Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi




Download 3 Mb.
bet13/18
Sana24.12.2019
Hajmi3 Mb.
#4807
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18


1. Fanning umumiy masalalari. Ularga huquq tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquqning tushunchasi, predmeti, bu huquq tarmoq normalarining mohiyati va xususiyatlari; konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar va ularning turlari; konstitutsiyaviy huquqning respublikamiz huquqiy tizimidagi o‘rni kabi masalalar kiradi.

2. O‘zbekiston respublikasida konstitutsiyaviy rivojlanishning asosiy bosqichlari. Bu bo‘lim konstitutsiyaviy huquqning bosh manbai va davlatning asosiy qonuni bo‘lgan o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va xususiyatlarini, konstitutsiyaviy huquq normalarini amalga oshirish mexanizmi va shakllarini, o‘zbekistonda konstitutsiyaviy rivojlanishning asosiy bosqichlarini o‘z ichiga oladi.

3. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosiy prinsiplari bo‘limida respublikamizning davlat mustaqilligi, xalq hokimiyatchiligi, konstitutsiya va qonunlarning ustunligi tamoyillari, o‘zbekiston tashqi siyosatining konstitutsiyaviy asoslari o‘rganiladi.

4. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. Bu bo‘limda shaxs huquqiy holatining asoslari, o‘zbekiston respublikasining fuqaroligi, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari, burchlari, ularni amalga oshirish kafolatlari o‘rganiladi.

5. Jamiyat va shaxs munosabatlarining asoslari. Bu bo‘limda o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining iqtisodiy negizlari, jamiyatdagi mulkiy munosabatlar, fuqarolik jamiyatining konstitutsiyaviy asoslari, jamoat birlashmalari, oilaning jamiyatdagi roli, ommaviy axborot vositalarining jamiyat siyosiy tizimida to‘tgan o‘rni o‘rganiladi.

6. O‘zbekiston respublikasining ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi. Bu bo‘limda o‘zbekistonning milliy-davlat tuzilishi, ma'muriy-hududiy bo‘linishi, qoraqalpog‘iston respublikasining konstitutsiyaviy maqomi o‘rganiladi.

7. O‘zbekiston respublikasining davlat hokimiyati organlari tizimi. Bu bo‘limda davlat hokimiyatining bo‘linish tamoyillari, davlat hokimiyati organlarining tizimi va turlari, ular faoliyatini tashkil etish tamoyillari va shakllari; o‘zbekiston respublikasi oliy majlisi, uning vakolati va faoliyatining shakllari; o‘zbekiston respublikasi prezidentining maqomi, vakolatlari, davlatni va xo‘jalikni boshqarish organlari, mahalliy hokimiyat organlarining tizimi, sud hokimiyati va prokuratura organlari tizimi o‘rganiladi.

Albatta, bu tizim shu shaklda o‘zgarmasdan qolmaydi, konstitutsiyaviy huquq institutlarining rivojlanishi bilan bu fan tizimi ham o‘zgarib boraveradi.

Masalan, respublikamizda ikki palatalik parlament tashkil topishi, prezidentning konstitutsiyaviy saylash muddati etti yilga cho‘zilishi bilan o‘zbekiston respublikasi konstitutsyasining ayrim moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Konstitutsiyaviy huquq fani huquqshunoslik fanlari ichida markaziy o‘rinni egallaydi. Chunki konstitutsiyaviy huquq fani respublikamiz konstitutsiyaviy tuzumining asosiy tamoyillarini, ijtimoiy tuzumning konstitutsiyaviy asoslarini, inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini, o‘zbekiston respublikasining davlat tuzilishi va davlat tizimlarini belgilaydigan eng muhim huquqiy institutlarni o‘rganadi. Bu huquqiy fan boshqa yuridik umumnazariy, tarixiy tarmoq fanlari bilan uzviy bog‘liqdir.


3. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi o‘rganish kursining manbalari.

Davlat hokimiyati jamiyat ehtiyojlaridan va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish yo‘nalishlaridan kelib chiqib huquqiy normalarni qabul qiladi. Har qanday konstitutsiyaviy normada davlat hokimiyatinining muayyan irodasi o‘z ifodasini topadi.

1. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini o‘rganish kursi manbalaridan biri bu – o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi hisoblanadi. O‘zbekistn respublikasi konstitutsiyasida davlat va jamiyat tuzilishi, davlat siyosatining yo‘nalishlari, inson va fuqarolarning huquqiy holati, milliy davlat ma'muriy-hududiy tuzilishi, davlat organlarining tashkil topishi va faoliyatining asosiy prinsiplari yuridik asoslar mustahkamlangan. Konstitutsiya yuridik kuchi bo‘yicha davlatning hamma huquqiy normalardan yuqori turadi va o‘zining ba'zi normalari bilan huquqning boshqa tarmoqlari uchun manba vazifasini bajaradi.

2. Qoraqalpog‘iston respublikasining konstitutsiyasi ham manba hisobladi.

3. O‘zbekiston respublikasi parlamenti ­– oliy majlisi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy va joriy qonunlar ham manba bo‘ladi. Konstitutsiyaviy qonunlarda konstitutsiyaviy normalariga aniqlik kiritish, ularni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish tartibi joriy qonunlarni qabul qilishdan farq qiladi. Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlarining 2/3 qismi ovoz berishi talab etiladi, joriy qonunlarni qabul qilishda esa deputatlarning ko‘pchilik ovoz berishi yetarli bo‘ladi.

4. O‘zbekiston respublikasi prezidentining farmon va farmoyishlari kiradi. Farmon faqat o‘zbekiston respublikasi prezidenti tomonidan konstitutsiya va qonunlarga muvofiq va ularning ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilinadi. Davlat qurilishi va jamiyat hayotini isloh qilishda o‘zbekiston respublikasi prezidenti tomonidan muhim farmon , qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda.

5. O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ham hisoblanadi. Bunday qarorlarda respublika prezidenti tomonidan belgilangan vazifalar huquqiy asosda batafsil yoritilib beriladi va aniq chora tadbirlar bilan mustahkamlanadi.

6. Mahalliy hokimiyatning ba'zi bir qarorlari ham manba bo‘lishi mumkin. Bunday qarorlarga xalq deputatlarining kengashlari tomonidan tasdiqlangan, kengashlarning qo‘mita va komissiyalari, deputatlar guruhlari to‘g‘risidagi nizomlar, ularni ish tartiblarini tasdiqlovchi qarorlar misol bo‘ladi. Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining hujjatlari konstitutsiya, qonun, farmon, hukumat qarorlari, markaziy davlat boshqaruv organlari aktlariga muvofiq va ularning ijrosini ta'minlash uchun chiqariladi. Ular o‘z hududi doirasida konstitutsiyaviy huquq predmetiga kiruvchi masalalarni tartibga soladi.

