BAHOLASH MEZONLARI
Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
joriy baholash (JB)
oraliq baholash (OB)
talabaning mustaqil ishi (TMI)
yakuniy baholash (YAB)
Har bir fan b’yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
№
|
Baholash turi
|
Maksimal ball
|
Saralash bali
|
1
|
Joriy baxolash
|
45
|
27
|
2
|
Talabaning mustaqil ishi
|
5
|
3
|
3
|
Oraliq baholash
|
20
|
11
|
4
|
YAkuniy baholash
|
30
|
17
|
|
JAMI
|
100
|
58
|
Talabaning fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har-bir baholash turlarida to‘plagan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Joriy baholash (JB)
JBda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish ko‘zda tutiladi va u amaliy, seminar yoki laboratoriya mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy va amaliy yondashuvlar) hisobga olinadi.
JB har bir fanning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda og‘zaki, yozma ish, test yoki ularning kombinatsiyasi shaklida amalga oshiriladi.
Talabalar fizika fanidan har kuni baholanib, o‘rtachasi to‘rtinchi darsga qo‘yiladi. Semestr davomida har bir talaba jami 9 marotaba baholanib, 10 ustunga mustaqil ish bahosi qo‘yiladi.
|