroprotektorlarni o‘rni
4. Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dorilarni ta’rifi.
Tayanch tushunchalar::
Geriatriya
|
tibbiyotning bir soxasi bo‘lib, qariyalarni davolash va profilaktikasini o‘rganadigan fan.
|
Gerontologiya
|
bu fan bo‘lib, odam organizmining qarish mexanizmni va qariyalarda kasalliklarni rivojlanishini o‘rganadigan fan.
|
Geroprotektorlar
|
odam organizmining muddatdan oldin qarishini sekinlashtiruvchi vositalar
|
Adaptogenlar
|
odam organizmining salbiy tashqi muhit omillariga qarshi nisbatan chidamlilik holatini rivojga keltiruvchi moddalar
|
Tenzidlar
|
Organizmga dori moddalarni so‘rilish jarayonini tezlashtiruvchi yordamchi moddalar
|
Geriatriya yoshidagi kasallarga maxsus dori turlarini yaratishdagi muammolar
Rivojlangan mamlakatlar axolisida keksalarning sonini o‘sishi xozirgi kunning asosiy ijtimoiy-tibbiy muammolardan biri. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra o‘rtacha hisobda xar yuzta ishlayotgan odamlarga 30-ta nafaqaho‘r (geriatriya yoshidagi odamlar) to‘g‘ri keladi.
SHu bilan birga shu jarayon qarilik kasalliklaridan ( YU-Q-T , rak, qand diabeti, immun tizimining susayishi) o‘lim darajasini yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
SHuning uchun OON tomonidan “XX1 asrda qarish muammolariga oid ilmiy tadqiqiotlar dasturi” ishlab chiqilgan. SHu dasturning ustun konsepsiyasi bu sog‘lom qarish konsepsiyasi. SHunga asosan dasturda muddatdan oldin qarishning profilaktikasiga qaratilgan chora tadbirlar va vositalar ishlab chiqish dolzarb yo‘nalish qilib belgilangan.
SHundan kelib chiqqqan xolda qariyalarning davolanishiga va farmakoterapiyasiga tegishli savollar katta axamiyatga ega va dolzarb hisoblanadi.
“Gerontologiya bu fan bo‘lib, odam organizmining qarish mexanizmni va qariyalarda kasalliklarni rivojlanishini o‘rganadigan fan. ’’Gerontologiyaning” asosiy masalalardan biri bu odam umrini uzaytirish jarayonlarini o‘rganish.
"Geriatriya" bu tibbiyotning bir soxasi bo‘lib, qariyalarni davolash va profilaktikasini o‘rganadigan fan. Uning asosiy vazifalaridan biri bu odam umrini uzaytirishga qaratilgan dori vositalar izlab topish va ularni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi.
Qarish (keksayish) – ob’ektiv va sub’ektiv biologik qonuniyatlarga asoslangan organizmni hayot kechirishining so‘nggi bosqichini ifodalovchi biologik jarayon bo‘lib, bunda yosh ulag‘ayishi bilan organizmda asta-sekin moslashish imkoniyatlari kamayib, o‘lish ehtimoli ortadi. Keksayish va qarish davrini kelishi shartli ravishda belgilanib, hayot kechirish davrini ortishi bilan ushbu vaqt suriladi. Bugungi kunda keksalik davri – 60-74 yoshni va qariyalik davri - 75-90 yoshni tashkil etmoqda.
Keksayish ham fiziologik normal yoki muddatidan oldin sodir bo‘lishi mumkin. Fiziologik keksayishda organizmning fiziologik sistemalaridagi o‘zgarish nisbatan bir me’yorda kechadi, inson umrining oxirigacha jismoniy va aqliy faollikni saqlab qoladi va atrof muhitdagi o‘zgarishlarga qiziqadi – yashashga qiziqishi so‘ngmaydi. Muddatidan oldin qarish esa organizmda oldin o‘tkazilgan kasalliklar, yashash muhitining salbiy ta’siri, zararli odatlar va modda almashinuvni tartibga soluvchi tizimlarni zo‘riqishi, shikastlanishi va muddatidan oldin kasallanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Organizmning biologik yoshi taqvimiy yoshga mos kelishi yoki kelmasligi mumkin. SHu sababli qariyalarda turli kasalliklarni oldini olish va davolash uchun, shuningdek ularni ratsional mehnat qilishi va hayot kechirishini to‘g‘ri tashkil etish uchun keksalarni biologik yoshini to‘g‘ri belgilashg muhim.