4. O‘quv kursini o‘rganish usullari.

Har qanday fan yoki o‘quv kursi o‘zi o‘rgatadigan masalalarni o‘rganish usullariga ega. Bu fanda «metodologiya» deb ham yuritiladi.

«metodologiya» so‘zi yunoncha «metodos» so‘zidan olingan bo‘lib, aynan ma'nosi «biron narsani o‘rganish yo‘li» demakdir.

Metod – bu umumiy ma'noda maqsadga erishish usuli, muayyan izga solingan faoliyatdir. Metod – bu maxsus ma'noda bilish vositasi, o‘rganiladigan mavzuni tafakkurda hosil qilish yo‘lidir.

O‘quv kursini o‘rganishda quyidagi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq:

Tarixiy uslub – konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni nima uchun va qanday vujudga kelganligi, rivojlanganligini tahlil qilib ularning mohiyati va vazifalarini ochib beradi.

Qiyosiy uslub – boshqa huquqiy tizimlarning huquqiy tartibga solish mexanizmini o‘rganib, huquqiy normalarining samarali modelini yaratishga imkon beradi.

Tizimli uslub – huquqni yagona tizim sifatida uning normalari, institutlari va boshqa huquqiy hodisalar o‘rtasidagi aloqalarini o‘rganish orqali huquq sohasini takomillashtiradi.

Sotsiologik uslub – huquqiy normalarni ijtimoiy munosabatlardagi o‘rniga nisbatan jamoat munosabatini o‘rganish orqali huquqiy normalarni takomillashtirishga imkon yaratdi.

Statistik uslub – normalarni amalga oshirish natijalari va ko‘rsatkichlarini yig‘ish va ularni tahlil qilish orqali huquqiy normalar samaradorligini kuzatishga, o‘rganishga imkon yaratadi.

Shakliy yuridik usul – soha, institutlar va normalar ichki tuzilishi normani shakliy aniqligini, ularni tizimlashtirishni tahlil qiladi.

MAVZU: MUSTAQIL O‘ZBEKISTON KONSITUTTSIYASINI ISHLAB CHIQISH VA QABUL QILISH JARAYONI.

KONSTITUTSIYANING ASOSIY TAMOYILLARI


Nazorat uchun savollar:



  1. Mustaqil o‘zbekiston konstitutsiyasida avvalgisiga nisbatan qanday yangiliklar mavjud?

  2. O‘zbekiston yangi konstitutsiyasining loyihasi qanday tayyorlandi?

  3. Nima sababdan o‘zbekiton respublikasining yangi konstitutsiyasini qabul qilish zaruriyati paydo bo‘ldi?

Adabiyotlar:



  1. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. – t.: «o‘zbekiston», 2003.

  2. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga sharhlar. – t.: «o‘zbekiston», 2008.

  3. Karimov i.a. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. – t.: «o‘zbekiston», 1992, 37-bet.

  4. Tadjixanov u., saidov a., odilqoriev x. O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi (darslik). – t., «sharq», 2001.

  5. O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi. – t.: moliya nashriyoti, 2002. 632-b.

1. O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tarixi.

«konstitutsiya» atamasi o‘zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi davrlarda konstitutsiya so‘zi siyosiy tuzumni bildirgan. Yunoncha ma'nosiga ko‘ra esa, huquq bilan belgilanadigan davlat tuzilishini ifodalagan. Xiv-xv asrlarda markaziy osiyo xalqlarida davlatning holatiga hal qiluvchi ta'sir o‘tkazgan amir temurning tuzuklari sqariat bilan bir qatorda amal qilgan shaq madaniyatiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat bo‘lgan. Yaqin o‘tmishda sobiq sovetlar tomonidan markaziy osiyoda milliy-davlat chegaralanish olib borilishidan oldin 1918 yilda turkiston assrning konstitutsiyasi qabul qilindi. Milliy chegaralanish natijasida o‘zbekiston respublikasi tashkil topgach, oradan uch yil o‘tib 1927 yilda o‘zbekiston ssrning birinchi konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiya qabul qilinguniga qadar respublikada konstitutsiya ahamiyatiga molik bo‘lgan bir nechta hujjatlar e'lon qilingan edi. Bu hujjatlarga quyidagilarni kiritish mumkin. O‘zbekiston ssrni tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiya, 1925 yilning 22-iyulida chiqarilgan «o‘zbekiston ssrning gerbi va bayrog‘i haqida»gi respublika mik qarori va boshqalar.

1927 yildagi o‘zbekiston ssr konstitutsiyasi respublika suverentini va uning sssr tarkibiga kiritishini, o‘zbekiston ssr tashkil etilishi hamda shakllanishi davrida paydo bo‘lgan davlat hokimyati va davlat boshqaruvchi organlari tuzilmasini mustahkamladi.

1937 yildagi ikkinchi konstitutsiya, o‘sha paytlardagi ittifoqda amalda bo‘lgan an'anaga ko‘ra, sssr konstitutsiyasidan keyin qabul qilindi. Sssr konstitutsiyasida aytilgani kabi o‘zbekiston konstitutsiyasida ham sotsialistik tuzum asoslari qurilishi tugallanganligi e'lon qilindi. Bunday olib qaraganda nihoyatda demokratik va maqsadga muvofiq bo‘lib, ko‘ringan bu konstitutsiya ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan huquq va erkinliklarni o‘zida mustahkamlagan edi. Lekin konstitutsiyada yozilganlar hayotda amalga oshirilmadi va qog‘ozda qolib ketdi.

1978 yilda qabul qilingan o‘zbekiston ssrning uchinchi konstitutsiyasi esa sssr asosiy qonunidagi barcha ustunlik hamda kamchiliklarni o‘zida mujassam etdi. Sssr konstitutsiyasi kabi o‘zbekiston ssr konstitutsiyasi ham jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish mumkin bo‘lgan bir qancha demokratik imkoniyatlarga ega edi. Konstitutsiyada ham deputatlari orqali davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi xalqning to‘la hokimiyati, qonunchilik, huquq-tartibot tamoyillari mustahkamlangan edi. Shuningdek, unda fuqarolarning huquq va erkinliklari xususidagi moddalar soni 1937 yildagi konstitutsiyaga qaraganda ikki barovar ko‘p edi.

Ammo bu konstitutsiya ham real hayotda amal qilmadi, sababi konstitutsiyaning o‘zi turg‘unlik davrida odamlar ongiga singmadi. Konstitutsiya moddalarini hayotga tadbiq etish imkoni ozligi uni amalda boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik tuzumi almashtirgani bilan izo?landi. Qonunchilikni tiklash jarayoni esa oxiriga etkazilmadi. Misol uchun shuni eslab o‘tish kifoya qiladi, ya'ni, bizda 1987 yilga qadar mansabdor shaxs harakati ustidan fuqarolarning arz qilish tartibi haqidagi huquqiy akt yo‘q edi. Vaholanki, ana shu akt xususida konstitutsiyaning 56 moddasida ochiqchasiga aytilgan edi.

