• Shaxsiy ekinliklar
  • Siyosiy h u q u q lar
  • Ijtimoiy h u q u q va erkinliklar
  • Inson h u q u q lari va erkinliklarini ng kafolatlari
  • Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi




    Download 3 Mb.
    bet14/18
    Sana24.12.2019
    Hajmi3 Mb.
    #4807
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Shaxsiy huquqlar:

    • yashash huquqi;

    • shaxsiy daxlsizlik huquqi;

    • shaxsiy erkinlik huquq,

    • qonun tomonidan tеng muhofaza etilish huquqi;

    • o‘zining va yaqin kishilarining o‘ziga qarshi guvohlik bеrmaslik huquqi;

    • aybi sud tomonidan isbot qilingunicha aybsiz dеb hisoblanish huquqi;

    • odil sudlov va sud himoyasi huquqi;

    • sir saqlash huquqi;

    • turar-joy daxlsizligi huquqi;

    • erkin ko‘chib yurish va turar joy tanlash huquqi;

    • erkin o‘z davlatidan chiqish va unga qaytib kеlish huquq.
    shaxsni himoya qilish shuningdek uning hayotini ijtimoiy xavfli tajovuslaridan muhofaza qilish davlatning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

    Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari tizimida eng muhimi yashash huquqi hisoblanadi.

    Haqiqatdan ham, yashash huquqi insonning tabiiy huquqidir, har bir inson jinsi, irqi, millati, dini, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, fikrlash, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan, yoshi, jismoniy kuch, sog‘ligidan qat’iy nazar yashash huquqiga ega.

    «yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir» deb, konstitutsiyaning 24-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.

    Mazkur modda xalqaro huquqiy hujjatlarga, aniqrog‘i, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga; iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi pakt va fuqarolik siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga to‘la mos keladi va mana shu hujjatlarga asoslanadi.

    Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida: «har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir», deyilgan bo‘lsa, fuqarolik huquqlari va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi paktning 6-moddasi 1-bandida: «har bir insonning yashash huquqi uning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonun bilan muhofaza etiladi. Hech kim o‘zboshimchalik bilan insonni yashash huquqidan mahrum qila olmaydi», deb belgilangan.




    Shaxsiy ekinliklar:

    • fikr erkinligi;

    • soz erkinligi;

    • vijdon erkinligi;

    • din (e'tiqod) erkinligi


    erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi konstitutsiyaviy huquq bo‘lib, inson tug‘lishi bilan unga ega bo‘ladi.

    Inson erkinligi va shaxsiy daxlsizligining buzilishi har bir shaxsning sudga shikoyat bilan murojaat qilish hamda buzilgan huquqlarini tiklash va uning talablarini qondirish huquqini keltirib chiqaradi.

    Ushbu huquqni amalga oshirish tartiblari o‘zbekiston respublikasining 1995 yil 30-avgustdagi «fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat to‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga solinadi.

    Aybsizlik prezumtsiyasi (aybini isbot qilgunicha shaxsni aybsiz deb faraz qilish) konstittsiyaning 26-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, u jinoyat huquqida qonuniylik tamoyilining asosi hamda odil sudlovning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Bu tamoyil jinoyat kodeksining 4-moddasida yanada rivojlantiriladi. Unga binoan, hech kim sudning hukmini bilmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Bu qoida birinchi marta 1789 yildagi fransiyada qabul qilingan «inson va fuqarolarning huquqlari to‘g‘risida»gi hujjatlarda o‘z ifodasini topgan edi.

    Aybsizlik prezumpiyasi, o‘zbekiston mustaqil bo‘lib, o‘z konstitutsiyasini qabul qilgach, odil sudlovning asosiy prinsipi darajasiga ko‘tarildi.

    O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining 1995 yil 31 avgustdagi qarori bilan 1984 yil 10 dekabrdagi «qiynoqlarga solishga va muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shavqatsiz, g‘ayri insoniy yoki qadr-qimmatini tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiya»ga qo‘shilishini e'lon qildi.

    O‘zbekiston konstitutsiyasining 27-moddasida «har kim o‘z sha'ni va obro‘siga qilingan tajovuslardan, shaxsiy hayotiga aralashishidan himoyalanish va turar joy daxlsizligi huquqiga ega.

    Hech kim qonunda nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilish mumkin emas», deb mustahkamlab qo‘yilgan.

    Bu qoidagi shaxsni sha'ni, qadr-qimmatini hurmat qilish, shaxsiy hayot va uy-joyi daxlsizligini ta'minlashga qaratilgan. Sha'n va qadr-qimmat faqat insonga xos sifat bo‘lib, u unga tug‘ilganidan boshlab ega bo‘ladi. Bu huquq shaxsning ajralmas va boshqalarga o‘tkazib bermaydigan huquqi hisoblanadi. Ya'ni bu huquqlar umuman mutloq xarakterga ega bo‘lib, ulardan foydalanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi.

    Sha'n, qadr-qimmat tushunchalari bizning mentalitetimizda yuksak qadrlanadigan tushunchalar hisoblanadi.




    Sha'n – bu jamiyatning shaxsga bahosi, jamiyat a'zosi sifatida fuqaro ijtimoiy va ma'naviy xususiyatlarining o'lchovidir.

    Jamiyatning shaxsga bahosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaroning o‘ziga bog‘liqdir, chunki uning shaxsi davlatga, jamiyatga, o‘zini o‘rab turgan insonlarga munosabati hamda ba'zi bir harakatlari umumiy faoliyati asosida shakllanadi. U inson faoliyatining ijtimoiy hayotdagi o‘rnini va samarali faoliyatini foydaliligiga bog‘liq, chunki bu sifat uning barcha mavjud xizmatlarini aks ettiradi.

    Inson ya'ni shaxsning xulqi asosida uning ma'naviy axloqiy timsoli haqidagi qarashlardan shakllanadi, ular shu asosida jamoatchilik, jamoalar, boshqa shaxs-individlar, tomonidan aniq shaxsning xususiyatlariga baho beriladi.

    Har bir inson o‘zining jamiyatda tutgan o‘rnini anglab etadi. Unga o‘zini-o‘zi hurmatlash va boshqa odamlar uni hurmatlashini xis qilish xususiyatlari xosdir. Ya'ni insonning jamiyatda tutgan o‘rnini o‘zi anglab etishi umuman uning harakat va xulqini aniqlab beradi.