Organizmni qarish natijasida tanada muxim o‘ziga xos biokimyoviy, fiziologik, anatomik (tizim, a’zo, to‘qimalarda) va psixosomatik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. bilan bog‘liq. Biroq qarish bu tabiiy biologoik jarayon bo‘lib, ushbu jarayonni kasallik bilan bog‘lash noto‘g‘ri! SHu sabalbli qariyalarda turli patalogik holatlarni oldini olish va davolash uchun ularning organizmida sodiyr bo‘ladigan asosiy o‘zgarishlarni hisobga olish kerak:
Geriatrik yosh o‘rtacha xisobda 60 yoshdan boshlanadi va geriatrik davri o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
-keksalik davri-60-74 yosh
-qariyalik davri 75-90 yosh
-uzoqyashovchilar 90 yosh dan keyin.
Maxsus geriatrik dorilarni yaratish zarurligi chambarchas organizmni qarish
natijasida tanada muxim o‘ziga xos biokimyoviy, fiziologik, anatomik va psixosomatik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan bog‘liq ( tizim , a’zo, to‘qimalarda). Oshqozon-ichak shiralarining ishlab chiqarilishi susayadi. Ayniqsa, oshqozondagi kislota muhiti o‘zgaradi, bu esa dorilarning erish tezligiga (tabletkalarda, kapsulalarda) ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rtacha 30% ga so‘rilish tezligi kamayadi va 58% so‘rilish jarayonining samaradorligi pasayadi. Ayniqsa, salitsilatlarning, barbituratlarning, antibiotiklarni, sulfanilamidlarning so‘rilishi susayadi va oqibatda dorilarning ta’sir ko‘rsatish vaqti cho‘ziladi xamda maxalliy salbiy ta’siri oshadi.
O‘rtacha 20% gacha xayotiy muhim bo‘lgan tana a’zolarining vazni (jigar, yurak) kamayadi. Lekin bunga qaramasdan yog‘larning miqdori o‘rtacha 10-20% ko‘payadi. SHu o‘zgarishlar dorilarning oddiy dozalarda berilganida qondagi belgilangan miqdoridan yuqori bo‘lgan konsentratsiyasini hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin, oqibatda dorilarning salbiy ta’siri oshadi.
2. Tanada tarqalgan suv miqdori o‘rtacha 10-15% kamayadi, ayniqsa 75 yoshdan keyin esa bu son 18-20% gacha bo‘ladi. Undan tashqari xujayralarining tarkibidagi suv miqdori ancha kamayadi. SHu o‘zgarishlar dori moddaning organizmda to‘la tarshqalishiga yo‘l qo‘ymaydi, ayniksa suvda eruvchan preparatlarning farmakokinetikasi o‘zgarishi mumkin.
Dorilarning metabolizmida qatnashadigan ferment sistemalarining faoliyati ancha susayadi, ayniqsa jigarda dorilarni enzimatik parchalanish reaksiyalar tezligi sekinlashadi. Bu esa iste’mol qilingan dorilarning va ularning parchalangan maxsulotlarini (metabolitlarini) organizmda to‘planishiga olib kelishi mumkin, natijada dorilarning salbiy ta’sirlarini kuchayishi kuzatiladi.
Qariyalar yoshida buyrak faoliyati o‘zgaradi (o‘rtacha hisobda buyrakda qon aylanish darajasi 50% va azot chiqarish qobiliyati 3 marta kamayadi). Bu esa dorilarni organizmdan chiqib ketish va dorilarni kumulyasiyasiga sabab bo‘ladi.
6. Sulak ishlab chiqarish va chaynab maydalash kobiliyati susayadi
7.Qon aylanish tezligi va qon tomirlarning o‘tkazuvchanligi kamayadi. Natijada dori moddalarni IOS dan so‘rilishi ancha susayadi, ularni tanada tarqalishini o‘zgartiradi. SHuni hisobiga ularning qonda yuqori konsentratsiyasi namoyon bo‘lishi va salbiy toksik ta’siri oshishi kuzatiladi.
Qon zardobidagi albumin fraksiyasining tarkibida o‘zgarishlar ro‘y beradi.Oqibatda dori moddalarni oqsillar bilan bog‘lanish darajasi pasayadi va dorilarni tanada transportlash jarayoni o‘zgaradi. Buning natijasida terapevtik dozalarda qabul kilingan preparatlarning qonda uzoq vaqt davomida yuqori konsentratsiyasi kuzatiladi.