Huquqiy tizimda konstitutsiyaning chinakam ustunligi ta'minlanmadi.

Shunga ko‘ra, sobiq sssr da ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar boshlangan birinchi yillardayoq ittifoq konstitutsiyasining o‘zini va unga kiradigan respublikalarning konstitutsiyalarini o‘zgartirish zarurligi dolzarb vazifa sifatida oldinga surildi.

2. O‘zbekiston respublikasining mustaqil, suveren davlat deb e'lon qilinishi. O‘zbekiston prezidenti i.a.karimov – mustaqil o‘zbekiston konstitutsiyasining tashabbuskori.

O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining e'lon qilinishi favqulodda yuz bergan hodisa emas, balki qonuniy va tabiiy holdir. Qolaversa respublikamiz mustaqilligining e'lon qilinishi ona zaminimizda asrlar osha qo‘lni qo‘lga berib, elkama-elka yashab, mehnat qilib kelayotgan barcha qardosh, dindosh xalqlarning 150 yilga yaqin vaqt mobaynida goh oshkora, goh pinxona qurolli yoki tinch yo‘l bilan olib borgan mashaqqatli, ko‘pchilik hollarda fojiali kurashning mahsulidir.

Ozodlik va mustaqillik uchun intilishning ommaviy tus olishiga imkoniyat bo‘lmagan bo‘lsada, u yashirin, unchalik katta bo‘lmagan guruhlar tomonidan davom ettirildi.

80-yillarning oxirlariga kelib o‘zbekiston mustaqilligi uchun kurash tarixida yangi davr boshlandi. Bu erda qayta qurish, oshkoralik, demokratiya uchun kurash jarayonida turli xil ommaviy tashkilotlar, xalq harakatlari, guruhlar vujudga keldi. Ularning faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari, nuqsonlar, millatchilik kayfiyatidagi urinishlar, nojo‘ya xatti-harakatlardan qat’iy nazar asosiy maqsadlari o‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligiga erishish edi. Bu davrda paxta yakka hokimlimgiga barham berish, respublikadagi tabiiy boyliklarga to‘la egalik qilish, o‘zbek tiliga davlat maqomini berish, ittifoq tasarrufidagi korxonalarni respublika ixtiyoriga berish, respublikaning pul birligini chiqarish, armiyasini tashkil etish, chegarasini qo‘riqlash, o‘zbekistonning xalqaro huquqining teng huquqli sub'ekti sifatida birlashgan milatlar tashkilotiga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a'zo bo‘lishi, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diplomatik aloqalar o‘rnatishi haqidagi g‘oyalar ilgari surildi.

1990 yil 20 iyunda o‘zbekiston ssr oliy soveti 12-chaqiriq ii sessiyasida respublikaning mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu deklaratsiyadan respublikadan davlat mustaqilligining muhim prinsiplari mustahkam o‘rin olganligi diqqatga sazovordir. Jumladan, unda respublika tashqi siyosatiga doir masalalarni mustaqil xal etish asosiy xalqaro huquq prinsiplarini e'tirof etish va hurmat qilish imkoniga ega ekani ta'kidlangan edi. Shu bilan birgalikda oliy sovet o‘zbekiston respublikasi xalqaro huquqning umum e'tirof etgan normalarining eng muhim prinsiplarini tan olinishini ham ma'lum qildi.

Sobiq ittifoq siyosiy va ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni hisobga olib va mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiyaga amal qilib, 1991yil 31 avgustda respublika oliy soveti o‘zining navbatdan tashqari sessiyada o‘zbekiston davlat mustaqilligi va erkin, mustaqil o‘zbekiston respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qildi.

Shu bilan bir vaqtda oliy sovet ittifoqining barcha yuqori qonunchilik organlariga va uning tarkibiga kiruvchi mustaqil davlatlar, barcha xorijiy davlatlar va jahon hamjamiyatiga respublikaning mustaqil davlat deb e'lon qilingani to‘g‘risidagi hujjatni tan olishga da'vat etib, murojaat qilindi.

Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan keyin esa o‘zbekiston respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon hamjamiyati bilan xalqaro munosabatlarga kirisha boshladi.

O‘z istiqloli va mustaqilligini har tomonlama mustahkamlab borayotgan respublika ayni paytda sobiq ittifoq hududida iqtisodiy aloqani saqlab qolish da'vati bilan chiqmoqda. Shu munosabat bilan 1992 yil 21 dekabrda olmata shaxrida ilgari ittifoq tarkibiga kirgan 12 ta mustaqil davlat bilan mdhga a'zo bo‘lish to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekildi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligi davomida qisqa vaqt ichida jahon mamlakatlari o‘rtasida o‘zining munosib o‘rnini egalladi va o‘z ovozi, mavqeiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston hozirgi kunda jahon hamjamiyatining teng huquqli ishtirokchisidir. Uning tashqi siyosati tinchlik siyosatidir. Bu siyosiy insonparvarlik, odamlarning tinch va osoyishta mehnati to‘g‘risida g‘amxo‘rlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan.


O‘zbekiston prezidenti i.a. Karimov – mustaqil o‘zbekiston konstitutsiyasining tashabbuskori va ijodkori.

1991 yil 31 avgustda respublika oliy kengashining oltinchi sessiyasida i.a. Karimovning tashabbusi bilan o‘zbekistonning mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Dunyo qaritasida o‘zbekiston respublikasi deb atalgan yangi mustaqil davlat paydo bo‘ldi. Xalqimiz uzoq yillar orzu qilib kelgan ozodlik, mustaqillik, erkinlik ruyobga chiqdi.

O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, yangi suveren davlat maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlab qo‘yish muammosi yuzaga keldi. O‘zbekiston prezidenti mamlakatni o‘zining rivojlanish yo‘lini konstitutsiyaviy asosda belgilab olishi zarurligini bir necha bor ta'kidlagandi. «davlatimizning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko‘p jihatdan konstitutsiyamiz qanday bo‘lishiga bog‘liq», – degan edi yurtboshimiz.

O‘zbekiston mustaqil davlat deb e'lon qilingan kundan boshlab konstitutsiya loyihasi ustida ish jonlanib ketdi.

Tuzilgan konstitutsiyasi komissiyasi dastlabki kundan to konstitutsiyani oliy kengash majlisida qabul qilingunga qadar doimo prezidentning diqqat markazida bo‘ldi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, prezidentimiz konstitutsiyaning har bir moddasini takomillashtirishga bosh bo‘ldi.