    Shaxs sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqining e'lon qilinganligi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi inson huquqlariga oid xalqaro standartlariga to‘la mos kelishining yana bir bor isbotidir.

    O‘zbekiston respublikasi fuqarolik kodeksining 100-moddasiga binoan, fuqaro o‘zining sha'ni, qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘siga putur etkazuvchi ma'lumotlar yuzasidan, basharti qandaydir ma'lumotlarni etkazgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqlidir.




    Qadr-qimmat – o‘zining jamoatdagi o‘rniga, shaxsiy xususiyatlariga, qobiliyatiga, dunyo qarashiga qarab o‘zini-o‘zi ichki baholashdir.

    Sha'ni va qadr-qimmatiga putur etkazgan fuqaro ushbu ma'lumotlarni raddiya qilish bilan birga bir qatorda, uni tarqatilishi natijasida o‘ziga etkazilgan ziyon va ma'naviy zararni qoplash talabini qo‘yishi ham mumkin.

    Insoning turar joy daxlsizligi huquqi, mulk shaklidan qat’iy nazar hamma uy-joylarga, hamma binolarga tegishlidir. Uy-joyga ruxsatsiz kirishga faqat qonun bilan ko‘rsatilgan hollarda va belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi. Jinoyat protsessual qonuni esa uyni ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazish shartlari va asoslarini belgilab beradi.

    Fuqarolarning uy-joylariga ularning roziligisiz kirishga faqat yong‘in, gaz yoki suv tizimining buzilishi kabi favqulodda vaziyatlarda yo‘l qo‘yiladi.

    O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasining 28-moddasi respublika hududida fuqarolarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, kelish va undan chiqish huquqini mustahkamlaydi. Bu huquqqa muvofiq shaxs o‘z xohishi bilan o‘zbekiston respublikasi hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, undan chiqib ketishi va qayta kelishi mumkin. Qonunda belgilangan cheklash hollari bundan mustasnodir.

    Ichki ishlar organlari quyidagi shaxslarga chet elga chiqish huquqini rad etishi mumkin:


    • Davlat siri bo‘lgan ma'lumotlardan xabardor bo‘lgan shaxslarga bu holat bekor bo‘lgunga qadar;

    • Shartnoma majburiyatlari amal qilayotgan shaxslarga nisbatan bu holatlar tugagunga qadar;

    • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan shaxslarga nisbatan ishni ko‘rib chiqish tugagunga qadar;

    • O‘ta xavfli retsidivist deb tanilgan shaxslarga nisbatan sudlanganligi olib tashlangunga qadar;

    • Ustidan ma'muriy nazorat o‘rnatilgan shaxslarga nisbatan ma'muriy nazorat tugagunga qadar;

    • Sud tomonidan yuklatilgan majburiyatni bajarmasdan yurgan shaxslarga nisbatan ushbu majburiyatni bajargunga qadar;

    • O‘zi haqida yolg‘on ma'lumotlar bergan shaxslarga;

    • Sud tomonidan fuqarolik da'vosi e'lon qilingan shaxslarga nisbatan ish yakunlangunga qadar;

    • Chaqiruv bo‘linmasiga yozilgan va haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladigan shaxslarga nisbatan muddatli harbiy xizmatni o‘tagunga qadar yoki undan qonunga muvofiq ozod etilgunga qadar.

    O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 1995 yil 6-noyabridagi «o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish tartibi va o‘zbekiston respublikasi diplomatik pasporti to‘g‘risidagi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan respublika hududidan chiqish va unga kirish tartibi belgilangan.

    Fuqaro ko‘chib yurish huquqi rad etilgani haqida yuqori idoralarga shikoyat qilishi mumkin. Bunday shikoyatga 30 kun mobaynida javob berilishi shart. Agar fuqaro uning qaroridan norozi bo‘lsa, sudga shikoyat qilishga haqli.

    Konstitutsiyaning 29-moddasida har bir insonga fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, istagan axborotini izlash, olish va uni tarqatish huquqini beradi, lekin bunday erkinlik amaldagi konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlarga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirilish kerak.

    Fuqarolarga fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, barcha ma'lumotlarni qidirish, olish, tarqatish huquqi ularga davlat idoralariga, jamoat birlashmalariga, korxona, tashkilot, muassasalarga taklif, ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilish yo‘li bilan jamoat va davlat ishlarini boshqarishda faol qatnashish imkonini beradi.

    Fikr erkinligi so‘z erkinligi orqali amalga oshiriladi – bu o‘z fikrini ochiq so‘zlamoq va boshqa shaxslarning e'tiboriga etkazmoq deb tushuniladi.

    So‘z erkinligi esa – bu qonun hujjatlarining ko‘rib chiqishda, referendum o‘tkazilayotganda, oliy majlis va mahalliy hokimiyat saylovlarida, o‘zini o‘zi boshqarish organlarida va kundalik hayotda o‘z fikrini bildirish va ishtirok etish imkonini beradi.

    Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida ham «har bir inson e’tiqodlar erkinligi va bularni erkin ifodalash huquqiga ega: ushbu huquq hech bir to‘siqsiz o‘z e’tiqodlariga amal qilish erkinligi hamda axborat va g‘oyalarni har qanday vositalar bilan, davlat chegaralaridan qat’iy nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi», deb mustahkamlab qo‘yilgan.

    Har bir inson sudda o‘ziga nisbatan har qanday ish ko‘rilayotganda o‘z huquq va manfaatlariga ta'sir qiladigan hujjatlar qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish huquqiga ega.

    Konstitutsiyaviy sud esa fuqarolarga hujjatlar va materiallar bilan tanishish imkoniyatini berish huquqiga ega.

    Bu huquqlar konstitutsiyaning 30-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.

    Konstitutsiyada belgilangan inson va fuqarolarning eng muhim shaxsiy huquqlardan yana biri bu – vijdon erkinligidir.

    Vijdon erkinligi – bu insonning dinga bo‘lgan munosabatidir.

    Respublika konstitutsiyasining 31-moddasi respublika xalqining hammasi uchun vijdon erkinligini kafolatlaydi. Buning ma'nosi shundaki, o‘zbekistonda yashaydigan har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.

    Diniy tashkilotlar siyosiy partiyalar faoliyatida qatnashmaydilar va siyosiy partiyalarga moliyaviy madad ko‘rsatmaydi.