9. SHu bilan birgalikda qariyalarning vegetativ asab sistemasining faoliyati susayadi, oqibatda ko‘p xollarda moslanish ( adaptatsiya) jarayonlari o‘zgaradi.
10. Qariyalarda asosiy xayotiy muhim vitaminlar, mikroelementlarning etishmovchiligi kuzatiladi ( so‘rilish jarayonlari o‘zgarishi oqibatida).
Demak, qariyalar organizmida sodir bo‘gan o‘zgarishlar dorilarning farmakokinetikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin (so‘rilish, tarqalish, biotransformatsiya va chiqib ketish jarayonlarida) va shunga bog‘liq dorilarni salbiy reaksiyalarini oshishi.
Agar o‘rta yoshdagi odamlarda dorilarning salbiy ta’siri 10,2% bo‘lsa, o‘rtacha hisobda 75-80 yoshdagi kasallarda bu son 20,3%ga etishi mumkin.90 yoshdan so‘ng bu ko‘rsatkich 24% ni tashkil etishi kuzatiladi.Ayrim paytlarda dorilarning paradoksal (ya’ni teskari kutilmagan ta’siri bo‘lishi mumkin) Masalan, ma’lumotlar bo‘yicha papaverin gidroxlorid qariyalarda qon bosimini oshishiga olib kelishi mumkin,
shuning uchun geriatriya yoshiga etgan kasallarga maxsus geriatrik dorilar yaratilishi dolzarb muammo deb xisoblanadi.
SHuning uchun akademik CHebotaryov tomonidan geriatriya amaliyotida farmakoterapiyaga qo‘yiladigan asosiy talab bu-ehtiyotkorlik degan va quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish kerakligini ta’kidlagan:
yangi dorilarni extiyotkorlik bilan berish,chunki salbiy reaksiya darajasi yuqori
bemorga beriladigan dorilarning sonini imkon darajasida chegaralangan bo‘lishi ,chunki ularning bir biri bilan o‘zaro ta’sirlashuvi oqibatida salbiy reaksiyalarning sodir bo‘lishi geriatriya yoshidagi bemorlarda yuqori bo‘ladi
ishlatiladigan dori turlari qulay bo‘lishi lozim va ta’sir etuvchi moddalarning qariyalar organizmiga salbiy reaksiyalarini pasaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak
geriatriya amaliyotida dorilarning dozasiga alohida e’tibor beriladi.Klinik sinovlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki,geriatrik bemorlarning organizmi ayrim dori moddalarga markaziy asab tizimiga ta’sir etuvchi(uxlatuvchilar,morfin,bromidlar,neyroleptiklar,yurak glikozidlari) dori vositalariga sezgirligi yuqori bo‘ladi.Ularning dozasini tanlashda shuni hisobga olish kerak.DF ko‘rsatmasi bunga 60 yoshdan keyin MNS ga ta’sir etuvchi moddalarning 1/2 qismini,kuchli va zaharli ta’sirga ega moddalarning esa 2/3 qismini berishni tavsiya etadi.
SHifokorlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar aynan geriatrik yoshdagi bemorlarni davolashda kuzatiladi.CHop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada geriatrik yoshdagi bemorlarni davolashda shifokorlar tomonidan buyuriladigan dorilarning 1/3 qismi maqsadga muvofiq emas.Rossiyada 5070% gacha beriladigan dorilar bemorlarning xolatiga mos emas.
Asosiy xatoliklar quyidagi xollatlarda kelib chiqishi mumkin:
dorilarni asossiz buyurilishi(zarurat yo‘qligida)
dozalarining adekvat emasligi,organizmda solir bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olmagan holda
polipragmaziya,ya’ni bir vaqtning o‘zida bir nechta dorining buyurilishi
davolash kursi davomiyligining to‘g‘ri tanlanmasligi
SHular ko‘p xollarda dorivor terapiyaning salbiy reaksiyalari sonining oshib ketishiga sabab bo‘ladi.
SHuni hisobga olgan holda,geriatriyaning dolzarb masalalaridan biri aniqlandi.Bu dori preparatlarini klinik sinovlar etapida qariyalar guruhini ham hisobga olishdir.Zaruriy bo‘lgan bolalar yoki homilador ayollarga tegishli ma’lumot qariyalar uchun ham keltirilishi lozim.
Rossiyada SSV Farmakologik komitetida maxsus gerontologik komissiya tuzilgan.
|