Prezidentimizning taklifi bo‘yicha konstitutsiyaga 26-modda (aybsizlik prezumtsiyasi) 42 (ijod erkinligi), 46 (xotin qizlarning erkaklar bilan teng huquqligi), 3 (oliy xo‘jalik sudi to‘g‘risida) va boshqa bir necha moddalar kiritildi.

Ko‘pgina moddalarni tahrir qilishda, o‘zgartirishda, yangilashda prezident shaxsan qatnashdi. Ba'zi nizoli masalalarni hal etdi. Masalan, 91-moddaning oldingi tahririda, prezident shu lavozimda turgan paytda partiya a'zoligini to‘xtab qo‘yish kerak, deyilgan edi. Prezidentimiz xorijiy davlatlarga safar qilgan paytlarda va o‘zimizda boshqa mamlakatlarni rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvlarda bu masalada jahon tajribasiga doimiy e'tibor berib keldilar.

Prezident o‘z partiyasiga a'zolikni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishi haqidagi qoida qizg‘in munozaraga sabab bo‘ldi. Xalq demokratik partiyasi butun kuchi va g‘ayrati bilan bu qoidaga qarshi chiqdi va natijada qolib keldi. Konstitutsiya komissiyasi o‘zining oxirgi majlisida shu masalani muhokama qilib, yuqorida aytilgan jumlani loyihadan olib tashlashga rozi bo‘ldi. Mana shunga o‘xshash masalalar juda ko‘p edi. Har safar masalani hal etishda jahon tajribasi inson huquqlari haqidagi xalqaro hujjatlar hisobga olinib, bir qarorga kelinadi.

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi – bu o‘zbekiston hududida yaratilgan birinchi tom ma'nodagi mustaqil davlatning birinchi asosiy qonunidir.

Prezidentimizning iborasi bilan aytganda, bu konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra tamomila yangi hujjat. Unda komunistik mafkura, sinfiylikdan, eskicha partiyaviylikdan asar ham yo‘q. Konstitutsiya jamiki dunyoviy qadriyatlar orasida eng ulug‘i- inson degan fikrni ilgari surdi va shu asosida «fuqaro-jamiyat-davlat» o‘rtasidagi oqilona huquqiy echimini topishga intildi.


3. 1992 yilgi o‘zbekiston konstitutsiyasi loyihasining tayyorlanishi, umumxalq muhokamasidan o‘tkazilishi va qabul qilinishi.

Konstitutsiya kontseptsiyasining ishlab chiqilishi va loyihaning tayyorlanishi to‘g‘risida albatta, har bir o‘qituvchi va talaba qolaversa, hamma o‘zbekiston fuqarolari xabardor bo‘lmog‘i lozim.

1991 yilning boshida konstitutsiyaviy kommisiya bo‘lajak konstitutsiya kontseptsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ish boshladi. O‘zfa falsafa va huquq instituti, siyosatshunoslik va boshqaruv instituti, respublika prezidenti

Devoni ma'muriy-huquqiy bo‘limi konstitutsiya kontseptsiyasi ustidan ish olib bordilar. Ishlab chiqarilgan turli kontseptsiyalar asosida yagona mukammal kontseptsiya yaratildi.

Ishchi guruh kontseptsiya asosida 1991 yilning noyabrida yangi konstitutsiya loyihasining dastlabki, ya'ni birinchi variantlarini tayyorladi. U muqaddima va 158 moddadan iborat edi. 1992 yilning bahorida loyihaning ikkinchi varianti ishlab chiqildi.

Konstitutsiya komissiyasining raisi islom karimov ikkinchi loyihani aniq va prinsipial tarzda tahlil qilib chiqdi. Tahrir qilingan loyiha 137 moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, loyihaning uchinchi varianti ham prezident tomonidan tahrir qilinib, u 128 moddani tashkil etdi.

1992 yil 26 sentyabrda konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi sentyabrning oxiridan dekabrning boshigacha davom etdi. Unda mamlakatning voyaga etgan deyarli barcha aholisi ishtirok etdi.

Loyiha qoraqalpog‘iston oliy kengashining sessiyasida va viloyatlar, shaharlar faollarining yig‘ilishlarida muhokama qilindi.

1992 yil 21 noyabrda konstitutsiya loyihasi keyingi muhokama uchun yana matbuotda e'lon qilindi. Loyihaning bu variantida mamlakatimiz oddiy fuqarolarining ko‘plab taklif va mulohazalari hisobga olindi. Demak, loyihani muhokama qilish 2 bosqichga o‘tdi.

Konstitutsiyaviy komissiyaning 1992 yil 7 dekabrda bo‘lib o‘tgan oxirgi majlisida loyihaning aholi tomonidan maqullanganligi ta'kidlandi. Muhokama davomida 6000 dan ziyod mulohaza va taklif qabul qilindi. Ular har tomonlama o‘rganildi va tahrir qilindi.

Konstitutsiyaviy komissiya raisi i.a. Karimov shunday deydi: «uning loyihasi ustida tahminan ikki yil davomida ishladik. U ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o‘tdi, xalqning fikr-xazinasi durdonalari bilan boyitildi, sayqal topdi».

1992 yil 8 dekabrda o‘zbekiston respublikasi oliy kengashning xii chaqiriq 11-sessiyasi bo‘lib, unda «o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi qabul qilish haqida»gi masala ko‘rildi. Bu xususida konstitutsiyaviy komissiya raisi prezident islom karimov ma'ruza qilib, sessiya muhokamasiga havola qilingan qonunlardan farqli o‘laroq demokratik yo‘l bilan tayyorlangan bo‘lib, unda yillar davomida sinovdan o‘tgan umuminsoniy qadriyatlar o‘z aksini topganligini hamda u ko‘plab taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribalarini o‘ziga singdirganligi alohida uqdirildi. Shuning uchun ham mazkur konstitutsiya har qanday etakchi mamlakatning konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi mumkin deb ta'kidlandi.

Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgarish, qo‘shimcha, va aniqliklar kiritildi va bir ovozdan qabul qilindi.

Shunday qilib, suveren demokratik o‘zbekiston respublikasining birinchi mustaqil konstitutsiyasi qabul qilindi.

Yangi konstitutsiya eskisidan farq qilib, muqaddima bilan boshlanadi. Muqaddimada asoslar ko‘rsatib berilgan va konstitutsiya shu asoslarga tayanadi.

Faqat milliy istiqlol, davlat mustaqilligiga erishish tufayli o‘zbekiston respublikasining tamomila yangi, inson manfaatlarini, haq-huquqini himoya qiluvchi chinakam demokratik konstitutsiyasini yaratishdek ulkan tarixiy imkoniyat vujudga keldi.