    O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgach davlatning puxta o‘ylab o‘tkazayotgan oqilona siyosati jamiyatning dinga munosabatini ancha o‘zgartirib yubordi. Dindorlarning qonunlarga qat’iy rioya etishi, diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish xalqning barcha tabaqalarini jipslashtirishga ya'ni birlashtirishga yordam bermoqda.


    Siyosiy huquqlar:


    • saylov huquqi;

    • rеfеrеndumda ishtirok etish huquqi;

    • umumxalq muhokamasida ishtirok etish huquqi;

    • mitinglar, yigilishlar va namoyishlarda ishtirok etish huquqi;

    • jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar)ga birlashish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi;

    • vakolatli davlat organlariga, muassasalarga, xalq vakillariga murojaat qilish huquqi
    4. Fuqarolarning siyosiy huquqlari.

    Siyosiy huquqlar - o‘zbekistonda xalq hokimiyatining amalga oshirilishi har bir o‘zbekiston fuqarosiga mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida faol amaliy va huquqiy ishtirok etish imkonini beradi.

    Siyosiy huquqlar to‘g‘risida gap ketarkan ekan, bu huquqlar asosan o‘zbekiston fuqarolariga tegishli ekanligini alohida ta'kidlash lozim. Chunki faqat o‘zbekiston respublikasi fuqarolarigina konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etishi (32-modda); o‘z ijtimoiy faolliklarini o‘zbekiston respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoishlar shaklida amalga oshirish (33-modda); kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalariga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish (34-modda) huquqlaridan foydalanishlari mumkin.

    O‘zbekiston konstitutsiyasining fuqarolarga berilgan siyosiy sohadagi huquqlardan biri «jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish»dir (32modda). Bunday ishtirok etish huquqi ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi:



    Birinchidan, bevosita ishtirok etish. Bu referendum o‘tkazishda, davlat organlarini saylovlar yo‘li bilan tashkil etishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.

    Ikkinchidan, fuqarolar o‘zlari saylab qo‘ygan vakillari, davlat organlari, respublika prezidenti orqali jamiyat va davlat ishlarini amalga oshirishda qatnashadilar.

    Konstitutsiyaga binoan o‘zbekiston respublikasi fuqarolari vakillik organlariga saylash huquqiga egadirlar.

    O‘zbekiston respublikasi prezidenti lavozimiga hamda davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar umumiy, teng, yashirin ovoz berish va bevosita saylov huquqi asosida erkin amalga oshiriladi. 18 yoshga etgan o‘zbekiston respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.

    Fuqarolarning yana bir passiv saylov huquqi bo‘lib, bu vakillik organlariga saylash huquqidir. Saylov kuniga qadar 21 yoshga to‘lgan har bir fuqaro mahalliy hokimiyat vakillik organi deputati bo‘lish, 25 yoshga etgan har bir fuqaro esa oliy vakillik organi – oliy majlisning qonunchilik palatasiga deputat, senatga senator etib saylanishi mumkin. Shuningdek, 35 yoshga etgan, davlat tilida erkin so‘zlasha oladigan, bevosita saylovgacha 10 yildan kam bo‘lmagan vaqtda respublikamiz hududida muqim yashagan fuqaro o‘zbekiston respublikasi prezidenti bo‘lib saylanishi mumkin.

    Demokratiyaning asosiy shakllaridan biri – bu davlat va jamiyat hayotining muhim muammolarini umumxalq muhokamasida o‘z echimini topishi – referendum hisoblanadi.

    Fuqarolarning yana bir konstitutsiyaviy huquqi – bu ularning ijtimoiy faolliklarini mitinglar, yig‘ilishlar namoishlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirish huquqidir (33-modda).




    Miting – bu siyosiy masalalarning muhokamasi uchun yig‘ilgan jamoa yig‘ilishidir.




    Yig‘ilish – bu yopiq imoratda yoki biror xonada o‘tkaziladigan, ma'lum yig‘ilgan shaxslarning majlisidir.


    Namoyish – bu ijtimoiy siyosiy noroziliklarni ochiq ko‘rinishi bo‘lib, namoyishchilarning u yoki bu masalaga nisbatan oilaviy tarzdagi ochiq munosabatidir.

    Fu
    qarolarning siyosiy huquqlari tizimiga kiradigan huquqlardan yana biri fuqarolarning kasaba




    Iqtisodiy huquq va erkinliklar turlari:

    • Xususiy mulk huquqi;

    • Vorislik (mеros) huquqi;

    • Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi;

    • Korxonani boshqarishda ishtirok etish huquqi;

    • hnat qilish huquqi;

    • Kasb tanlash erkinligi;

    • hnat erkinligi;

    • Ishsizlikdan himoyalanish huquqi;

    • Dam olish huquqi;

    • hnat ta'tiliga chiqish huquqi
    uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqidir. Bu huquq konstitutsiyaning 34-moddasida o‘z aksini topgan.
    Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar.

    O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, ijtimoiy davlat qurilishidagi asosiy yutuqlaridan biri – fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi konstitutsiyaviy huquqlaridir.

    Fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy sohasidagi huquqlari konstitutsiyaning ix bobida ko‘rsatilgan bo‘lib, ular: shaxslarning mulkdor bo‘lish huquqi (36-modda); mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqi: adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish huquqi (37-modda); dam olish huquqi (38-modda); qariganida, mehnat layoqatini yo‘qotganda ijtimoiy ta'minot olish huquqi (39-modda); malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi (40 modda); bilim olish huquqi (41-modda); ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish (42-modda); huquqlardan foydalanish o‘z aksini topgan.

    Bozor iqtisodiyoti asosida rivojlangan mamlakat tajribasi shuni ko‘rsatadiki, faqatgina iqtisodiy jihatdan erkin fuqarogina haqiqiy mulk egasi bo‘lib, u o‘z mulkidan samarali foydalanishi va shu orqali mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir etishi mumkin.




    Ijtimoiy huquq va erkinliklar:

    • ijtimoiy ta'minot olish huquqi

    • bilim olish huquqi

    • sog‘iliqni saqlash va tibbiy yordam olish huquqi

    • turar-joy huquqi

    • ijod erkinligi

    • madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi

    • ijtimoiy sug‘urta huquqi
    o‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiyot islohotlarning asosiy vazifasi davlat mulkini xususiylashtirish orqali monopoliyaga chek qo‘yish; ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish, mulkni haqiqiy egasiga topshirish, mulkning barcha shakllari rivojlanishiga bir xil shart sharoit yaratib berishdan iborat. Bu vazifani bajarish birinchi navbatda, mulk huquqini amalga oshirish mexanizmning huquqiy asosini yaratish ayniqsa, uning muhim elementi bo‘lgan har kimning o‘z mulkiga erkin egalik qilish tamoyilini mustahkamlash edi.

    Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘zbekiston respublikasining «mulkchilik to‘g‘risida»gi, «tadbirkorlik to‘g‘risida»gi, «xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qiladi.

    Shaxs o‘zining mulkiy huquqlarini amalga oshirishda atrof-tabiiy muhitga va kishilar sog‘ligiga zarar etkazmasligi kerak.

    Davlat mulkdorning qo‘lidagi mulkni o‘zgalar tomonidan chegaralanishi taqiqlaydi.

    Bank omonatining sir tutilishi iqtisodiy huquqlar sirasiga kiradi. Bank tomonidan omonot sirlarini saqlashga oid munosabatlar o‘zbekiston respublikasining «bank va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi.

    O‘zbekiston respublikasi fuqarolik kedeksiga binoan meros qoldiruvchining o‘lguniga qadar meros qoldirish huquqi saqlanib qoladi. Fuqarolar, ya'ni meros ochilishida shu uyda yashagan shaxslar, farzandlar, qarindosh-urug‘lar merosxo‘r hisoblanadi.



    Meros ikki yo‘l bilan: qonun va vasiyat qilish orqali qoldiriladi.

    vasiyatnoma meros qoldiruvchi tomonidan yozma shaklda amalga oshirilishi shart va buning sir tutilishi davlat tomonidan kafolatlanadi.

    Fuqarolik kodeksi bo‘yicha merosxo‘rlarning darajasi belgilangan bo‘lib, merosxo‘rlar qonun bo‘yicha merosni teng miqdorda bo‘lib oladilar.

    Respublikada qonun bo‘yicha to‘la erkin iqtisodiy faoliyat har bir inson uchun ta'minlanadi, muhit tanlash, o‘z mehnatini sarflash

    Erkinligi, har bir shaxsning mehnat qilish huquqi, erkin ish joyini tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish kabi shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari o‘zbekiston respublikasining «aholining bandligi to‘g‘risida»gi, «mehnat muhofazasi to‘g‘risida»gi qonunlari va o‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.

    Har bir ishchi mehnat muhofazasi huquqiga ega.

    Mehnatni muhofaza qilish, deganda – bu amaldagi qonunchilik va boshqa me’yo‘riy hujjatlarda mustahkamlangan insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimi tushuniladi.



    Ish vaqti dеb ma'lum bir grafik asosida tashkil etilgan, mеhnat shartnomasi bilan bеlgilangan mеhnat majburiyatlari bajariladigan vaqtga aytiladi.

    1992 yil 13-yanvarda «aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida»gi o‘zbekiston respublikasi qonuni qabul qilindi. 1993 yil 7-mayda esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

    O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksining 115-moddasiga asoson xodim ish haftasida 6 kun ishlayotgan har bir ish kuniga etti soatdan ko‘p bo‘lmagan, besh kunlik ish haftasida 8 soatdan ko‘p bo‘lmagan ish bilan ta'minlanadi. Ishchining ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak.

    Ijtimoiy ta'minot dеganda – bu davlat tomonidan yaratib bеriladigan, insonlarning hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan ehtiyojni moddiy tomondan qondirish maqsadida moddiy va boshqa ijtimoiy himoya qilish tushuniladi.

    Bunga esa pensiya, nafaqa va ijtimoiy nochor fuqarolarni pul va shunga o‘xshash shakllardagi moddiy ta'minotlar bilan ta'minlash kiradi. Konstuttsiyada ko‘rsatilgan ijtimoiy himoyalardan yana biri-har bir inson uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqidir.

    O‘zbekiston respublikasining «mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni fuqarolarni ularning sog‘ligiga to‘g‘ri kelmaydigan ishga qabul qilishni taqiqlashni ko‘zda tutadi.

    Shuningdek, respublikada sog‘lom avlodning tug‘ilishi va tarbiyasiga jiddiy e'tibor berilmokda. Shu bois, o‘zbekistonda birinchi bo‘lib, «sog‘lom avlod uchun» ordeni ta'sis etildi, shu nomda xalqaro jamharma tashkil etildi.

    Respublika konstitutsiyasi har bir shaxsga bilim olish huquqini beradi.

    Oliy majlisning 1997 yil 29 avgustdagi ix sessiyasida o‘zbekistonda ta'lim tizimini isloh qilish masalasi ko‘rildi va «ta'lim to‘g‘risi»da yangi qonun qabul qilindi. Shu qonunning 4-moddasiga muvofiq bilim olish, shaxsning kelib chiqishi, jinsi, tili, yoshi, irqi, qaysi millatga mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy ahvoli, yashash joyi, respublika hududida qanchadan beri yashayotganidan qat’iy nazar, har kim uchun tengdir.

    Respublikada ta'lim olayotgan shaxslarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ular belgilangan tartibda stependiyaga, nafaqa, yotoqxona, tekin ovqat va boshqa imtiyozlar belgilangan.

    O‘zbekiston konstitutsiyasining 42-moddasi shaxslarning ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqini birinchi marta konstitutsiyaviy maqom darajasiga ko‘tardi.

    Madaniyat deganda inson tomonidan yaratilgan barcha boyliklar, yutuqlar yig‘indisi tushuniladi. Madaniyat tarkibiy qismlarini fan, ta'lim va sa'nat tashkil qiladi.

    Respublikada madaniyat muassasalari taraqqiyoti faoliyati tizimini boshqarish madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy-texnika sohasi faoliyati bilan fan va texnika davlat qo‘mitasi shug‘illanadi.
    5. Inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlari.

    Inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash deganda, shaxslarning konstitutsiyada ko‘rsatilgan huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish hamda har bir insonning bu huquqlarini huquqiy amalga oshirish tushuniladi.

    Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari ikki ko‘rinishga ega:


    1. Davlatning o‘z ichki kafolatlari;

    2. Xalqaro huquqiy kafolatlar.

    Bunda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash borasida oliy majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili ya'ni ombudsman faoliyati alohida o‘ringa ega.


    Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari:

    • Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklar;

    • huquq va erkinliklarning sud orqali himoya qilish;

    • mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalarining gayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish;

    • voyaga еtmaganlar, mеhnatga layoqatsizlar va yolgiz kеksalarning huquqlari kafolati;

    • Xotin-qizlar va erkaklarning tеng huquqliligi kafolati.
    inson huquq va erkinliklarining kafolatlanishi, shuningdek, malakali yuridik xizmat va professional himoyachi, ya'ni advokat xizmatidan foydalanish huquqi va imkoniyatlarining mavjudligidir.

    Inson huquqlarining xalqaro huquqiy kafolatlari xalqaro ommaviy huquq tomonidan o‘rnatilgan.

    Fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlash ko‘rsatilgan huquq va erkinliklarga faqat egalik qilish bilangina cheklanmasdan, ulardan foydalanish va ularning buzilishidan muhofaza qilishdan ham iboratdir.

    Kafolatlanishning mohiyati – bu davlat va uning organlari fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish uchun doimiy ravishda zarur vositalar bilan ta'minlash burchida nomoyon bo‘ladi.

    O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi insonlarga ma'lum huquq va erkinliklar berish bilan birga ularni amalga oshirish uchun kerakli iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va huquqiy kafolatlarni ham ta'minlaydi.

    Iqtisodiy sohadagi kafolatlar o‘zbekiston konstitutsiyasi va qonunlarida ko‘rsatilgan va iqtisodiyotning negizini tashkil etuvchi mulk shakllarining xilma-xilligidir. Ularda mulk shakllarining teng huquqlilligi va huquqiy jihatdan bab-barovar muhofaza etilishi kafolatlangan.

    Inson siyosiy huquqlari va erkinliklarining kafolatlanganligi o‘zbekistonda hokimiyatning xalqqa tegishliligi, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi; davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatga bo‘linishi prinsipiga asoslanganligidir.

    O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning siyosiy institutlari, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligidir.

    O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 43, 44, 45, 46-moddalari aynan inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlariga bag‘ishlangandir.

    «davlat fuqaroalarining konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi», deb mustahkamlab qo‘yilgan.

    Davlatimiz mustaqillikka erishgach, respublikamizda umuminsoniy qadriyatlarni tiklash demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borishda inson erkinligiga, jamiyat va davlatning birligida insonning tutgan o‘rnini baholashga katta ahamiyat berildi.

    Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari juda ko‘p va turlichadir.

    Kafolat tizimida fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish davlatning muhim xususiyatlaridan biridir. Bu kafolatlar konstitutsiyaning 44-moddasida mustahkamlab qo‘yilgandir. Ya'ni: «har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi».

    O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoya qilishning mukammal dasturi ishlab chiqilgan. Bunda respublika aholisining eng muhtoj qatlamlariga katta e'tibor berilmokda. Bu konstitutsiyaning 45-moddasida o‘z ifodasini topgan. Davlat o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, aholining ana shu qatlamlarini maxsus himoya qiladi.

    O‘zbekiston respublikasining 46-moddasida xotin qizlarning erkaklar bilan teng huquqliligi mustahkamlangan. Ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta'minlash uchun davlat keng miqiyosda qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirmoqda. Davlat ayollarga bilim olish, kasb egallash, mehnat qilish, unga haq olish, siyosiy hayotda faol ishtirok etish uchun erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratish bilan birga, ayollarning oiladagi o‘rni, jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, ularga mehnat qilishda, sog‘ligini mustahkamlashda, yaxshi sharoitlar va imtiyozlar yaratib berishi zarurdir. Chunki teng imkoniyat va qo‘shimcha sharoit, imtiyozlar o‘rnatish bilangina ayollarning teng huquqliligi taminlanadi.

    Demak, o‘zbekiston fuqarolari jinsidan qat’iy nazar ijtimoiy va siyosiy hayotda teng ishtirok etish huquqiga egadirlar.


    6. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari.

    O‘zbekiston respublikasida shaxslarga nisbatan hurmat, ishonch bo‘lishi, ularning tashabbusini, ijodkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan bir vaqtda, ulardan davlat va jamiyat oldidagi ma'lum bir burchlarini ham bajarish talab qilinadi.




    Fuqarolarning burchlari:

    • Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;

    • o‘zgalarning huquq va erkinliklari va sha'ni, qadr-qimmatini hurmat qilish;

    • tarixiy, madaniy mеrosni asrash;

    • atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;

    • soliq va mahaliy yig‘imlarni to‘lash;

    • O‘zbеkiston Rеspublikasini himoya qilish.
    bular konstitutsiyaning 47-52 moddalarida o‘z ifodasini topgan.

    Fuqarolarning imtiyozini mustahkamlash, davlat o‘rnatgan tartib va qoidalarga rioya qilish jamiyatimiz rivojini ta'minlash shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘zbekiston respublikasida o‘rnatilgan konstitutsiyaviy tuzum fuqarolarga keng huquq va erkinliklar berish, ularning amalga oshirishini kafolatlash bilan birga fuqarolar zimmasiga ma'lum burchlarni bajarishni yuklaydi. Bu konstitutsiyaning 47-moddasida «barcha fuqarolar konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar», deb mustahkamlab qo‘yilgan.

    Konstitutsiyaga binoan o‘zbekiston respublikasi fuqarosi va davlat bir biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari uzviyligi prinsipi bilan bog‘liqdir. Bu prinsipning amalga oshirilishi o‘zbekiston fuqarolarining o‘z burchlarini tushungan holda ixtiyoriy bajarganliklarida namoyon bo‘ladi. Demak, huquq bor joyda burch ham bor. Chunki fuqaro o‘ziga berilgan huquq va erkinlik bilan bir qatorda yuklatilgan mas’uliyatni ham sezish lozim.

    Shunday ekan, fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari boshqa fuqarolarning hamda davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak.

    Har bir fuqaroning qonunda belgilangan huquqlarini bajarmasligi muayyan oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    O‘zbekiston respublikasi fuqarolarining burchlari konstitutsiya normalarida o‘z aksini topgan bo‘lib, ma'lum tizimni tashkil qiladi. Bu tizimga: konstitutsiya va qonunlarga rioya etish, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni, qadr-qimmatini hurmat qilish (48-modda); o‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosni avaylab asrash (49-modda); atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish (50-modda); qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash (51-modda); o‘zbekiston respublikasini himoya qilish, qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash (52-modda); ota-onalarning o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalash (64-modda); voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlarning o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishi (66-modda) kiradi. Bu normalarni to‘g‘ri amalga oshirilishi respublikada osoyishtalikni, bozor iqtisodiyotiga tinch o‘tishni, demokratik prinsiplar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘la amalga oshirilishini ta'minlaydi.

