Ishni bajarish tartibi
Tok kuchini o‘lchash
“Katta” toklarni o‘lchash uchun qizil shchupni 10A yozuvi bo‘lgan uyachaga ulash kerak. Ushbu uyacha atrofida quyidagi ogohlantiruvchi yozuv bitilgan: u ushbu oraliq saqlagich bilan ximoya qilinmagani, va o‘lchashlarni atiga 10 sekundda bajarish kerakligi va bundan keyini 15 minut tanaffus qilish kerakligi aytib o‘tilgan. Nima uchun? Bunga to‘g‘ri javob berish uchun oddiygina bo‘lgan batareykani ulanish qismiga e’tibor beramiz. 6.4-rasmda multimetr platasini qismi ko‘rsatilgan.
6.4-rasm. Multimetrni kirish uyachalari.
Rasmda multimetrni uncha katta bo‘lmagan bosma platasi, aynan uchta kiruvchi uyachalari ko‘rsatilgan. YUqorisidagi, aynan 10A dagi tokni o‘lchash uchun, quyidagisi –umumiy, o‘rtadagi uyacha qolgan barcha o‘lchashlar uchun. CHapdagi qalin simli dastak 10 A oraliqni o‘lchovchi shchupni xuddi o‘zi. Simni qalinlig‘i 1,5 mm, bu esa uni 10 A va undan yuqori amperdagi tokni asbob korpusida ogoxlantirilgandek 10 sekund emas, balki etarlicha uzoq ushlab turishiga ishonch hosil qilishga imkon beradi. Gap shundaki, ishlatiladigan o‘lchash shchuplari o‘zini ichida juda ham yuqa bo‘lgan simlarga ega, mana ogoxlantiruvchi yozuv nimaga tegishli.
Biroq mufassal tekshirishlardan keyin ma’lum bo‘lishicha faqat shchuplar gumbirlagan, asbobni o‘zi esa butun va zarar ko‘rmagan: o‘lchash shchupidagi yuqagina sim go‘yoki saqlagich sifatida xizmat qilgan. SHuning uchun, agarda 5...10 A oraliqlardagi toklarni davomiiy kuzatishlar talab qilinsa, oddiy shtatdagi shchuplarni anchagin “mahkam”lariga almashtirish lozim. Byudjet seriyasidagi DT83X multimetrlarda faqat doimiy tokni o‘lchashi mumkin, o‘zgaruvchan toklarni o‘lchash rejimi esa, sodda qilib aytganda ularda mavjud emas. Bunday olib qaraganda, garchi o‘zgaruvchan tokni ancha qimmat modellari albatta o‘lchasada, ular xamisha kerak bo‘lavermaydi. Tok o‘lchashning eng katta oraliklari ko‘p emas kam emas 20A! Ushbu asboblar esa xuddi o‘sha o‘lchash simlari bilan ta’minlangan.
6.4-rasmda tok o‘lchashlari 2000µ, 20m, 200m bo‘lgan oraliqlaridagi multimetrni ximoya qiluvchi eruvchan, oldinda saqlagich (predoxranitel) o‘rnatilgan. Bunga xayron bo‘lmasa ham bo‘ladi, agar ushbu oraliqlarda multimetr o‘lchashni istamasa, darrov orqa qopqoqni ochib oldindan saqlagichni tekshirib ko‘rish zarur.
Rasmni o‘ng tomondagi yuqori burchagida qandaydir oqish doirachani choragi ko‘rinadi. Bu p’ezo nurlantiruvchini bir qismi bo‘lib, qo‘ng‘iroq rejimida chiyillaydi. Aynan shu “jiringlash” haqida sxemadagi “jiringlash” deb ataladi.
|