O‘zbekiston respublikasi 12 chaqiriq oliy kengashining 1992 yilning 8 dekabrdagi 11 sessiyasi tomonidan o‘zbekiston respublikasi birinchi konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo‘ldi.

O‘zbekiston respublika prezidenti i.a. Karimov oliy kengashning 11 sessiyasida konstitutsiya loyihasi yuzasidan so‘zlagan nutqida bunday deb ta'kidladi: «hur o‘zbekistonning tarixida birinchi konstitutsiyani qabul qilish- jumhuriyatimizning yangi tug‘ilishidir, huquqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir. Konstitutsiya asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo‘lishi muqarrar».

Konstitutsiya qabul qilingan kun 8 dekabr – bayram, dam olish kuni deb e'lon qilindi.
4. O‘zbekiston konstitutsiyasining tuzilishi va o‘zgartirish kiritish tartibi.

O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 22 bob va 128 moddadan iborat bo‘lib, u o‘z ichki tuzilishi bilan jahon konstitutsiyaviy amaliyotiga to‘la mos keladi.



Muqaddimasi juda qisqa va ko‘tarinki ruhda yozilgan. Uning mohiyati: konstitutsiyani xalq, ya'ni davlatning haqiqiy sohibi qabul qiladi va unda o‘z irodasini ifoda etadi.

Konstitutsiyaning asosiy mantiqiy yo‘nalishi quyidagicha: inson-jamiyat-davlat.

Birinchi bo‘limda mustaqil o‘zbekiston davlatining asosiy konstiutsiyaviy prinsiplari ko‘rsatilgan bo‘lib, bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosatimiz tamoyillari kiradi.

Ikkinchi bo‘lim inson huquqlari to‘g‘risidagi o‘zbek hartiyasidir. Boshqacha qilib aytganda inson huquqlarining yaxlit va keng tizimidir.

Uchinchi bo‘lim esa odatdagidek emas, jahonning bironta konstitutsiyasida bunday bo‘lim yo‘q. Ya'ni bu bo‘limning asosiy maqsadi: fuqarolik jamiyatining an'analarini tiklash, ijtimoiy uyushmalar va munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solib, ularning rivojlanishini ta'minlashdan iborat.

Bu bo‘lim «jamiki dunyoviy ne'matlar orasida eng ulug‘i – inson degan fikrni» o‘zida mujassamlashtirgan.



To‘rtinchi bo‘lim ma'muriy hududiy va davlat tuzilishiga bag‘ishlangan o‘zbekiston viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalardan iborat ma'muriy-hududiy tuzilishga egadir. Respublika tarkibiga qoraqalpog‘iston respublikasi ham kiradi. Bu suveren davlatning konstitutsiyaviy maqomiga va o‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlariga maxsus 17 bob bag‘ishlangan.

Beshinchi bo‘lim davlat hokimiyati idoralarini tashkil etish haqida bo‘lib, konstitutsiyadagi eng katta qism hisoblanadi. Bu bo‘limda hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi o‘zining amaliy ifodasini topgan, ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati idoralari konstitutsiyaviy maqomi muayyan tartibda mustahkamlangan. Davlatimizning markaziy idoralari oliy majlis, prezident, vazirlar mahkamasi, konstitutsiyaviy, oliy va xo‘jalik sudlari, prokuratura, mahalliy davlat hokimiyati idoralarining konstitutsiyaviy maqomi belgilab berilgan.

Saylov tizimining prinsiplari, moliya va kredit, xavfsizlik va mudofaa masalalari ham konstitutsiyaviy tartibga solish doirasiga kirgan.

Nihoyat so‘nggi, oltinchi bo‘lim – konstitutsiyani o‘zgartirish muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, huquqiy nuqtai nazardan asosiy qonunning barqarorligini ta'minlashga qaratilgandir.

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining tuzilishi uning: birinchidan, fuqarolar tinchligiga, ya'ni milliy va ijtimoiy totuvlikka; ikkinchidan, shaxs erkinligiga va saylov erkinligiga; uchinchidan, siyosiy barqarorlikka, to‘rtinchidan, faravonlik va iqtisodiy o‘sishga; beshinchidan, davlatning odamlar oldidagi o‘z burchini bajarishga erishishga qaratilgandir.

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish tartibi o‘zbekiston konstitutsiyasida mustahkamlangan bo‘lib, u 127-, 128-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Ya'ni:

127-modda, o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar o‘zbekiston respublikasi oliy majlisi jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismidan iborat, ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi.

128-modda, o‘zbekiston respublikasi oliy majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar oliy majlis konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.

Sharoit taqozo etsa, har qanday qonun yoki konstitutsiya maqomi o‘zgartirilishi mumkin. Konstitutsiya maqomlari asosiy qonunlar tarkibiga kirganligi uchun ularni o‘zgartirish, yangilash, oddiy qonunlarni o‘zgartirish yoki yangilashdan qisman farq qiladi. Bu jahon tajribasida qabul qilingan qoida.

O‘tmishda konstitutsiyaga juda ko‘p o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilar edi. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilmagan deyarli biror-bir sessiya ham yo‘q edi. Bu ahvol konstitutsiya va qonunlarning barqarorligiga putur etkazar va huquqiy ongning shakllanishiga zarar keltirar edi. Konstitutsiya va qonunlarga nisbatan bo‘lgan ishonch va hurmatni susaytirardi. Shu sababli konstitutsiyaviy me'yorlarning obro‘yini ko‘tarishni, ularni barqarorligini mustahkamlashni maqsad qilib, o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga ushbu moddalar kiritildi.
O‘zbekiston konstitutsiyasining asosiy tamoyillari.

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi quyidagi asosiy tamoyillardan tashkil topgan:





Davlat suvereniteti tamoyili. «suverenitet» atamasi ilk bor fransiyada (xvi asr) vujudga kelgan. Bu atama lotincha superareitas (cupra, superios) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aslida «eng oliy», «oliy hokimiyat» degan ma'noni anglatadi.

Suverenitet har qanday mustaqil davlatning umumiy va ajralmas belgisi bo‘lib, uning to‘la huquqliligini hamda ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatga qaram emasligini anglatadi.

Suveren davlat o‘z ichki va tashqi ishlarini boshqa davlatlarning huquqlarini, shuningdek xalqaro huquq prinsiplari va normalarini buzmagan holda, o‘zi xohlagancha hal qiladi.

Suverenitet davlatga xos tushuncha bo‘lib, u bilan birga vujudga keladi. Davlat va uning xususiyati bo‘lgan suverenitet tarixiy hodisadir.

Millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, ya'ni o‘z taqdirini chet davlatlarning aralashuvisiz belgilash huquqi davlat suverenitetning asosini tashkil etadi.