    Konstitutsiyaning 48-moddasi o‘zbekiston fuqarolari zimmasiga konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish va o‘ziga tegishli burchlarni bajarish orqali kirishadigan huquqiy munosabatlarda, ya'ni fuqarolik uy-joy, oila-nikoh va boshqa munosabatlarda nomayon bo‘ladi, shu bilan birga respublika fuqarosi degan yuksak nomga munosib bo‘lish majburiyatini yuklaydi. O‘zbekiston xalqining tarixiy, madaniy va ma'naviy boyliklarini, madaniy yodgorliklarni ehtiyot qilish va saqlash har bir fuqaroning burchidir.

    Arxitektura yodgorliklari, tarixiy-madaniy hudud va ob'ektlar, badiy va musiqiy asarlar, xalq og‘zaki ijodiyoti o‘zbekiston xalqining o‘zligini anglashiga xizmat qiladi hamda dunyo madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasini bildiradi. Qadimdan qolgan yodgorliklarni nafaqat saqlash, balki kelajak avlodga etkazib, yangilarini yaratish bu bizning, ya'ni barchamizning burchimizdir.

    Konstitutsiyaning 50-moddasida «fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishiga majburdirlar», deb ko‘rsatilgan bo‘lib, bu qoida va boshqa qonunlarda qayd etilgan shu kabi huquqiy me'yor fuqarolarda atrof tabiiy muhitga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirishiga qaratilgan.

    Fuqarolarning bu majburiyati 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan va 1995 yil 6 mayda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan o‘zbekiston respublikasining «tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan bo‘lib, bu qonunning mazmunini o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining tabiat resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishlarini tashkil etadi.

    Tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan konstitutsiyaviy majburiyatlarni bajarmagan shaxslarni mulkiy, ma'muriy va hattoki, jinoiy javobgarlikka tortish ham belgilangan.

    Amaldagi qonunlarga ko‘ra, soliq yuridik shaxslar va fuqarolarning davlatga to‘laydigan majburiy to‘lovidir. Bu konstitutsiyamizda «fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar», deyilgan normasi bilan o‘z ifodasini topgan.

    Bu qoida 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «o‘zbekiston respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan va xorijiy fuqarolardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida» dagi, 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «mahalliy soliq va yig‘imlar to‘g‘risida»gi qonun hamda boshqa qonun hujjatlar va aktlar orqali tartibga solinadi.

    Soliq to‘lashdan bosh tortgan shaxslar tegishli ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

    Soliq va yig‘imlarni undirish qator davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Bularga o‘zbekiston soliq qo‘mitasi, moliya vazirligi, o‘z-o‘zini boshqaruvchi idoralar kiradi.

    O‘zbekiston respublikasining daromad solig‘i to‘g‘risidagi qonunda belgilanishicha, yuqorida qayd qilinganidek undirilgan soliqlar va to‘lovlar fuqarolarning ehtiyojlari uchun xalq ta'limi, sog‘liqni saqlashga, moddiy yordam hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga sarf qilinadi. Bulardan tashqari amaldagi soliq tizimi nogironlarni, bolalarni, talabalarni, ko‘p farzandlilarni va fuqarolarning boshqa toifalarini ijtimoiy himoyalash uchun qaratilgandir.

    O‘zbekiston respublikasida fuqarolarning vatanni himoya qilish burchi to‘g‘risida bir qancha farmon va huquqiy aktlar qabul qilingan.

    O‘zbekiston konstitutsiyasining 52-moddasida o‘zbekiston respublikasini himoya qilish uning har bir fuqarosining burchi ekanligi mustahkamlangan. Har bir fuqaro o‘zbekiston respublikasi manfaatlarni har tomonlama himoya qilish, uning qudratini va obro‘-e'tiborini mustahkamlash uchun barcha choralarni ko‘rishi lozimdir.

    O‘zbekiston respublikasini «mudofaa to‘g‘risi»dagi 1992 yil 2-iyul qonunida vatanning hududiy yaxlitligini, mustaqilligini himoya qilish, respublika fuqarolarining konstitutsiyaviy burchi ekanligi ifodalangan. Bundan tashqari o‘sha vaqtda qabul qilingan «umumiy harbiy majburiyat va xizmat to‘g‘risida»gi qonunning maqsadi o‘zbekiston fuqarolarining o‘z mamlakatini qurolli himoya qilish uchun majburiy harbiy tayyorgarlikdan o‘tishlaridan hamda respublika qurolli kuchlarini butlash va zahira tayyorlashni ta'minlashdan iborat ekanligi ko‘rsatilgan.

    Qonunga ko‘ra, tinchlik vaqtida salomatligi harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan va chaqiruv kunigacha 18 yoshga to‘lgan o‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yigitlar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladilar.

    yana bir narsaga e'tibor berish lozimki harbiy xizmatga nafaqat yigitlarimiz, balki o‘zbekiston xotin-qizlari ham ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga kirishlari mumkin.

    Qonunda ko‘rsatilgan vazifalarni respublikaning mudofa vazirligi amalga oshiradi. Shunday qilib o‘zbekistonning har bir fuqarosi qurolli kuchlar safida harbiy xizmat qilishi o‘zining faxriy va muqaddas burchi ekanligini, unga xiyonat qilish esa eng og‘ir jinoyat ekanligini hamisha e'tiborda tutishlari lozimdir.

    MAVZU: O‘ZBEKISTONDA JAMIYAT VA SHAXS MUNOSABATLARINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
    Nazorat uchun savollar:


    1. Jamiyatning iqtisodiy negizlari deganda nimani tushunasiz?

    2. Mulkning qanday shakllarini bilasiz?

    3. Jamoat birlashmalarining faoliyati qanday prinsiplarga asoslanadi?

    4. O‘zbekistonda qanday jamoat birlashmalari mavjud?

    Adabiyotlar



    1. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. – t., «o‘zbekiston», 2016.