Hozirgi sharoitda davlat suvereniteti prinsipi xalqaro hamkorlikning eng muhim masalasidir. Er yuzidagi barcha mamlakatlar o‘zaro munosabatlarning teng huquqlilik, bir-birlarini ichki ishlariga aralashmaslik, boshqa davlatlarga hujum qilmaslik va ularning hududiy butunligiga daxl qilmaslik, shuningdek suvereniteti va milliy mustaqilligini to‘la hurmat qilish prinsiplariga asoslangan bo‘lishi uchun kurashmoqdalar.



Xalq hokimiyatchiligi tamoyili. «xalq hokimyatchiligi» atamasi yunoncha «demokratiya» so‘ziga monand bo‘lib, bu ibora ilk bora yunon shahar-davlatida paydo bo‘lgan. Keyinchalik butun dunyoga tarqalgan hamda siyosiy lug‘atdan mustahkam o‘rin olgan. Demokratiya so‘zi «demos» xalq va «kratos» hokimyat so‘zlarining birikmasidan tuzilib, «xalq hokimyatchiligi» demakdir.

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining «xalq hokimyatchiligi» deb nomlangan tamoyili davlatimizning demokratik tabiatini ifodalaydi va o‘zbekistonni suveren demokratik respublika ekanligini tasdiqlaydi. «xalq hokimyatchiligi» prinsipi har qanday demokratik davlat konstitutsiyaviy tuzumining asosiy shartlaridan biridir. Darhaqiqat, o‘zbekiston respulikasi demokratik davlat hisoblanib, uning asosiy qonuni xalq hokimyatchiligi prinsipiga asoslanadi va butun mazmun-mohiyati bilan ana shu prinsipni mustahkamlaydi. Umuman, o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining juda ko‘p moddasiga (7, 8, 9, 10, 11, 12, 13) xalq hokimyatchiligi g‘oyasi singdirilgan bo‘lib, bunga ko‘ra hokimyat amalda va qonun bo‘yicha tanho xalqga tegishlidir. Zero xalq hokimyatchiligi deganda hokimyatning faqat xalqga tegishli ekanligi, davlat xalq irodasini ifodalashi va uning manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi, davlatning asosiy vazifalaridan biri inson va jamiyatning farovonligini ta'minlashga qaratilgan bo‘lishi kerakligi tushuniladi.

O‘zbekiston respublikasida xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.

Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimyatning yangi muvoziy tarkiblarini tuzish konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Konstitutsiyaga binoan, xalq hokimyatchiligining jahon konstitutsiyaviy rivojlanishi tajribasida ishlab chiqilgan quyidagi ikkita shakli o‘rnatilgan.

1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya'ni bevosita demokratiya – fuqarolarning davlat shaklini hal qilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi.



2. Vakillik demokratiyasi – fuqaroning davlat ishlarini hal etishda o‘zi

Saylagan vakillar, ya'ni deputatlar orqali ishtirok etishi.

O‘zbekistonda demokratiyaning ushbu shakllari konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlangan. Bevosita demokratiyaning asosiy ko‘rinishladan biri – referendum o‘zbekiston konstitutsiyasida alohida ravishda belgilangan.

Konstitutsiya va qonunlar ustunligi tamoyili. Konstitutsiyaning asosiy prinsiplaridan yana biri – konstitutsiya va qonunning ustunligidir, ya'ni o‘zbekistonda konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar konstitutsiyasi va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.

Jamiyatda qonunning ustvorligi huquqiy davlatning bosh mentalitetidir.

Bunday jamiyatda oddiy fuqarolardan tortib prezidentgacha hamma qonun talablarini bajarishi shart.

Amir temur o‘z tuzuklarida tegishli tartib va qonunga rioya qilish uning taqdiri va yutuqlarining asosi hamda tayanchi bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatgan.

Respublikamiz prezidenti i.a. Karimov «o‘zbekiston xxi asrga intilmoqda» mavzusidagi respublika oliy majlisining birinchi chaqiriq 14-sessiyasida qilgan nutqida: «jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta'minlanganda u chinakam huquqiy fuqarolik jamiyati bo‘ladi. Har bir kishi o‘z huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi, o‘z huquqlari va erkinliklarini himoya qila olishi lozim»? – deb ko‘rsatganlar. «har bir inson», – deydi prezident: «to‘ralarcha o‘zboshimchalikdan, qonunsizlikdan o‘z huquqlarini himoya qiladigan idoralar mavjudligiga amin bo‘lishi kerak»14.

Tashqi siyosat tamoyili. Konstitutsiyaning asosiy tamoyilaridan yana biri – tashqi siyosat. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng xalqaro munosabatlarda to‘la huquqli sub'ekt bo‘ldi. Bu esa o‘zbekistonning bmtga a'zo bo‘lishi bilan yanada qonuniy mustahkamlandi. Endi o‘zbekiston mustaqil ravishda tashqi siyosatni belgilab, uni amalga oshiradi.

Bu tamoyillar siyosatda oshkoralikka, ochiqlikka, tenglikka va huquqiylikka tayanib ish yuritishni taqozo qiladi. Ammo qo‘shni respublikalardagi va mintahamizdagi vaziyat mamlakatimiz suverenitetiga tahdid soluvchi tajovuzkor kuchlardan saqlay oluvchi mustahkam va barqaror xavfsizlik tizimni yaratish zaruriyatini tug‘diradi.

Ma'lumki, jamiyatda barqarorlik, xavfsizlik, millatlar va fuqarolararo totuvligi hamda sarhadlarimiz daxlsiz va yaxlitligini ta'minlash masalalari davlatimiz rahbari tomonidan mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab kun tartibiga qo‘yilgan edi. Lekin 1999 yil 16 fevralda mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtirilgan to‘ntarishga urinish bugun ko‘pgina vazifalarni qayta ko‘rib chiqishni, yangi amaliy yondashuvlarni taqozo etmoqda.

MAVZU: O‘ZBEKISTONDA INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI


Nazorat uchun savollar:

  1. Hozirgi demokratik davlatlar konstitutsiyalarida inson huquqlariga oid qanday muhim qoidalar mustahkamlangan?

  2. Fuqarolik tushunchasi deganda nima nazarda tutiladi?

  3. O‘zbekiston respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lish asoslari qonunda qanday belgilangan?

  4. Shaxsniing aybsizlik prezumpsiyasi o‘zbekiston konstitutsiyasining qaysi moddasida mustahkamlangan va qaysi qonunlar asosida amalga oshirilishi belgilangan?

  5. O‘zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy bilim olish huquqlari o‘zbekiston respublikasining qaysi qonuni asosida amalda mustahkamlangan?