    2. Karimov i.a. O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. –t.: «o‘zbekiston», 1993.

    3. Karimov i.a. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. T. 2. – t.: «o‘zbekiston», 1996.

    4. Karimov i.a. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 8. – t.: «o‘zbekiston», 2000.

    5. Karimov i.a. O‘zbekiston xxi asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - t., «o‘zbekiston», 1997.

    1. Jamiyatning iqtisodiy negizlari. Mulk va uning shakllari.

    O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, mulkchilik shakllarida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Konstitutsiyamizning «jamiyatning iqtisodiy negizlari»ga bag‘ishlangan xii bobining 53-moddasida mamlakat iqtisodiy asosini tashkil etuvchi «bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllaridagi mulk tashkil etishi, davlat iste'molchilarning huquqiy ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi» kafolatlanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy norma belgilanib, u o‘z o‘rnida mamlakat iqtisodiy munosabatlarini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi. «eng asosiy ijtimoiy institut bo‘lgan mulkka (asosan, xususiy mulkka) munosabatning o‘zgarishi - deb ta'kidlaydi islom karimov, butun jamiyatni va xususan, iqtisodiy hayotni demokratiyalashning bosh bo‘g‘ini bo‘ldi. Jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yangilash asosan yangi mulkchilik munosabatlari orqali o‘tadi»15.

    Konstitutsiyaga ko‘ra har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli bo‘lib, u moddiy va nomoddiy ne'matga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilishga haqli.




    Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxslsiz va davlat himoyasidadir.

    O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi 53-modda.

    Mulkning daxlsizligi shuni anglatadiki, mulkdorning mulkiy huquqlari qonun bilan kafolatlanadi va mulkdor bu huquqlardan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘z mulkidan mahrum etilishi mumkin. Mulk huquqi muddatsizdir. Ya'ni mulk egasi o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkdan abadiy foydalanishi, o‘zining mulk huquqini xohlagan vaqtda tasarruf qilishi mumkin. Biroq, mulkdan foydalanish ekologiyaga, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari zarar etkazmasligi shart. Demak, mulk nafaqat huquq, balki mas'uliyat hamdir.


    Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.

    O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi 50-modda.

    Insonning iqtisodiy huquqlari qonun hujjatlarida mustahkamlanib, nafaqat konstitutsiyaning 36, 53, 54-moddasida, balki fuqarolik kodeksida16, «mulkchilik to‘g‘risida»17gi, «mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi, «tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining erkinligi to‘g‘risida»gi, er to‘g‘risidagi, ijara to‘g‘risidagi, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarni kiritish mumkin.

    O‘zbekiston respublikasi prezidenti agrar sohadagi iqtisodiy islohotlar jarayonini chuqurlashtirishni ta'minlash, fermer xo‘jaliklarini shakllantirish asosida qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish maqsadini amalga oshirish borasidagi vazifalarni belgilab berdi. Iqtisodiyotning turli sohalarida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning huquq va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomini belgilab beradigan kooperatsiya to‘g‘risidagi, qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risidagi, fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonunlarda mamlakat yangi xo‘jalik mexanizmining asosiy qoidalari ilk bor bayon qilib berildi. Bu qoidalar iqtisodiy manfaatdorlikka, foydaga va o‘z faoliyatining natijalari uchun moddiy javobgarlik mas'uliyatiga asoslanadi.

    Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida, o‘zbekiston respublikasining etakchi xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga a'zoligi to‘g‘risida, valyutani tartibga solish to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar, asosiy xalqaro paktlar va bitimlarning o‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishidagi muhim qadamlardan bo‘ldi. Natijada iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga katta e'tibor qaratildi.

    «er osti boyliklari to‘g‘risida»gi va shunga oid boshqa qonun hujjatlarining qabul qilinishi natijasida er, er osti boyliklari, tabiiy va mineral resurslar, yaratilgan ishlab chiqarish quvvati o‘zbekiston xalqining ajralmas mulki ekanligi tan olindi.

    Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni, jamoat tashkilotlarining huquqlari va erkinliklarini, vijdon erkinligini ta'minlaydigan qonunlar ishlab chiqildi. Ular bozor iqtisodiyotiga o‘tishning murakkab sharoitlarida aholining eng muhtoj tabaqalari manfaatlarini qonun kuchi bilan himoya qilishgagina emas, balki odamlarning ma'naviy, ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilishga, islohotlar uchun mustahkam ijtimoiy zamin yaratishga ham imkon berdi.




    O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarolari, yuridik shaxslar hamda davlat mulk huquqining sub'еktlari bo‘lishi mumkin.

    Еr, еr osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy rеsurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdеk intеllеktual mulk mulk huquqining ob'еktlari bo‘ladi.



    Mulk huquqining mazmuni uning ob'еktiv va sub'еktiv ma'nodagi tushunchasidan, shuningdеk, mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlaridan iborat.

    O‘zbekistonda xususiy va ommaviy mulk mustahkamlangan.

    Xususiy mulk to‘g‘risida fuqarolik kodeksining 207-moddasida shunday deyiladi: «xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilishi, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir». Ya'ni qonunda taqiqlab qo‘yilmagan asoslarda olgan huquqidir.

    Xususiy mulk huquqining sub'ektlari fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslardir.

    Xususiy mulk huquqining ob'ektlari doirasi juda keng bo‘lib, ular: uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari; aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar; ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo va boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskuna, transport va boshqa ishlab chiqarish vositalari; ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatning (mulkning) boshqa natijalari; iste'mol qilishga va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan har qanday mol-mulk qonunlarga muvofiq, xususiy mulk bo‘lishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan mustasno. Ushbu ob'ektlar xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga ham, yuridik shaxslarga ham tegishli bo‘lishi mumkin.

    Ommaviy mulkka o‘zbekiston mulki; ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulki kiradi.

    Mulk shakllarining asosiy turlaridan biri davlat mulkidir. Uning sub'ekti o‘zbekiston respublikasi xalqidir. Mulkiy huquqni xalq nomidan o‘zbekiston respublikasi oliy majlisi, o‘zbekiston respublikasi prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi.

    Er (qonun ?ujatlarida nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan erlardan tashqari), er osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘zbekistonning mutloq mulkiga hisoblanadi. Unga respublika davlat hokimiyati va idora organlarining mol-mulki: respublika xalqlarining madaniy va tarixiy boyliklari: respublika byudjetining mablag‘lari, respublika va davlat ahamiyatidagi banklar, su?urta za?ira fondlari va boshqa davlat fondlari: davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy o‘quv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha ob'ektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini ta'minlovchi boshqa mol-mulklar kiradi.