Adabiyotlar:



  1. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. – t.: «o‘zbekiston». 2016.

  2. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga sharhlar. – t.: «o‘zbekiston», 2008.

  3. Karimov i. A. O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. –t.: «o‘zbekiston», 1993.

  4. Karimov i. A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. T. 2. – t.: «o‘zbekiston», 1996.

  5. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. – t., «adolat», 1992.

  6. O‘zbekiston respublikasining «fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuni. 1992 yil, 2 iyul. O‘zbekiston yangi qonunlari. 6-son. – t.: «adolat», 1993.

  7. O‘zbekiston respublikasining «siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonuni. 1996 yil, 26 dekabr. O‘zbekiston yangi qonunlari, 15-son, – t.: «adolat», 1997.

  8. O‘zbekiston respublikasining «vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni. 1998 yil, 1 may. O‘zbekiston yangi qonunlari, 19-son. – t.: «adolat».

1. O‘zbekiston respublikasida shaxsning huquqiy holati tushanchasi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach parlamentimiz tomonidan birinchi bo‘lib ratifikatsiya qilingan xalqaro huquqiy hujjat bu «inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»dir. Bu bejiz emas, albatta. Chunki insonni ulug‘lash, uning xohishi, irodasini kafolatlash orzu umidlarini to‘la ro‘yobga chiqarishni o‘zining bosh maqsadi qilib belgilagan mustaqil davlatimizning etakchi tamoyillarini ana shu muhim xalqaro hujjatga muvofiqlashtirish nazarda tutilgan edi.

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini tayyorlash va qabul qilishda inson huquqlariga oid umuminsoniy oliy qadriyatlar asos qilib olindi. Shuning uchun ham konstitutsiyamiz xalqaro hamjamiyat tomonidan umumbasqariy insonparvarlik va demokratik mezonlarga to‘la javob beradigan hujjat sifatida yakdillik bilan e'tirof etildi. Konstitutsiyamizda inson va fuqarolarga tegishli bo‘lgan bir qancha umuminsoniy huquq va erkinliklarni belgilanishi bilan birga ularning bajarilishini davlat tomonidan kafolatlanishi bu e'tirofga sabablardan biridir. Asosiy qomusimizda belgilangan insonning huquq va erkinliklari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

1) tabiiy huquq va erkinliklar;

2) pozitiv huquq va erkinliklar.



Tabiiy huquq va erkinliklar insonning uzviy, ajralmas huquq va erkinligi bo‘lib, tug‘ilgandan boshlab, vafot etguniga qadar mavjud bo‘ladi.


Tabiiy huquq va erkinliklarga har qanday inson (chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar) hech qanday moneliksiz ega bo‘ladi. Tabiiy huquq va erkinliklar jumlasiga: yashash huquqi, shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqi, fikr va so‘z erkinligi va hokazolar kiradi.


Pozitiv huquq va erkinliklar davlat tomonidan bеliglanadigan huquq va erkinliklar bo‘lib, ularning ko‘lami va chеgarasi davlatning siyosiy tuzumi, ijtimoiy iqtisodiy holatiga qarab bеlgilanadi va o‘zgarishi mumkin.


Pozitiv huquq va erkinliklar jumlasiga ijtimoiy ta'minot olish huquqi, bankda omonat saqlash, bepul bilim olish huquqi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur huquqlar davlat tomonidan o‘rnatilib davlat tomonidan bajarilishi kafolatlanadi. Shuningdek, bir qancha pozitiv huquq va erkinliklar faqatgina davlatning o‘z fuqarolariga beriladi va o‘zga davlat fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun cheklanadi. Bu xalqaro huquqda ham oddiy bir holga aylangan. Masalan, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar:

Ko‘rib turibmizki, fuqarolik shaxs huquqiy holatining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, huquq va erkinliklarga ega bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fuqarolik masalalarini to‘g‘ri tartibga solish maqsadida 1992 yil 2 iyulda «o‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunda fuqarolikka oid bir qancha muhim masalalar berilgan. Qonunda fuqarolikka quyidagicha ta'rif berilgan:

Bunda fuqaro shu davlat tomonidan belgilangan huquq va burchlarni amalga oshiradi, davlat esa fuqaroni har erda va har vaqt himoya qiladi. Mazkur huquqiy aloqadorlik fuqaroning tug‘ilganida yuzaga kelib, uning butun umri davomida saqlanib qoladi.




har qanday boshqa davlatda bo‘lgani kabi respublika aholisi faqat o‘z fuqarolaridangina emas, shu bilan birga respublika hududida vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan ham iboratdir. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati respublikadagi fuqarolarning huquqiy holatidan farq qiladi, lekin shunga qaramay, ular ham davlat bilan jamiyatga nisbatan muayyan huquq va burchlarga egadirlar. Davlat o‘z navbatida, o‘z hududida bo‘lgan

Har qanday kishi, har qanday shaxs huquqlarini muhofaza qiladi, biroq ularga berilgan huquqlar va ular zimmasiga yuklangan burchlar hajmi har xil bo‘lib, bu holat ularning respublika bilan huquqiy aloqalari xarakteriga bog‘liqdir. Faqat respublika fuqarolari huquq va erkinliklaridan to‘la-to‘kis foydalanadilar va belgilangan burchlarini ado etadilar. Qolgan hamma toifadagi shaxslar kamroq xotimdagi huquq va burchlarga egadirlar.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan ayrim burchlar ham soqit qilingan. Masalan, ularga konstitutsiyamizda belgilangan vatanni himoya qilish burchi yuklatilmaydi.

Ularning huquq va erkinliklari har bir davlatning milliy qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi.



Inson huquqlariga doir xalqaro huquqlar sirasiga eng avvalo,1948 yilda «inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini» aytish mumkin. Bu xalqaro hujjatda er yuzidagi har bir shaxsning asosiy huquqlari bayon etilgan. Shuningdek, unda bmt ustavini, inson huquqlarini har jihatdan hurmat qilish barcha hukumatlar va barcha xalqlarning mushtarak burchidir, – degan prinsip o‘z aksini topgan. Bu deklaratsiya buyuk tarixiy ahamiyatga molik hujjat bo‘lib, u jahon davlatlari va hukumatlar pozitsiyalarining nechog‘lik to‘g‘riligini o‘lchab beradigan mezonlardir.



Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan keyin yana uch hujjat, ya'ni, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi 16-dekabr 1966 yildagi xalqaro pakt, 1966 yil 16-dekabrdagi fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi pakt, fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 1966 yil 19 dekabr xalqaro paktga fakultativ protokol qabul qilingan bo‘lib, ular ham inson huquqlarini himoya qilishda etakchi o‘rin egallaydi.