    Ma'muriy-huquqiy tuzilmalar mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (ma'muriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar.

    O‘zbekiston respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilmasi byudjet yoki boshqa mablag‘lar yohud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning mabla?i hisobiga hosil qilinadi yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda o‘zbekiston respublikasining mulki yoki ma'muriy-hududiy tuzilmaning mulki bo‘ladi.

    Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek, kooperativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini o‘z ichiga oladi. Kollektiv mulkning hosil bo‘lishi va ko‘payib borishi davlat korxonalarini ijaraga berish, davlat korxonalarini xo‘jalik jamiyatlariga aylantirish, fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulkini kooperativlar va boshqa xo‘jalik jamiyatlari hamda shirkatlarni tuzish uchun ixtiyoriy birlashtirish bilan ta'minlanadi. Bunday mulk umumiylik xususiyatiga ega bo‘lib, egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlariga ko‘ra mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo‘lishi mumkin.

    Mulkning yana bir shakli bu aralash mulkdir. Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunning 27-moddasiga muvofiq, «mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablag‘larini birlashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissa qo‘shib ishtirok etish prinsipi asosida ham, shuningdek, o‘z mablag‘larini birlashtirgan mulkdorlar o‘rtasida daromadlarni bir tekis taqsimlash va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin». Aralash mulkka, shuningdek, qo‘shma korxonalarning mulki ham kirishi mumkin.

    O‘zbekiston xalqaro huquqning sub'ekti sifatida o‘z hududida davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini ham vujudga kelishiga yo‘l qo‘yadi va ularning teng muhofaza etilishini kafolatlaydi.



    Byudjet – davlat hokimiyati vakillik organi tomonidan tasdiqlanadigan markazlashgan pul fondlarining tashkil topishi, taqsimlanishi va foydalanishining asosiy moliyaviy rejasi bo‘lib, davlatning barcha vazifalari va funksiyalarini ta'minlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti har yili tasdiqlanadi va u 1- yanvardan 31- dekabrga qadar harakatda bo‘ladi.

    O‘zbekiston qonunchiligiga binoan byudjetlar ikkiga bo‘linadi:



    - davlat byudjeti,

    - mahalliy byudjet.

    Konstitutsiyaning 122-moddasiga binoan o‘zbekiston davlat byudjeti respublika byudjetidan, qoraqalpog‘iston respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat. O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksiga binoan davlat mulki respublika mulki va ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulkdan) iborat. Tegishli byudjetning vositalari va boshqa davlat mol-mulki, agar ular davlat korxonasi va muassasasiga biriktilmagan bo‘lsa, o‘zbekiston respublikasining davlat xazinasini, viloyat xazinasini tashkil qiladi. Respublika mulki respublika byudjetiga tushadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlardan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.



    Mahalliy (munitsipal) mulk – davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, shuningdek uy-joy fondi va kommunal xo‘jalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulkdan iborat. Munitsipal mulk mahalliy byudjetga tushadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlardan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.

    Mahalliy byudjet esa, tuman, shahar, qishloq va boshqa ma'muriy-hududiy tuzilmalar pog‘onasida tashkil topadi.


    2. Jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalarining jamiyatda tutgan o‘rni.

    O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 56-moddasiga asosan kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e'tirof etilgan.

    1991 yilgi «o‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasi hisoblanadi.

    Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Mazkur qonunning 3-moddasiga muvofiq, «jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish kasbkor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma'rifiy, fizkultura-sog‘lomlashtirish va sport ishlarini o‘tkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o‘rtasida tinchlik va do‘stlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi».

    Jamoat birlashmasi deganda uning mohiyatiga e'tibor berish kerak bo‘ladi. Jamoat birlashmasi biron-bir shaxsni yoki oilani yohud ayrim guruhlarning shaxsiy foyda olish istagini ifodalamaydi. Jamoat birlashmalari odatda g‘oya, iroda bilan harakatga keladi, ularning yagona maqsadi ­­- jamiyatni takomillashtirish. Ular o‘z oldiga nazorat qilish yoki foyda olish vazifasini qo‘ymaydi, balki ular jamiyatni mukammallashtirish yo‘nalishi va istagida faoliyat yuritadi. Demak, jamoat birlashmalari fuqarolarga o‘zlariga o‘zlari yordam berishlari, o‘z hayotlarini jamiyatni takomillashtirish orqali yaxshilashlari imkonini beradi.


    Jamoat birlashmalarining faoliyat ko‘rsatishiga quyidagi holatlarda yo‘l qo‘yilmaydi:


    • Axloq-odob qoidalarini buzilishiga olib kelsa;

    • Noqonuniy maqsad bilan konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirishga;

    • Respublika hududi va birligini bo‘lib tashlashga;

    • Qoraqalpog‘iston respublikasi va o‘zbekiston respublikasi o‘rtasidagi aloqalarni buzishga;

    • Zo‘rlik, vaxshiylik, ijtimoiy kelishmovchilikni tashkillashtirishga tashviqotlar olib borsa;

    • Turli, millatlar o‘rtasida bir millatni yuqori qo‘yish evaziga kelishmovchilik keltirib chiqarsa va jamiyatni bo‘lib tashlash uchun dinga qarshi tashviqot olib borsa;

    • Harbiylashtirilgan birlashmalarni, diniy partiya harakterida bo‘lgan boshqa davlat tuzilmasidagi diniy partiya filiallarini tuzish tashkillashtirsa.

    Shuningdek, jamoat birlashmalari demokratiyaga qarshi, davlat hokimiyati va boshqaruvida o‘z vakillarini qonuniy qo‘yish yo‘li bilan hokimiyat vakolatiga ega bo‘lib qonunlarni ma'naviy kuch bilan qabul qildirish va davlatning demokratik yo‘lidan foydalanib, davlat hokimiyati va boshqaruvida o‘z organlarini tashkil qilish qat’iyan man qilinadi.

    Yoshlar va bolalar tashkilotlariga davlat moliyaviy tomondan yordam beradi. Soliq siyosatida imtiyozli munosabatlarni amalga oshirishni ta'minlaydi. Binolardan foydalanishda va boshqa sharoitlar yaratadi. Davlat organlarining, mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Albatta tegishli qonunlarda ko‘rsatilgan nazorat funktsiyalari bundan mustasnodir.




    Download 3 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

    Download 3 Mb.