Fuqarolik insonni qaysi davlatda yashashiga to‘liq bog‘liq tushuncha emas, ya'ni shaxs bir davlatning fuqarosi bo‘lib butun umr boshqa bir mamlaktda yashashi ham mumkin. Fuqarolikni qabul qilish va undan chiqish ham bu huquqdir. Lekin fuqarolikni qabul qilishda har bir davlat o‘ziga xos shartlarni belgilagan. Jumladan o‘zbekiston ham. Asosiy qonunimizning 21-moddasida: «o‘zbekiston respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan.

O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganligidan qat’iy nazar, hamma uchun tengdir.

Qoraqalpog‘iston respublikasining fuqarosi ayni vaqtda o‘zbekiston respublikasining fuqarosi hisoblanadi. Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi» deb mustahkamlab qo‘yilgan.

1992 yil 2 iyulda qabul qilingan «o‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunda ana shu shartlar batafsil bayon etilgan. Fuqarolik qonuniga ko‘ra quyidagilar o‘zbekiston respublikasining fuqarolari hisoblanadilar:


  • Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tili, siyosiy qarashlari, dini e'tiqodi, mashg‘ulotining turidan qat’iy nazar, ushbu qonun kuchga kirgan vaqtda (1992 yil 7 iyulda) o‘zbekiston respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari bo‘lmagan hamda o‘zbekiston respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxslar;

  • Davlat yo‘llanmasi bilan o‘zbekiston respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy xizmatni o‘tayotgan yoki o‘qiyotgan shaxslar, agar ular, o‘zbekiston respublikasining hududida tug‘ilgan bo‘lsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan bo‘lsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari bo‘lmasalar va ushbu qonun kuchga kirgandan keyin kechi bilan bir yil ichida o‘zbekiston respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan bo‘lsalar;

  • Ushbu qonunga muvofiq o‘zbekiston respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar.

Ota-onasidan biri bola tug‘ilgan paytdan o‘zbekiston respublikasi fuqarosi bo‘lgan, boshqasi esa fuqaroligi yo‘q shaxs bo‘lgan, yohud noma'lum bo‘lgan taqdirda, bola qaerda tug‘ilgan bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘zbekiston respublikasi fuqarosi hisoblanadi.

Fuqarolikni olishni eng asosiy ko‘rinishi tug‘ilish orqali fuqarolikka qabul qilinish bo‘lib, bu o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:



  1. «qon huquqi» asosida chaqaloqning fuqaroligi ota-onasining fuqaroligi bilan belgilanib, tug‘ilgan joyiga bog‘lanmaydi.

  2. «tuproq huquqi» asosiga ko‘ra, fuqarolik chaqaloqning tug‘ilgan joyidan kelib chiqib, uning ota-onasi fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.

O‘zbekiston respublikasida ham tug‘ilish orqali fuqarolikni olishni «qon huquqi»ga asoslanadi, ya'ni «o‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunining 14-moddasiga binoan tug‘ilgan paytida ota-onasi o‘zbekiston respublikasi fuqarosi bo‘lgan bola, o‘zbekiston respublikasi hududida yohud o‘zbekiston respublikasidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zbekiston respublikasi fuqarosi hisoblanadi.

Fuqaroligi bo‘lmagan, o‘zbekiston respublikasida doimiy istiqomat joyga ega bo‘lgan shaxslarning o‘zbekiston respublikasi hududida tug‘ilgan bolasi o‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.

Ota onasi noma'lum bo‘lgan va o‘zbekiston hududida yashayotgan bola o‘zbekiston respublikasi fuqarosi hisoblanadi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z iltimosnomalariga ko‘ra kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e'tiqodlaridan qat’iy nazar, o‘zbekiston respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin, lekin shu bilan birga o‘zbekiston respublikasi fuqaroligiga kirish uchun qonun tomonidan ayrim shartlar qo‘yilgan bo‘lib ular:



  1. Chet el fuqaroligidan voz kechishi;

  2. So‘ngi 5 yil davomida o‘zbekiston respublikasida doimiy yashaganligini;

  3. Qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi;

  4. O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasini tan olishi va bajarishi shartdir.

Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunda o‘zbekiston respublikasi fuqaroligini yo‘qotish asoslari ham belgilab berilgan. Bunga quyidagilar sabab bo‘ladi:

shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati va boshqaruvning boshqa idoralariga ishga kirganligi aniqlansa;

agar chet elda doimiy yashovchi shaxs 5 yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobida turmagan bo‘lsa;

agar o‘zbekiston respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma'lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa.

Shu sabablarga ko‘ra o‘zbekiston respublikasi prezidenti farmoniga asosan o‘zbekiston

respublikasi fuqaroligiga qabul qilinadi yoki yo‘qotiladi.
2. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari.

Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari respublikamiz konstitutsiyasining 18-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, «o‘zbekiston respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart».

Ushbu qoidaning o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasida yozib qo‘yilishi o‘zbekiston davlat sifatida dunyodagi eng demokratik mamlakatlar darajasiga ko‘taradi. Chunki insonni ulug‘lash, uni kim bo‘lishidan qat'iy nazar qonun olida tengligini ta'minlash hamda uning haq va huquqini qo‘riqlash faqat demokratik davlatlargina xosdir.

Fuqarolarning o‘zbekiston respublikasida bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lishi qoidasi inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi moddalariga to‘la-to‘kis mos keladi. Masalan, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 1-moddasida «barcha odamlar erkin, qadr-qimmat va huquqlarda teng bo‘lib tug‘iladilar. Ular aql va vijdon sohibidirlar va bir-birlariga birodarlarcha muomala qilishlari zarur», - degan so‘zlar bitilgan.

Inson huquq va erkinliklari har bir shaxsga taalluqli bo‘lib, fuqarolarning ba'zi huquq va erkinliklari esa faqat o‘sha davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslargagina tegishlidir.

Har qanday demokratik davlatning asosiy maqsadi insonning ajralmas va tabiiy huquqlarini ta'minlashga qaratiladi. Erkinlik, mulkka egalik qilish, xavfsizlik, zulm-qiynoqlarga solinishiga qarshilik ko‘rsatish shular jumlasidandir.

Huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy ifodalanishi ikki usuli – ijobiy va salbiy usullari mavjud. Ijobiy usul konstitutsiya sub'ektining muayyan huquqqa egaligini belgilaydi yoki ta'kidlaydi. Salbiy usul esa, ijobiy usuldan farqli har qanday sub'ektga o‘zga sub'ektning huquq yoki muayyan erkinligini buzish yoki cheklashni ta'qiqlaydi. Huquq, erkinliklar va burchlarni asosiy guruhlarga ajratish quyidagicha qabul qilingan:



3. Inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari.






Download 3 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Download 3 Mb.