Asbob va uskunalar: doimiy va o‘zgaruvchan qarshilik rezistorlari, yarimo‘tkazgichlar va turli xildagi tranzistorlar, rezistorlarning tok kuchi, kuchlanishi va qarshilikni o‘lchash uchun AVOmetr va multimetrlar.
Nazariy qism
AVOmetr (ampervoltommetr) yoki multimetr turli diapozonlardagi elektrik parametrlarni (kuchlanish, tok kuchi va qarshilik) o‘lchashlarda universal o‘lchash asbobi bo‘lib xizmat qiladi. Raqamli multimetrning analogidan (mili mavjud) asosiy farqi shundaki, o‘lchash natijalari suyuq kristallik displeyda aks etadi, yana multimetr ancha yuqori aniqlikga ega bo‘lib, milli o‘lchash asboblariga qaraganda foydalanish juda oddiy.
Raqamli DT-830 multimetrni raqamli ko‘rinishi 6.1-rasmda keltirilgan. DT830 turidagi raqamli tester (6.1-rasmga qarang), analogi kabi, qora va qizil bo‘lgan ikkita shchupga hamda o‘lchash uchun uchta uyaga ega. Qora ulanish klemmasi umumiy (massa) hisoblanadi va SOM yoki oddiy, ya’ni manfiy belgilangan uyachaga qo‘yiladi.
Qizilni saloxiyatli "+" chiquvchi deb atashadi va o‘lchash uchun qo‘llaniladi, "VΩmA"simvoli bilan belgilangan uyachaga qo‘yiladi.
DT-830 multimetrni o‘lchash chegaralari:
Doimiy kuchlanish - 200mV - 2000mV - 20V - 200V - 1000V
O‘zgaruvchan kuchlanish - 200V - 750V
Qarshilik – 200 om – 2000om - 20K - 200K – 2000K
Doimiy tok - 200mkA - 2000mkA - 20mA - 200mA
6.1-rasm. Multimetrni umumiy ko‘rinishi.
Multimetr DT830 o‘zgaruvchan kuchlanishni atiga ikkita: 750 va 200 o‘lchash oraliqlari ega, tabiiyki, garchi asboblarla faqat raqamlar yozilsada, bu voltlarda. SHunday qilib agar rozetkada kuchlanishni o‘lchash talab qilinsa 750 oraliq, boshqa holatlarda esa 200 tanlanadi. Bunda shunday nozik vaziyatga e’tibor qaratish lozim: o‘zgaruvchan kuchlanish 50...60 Gs chastotadagi sinusoidal shaklda bo‘lishi kerak, faqat shu holatda o‘lchash aniqligi qabul qilinuvchan bo‘ladi.
Agar o‘lchanadigan kuchlanish to‘g‘ri burchakli yoki uch burchakli shaklga ega bo‘lsa, hamda chastotasi 50 Gs dan hech bo‘lmaganda 1000…10000 Gs bir qancha yuqori bo‘lsa, unda displeyda ko‘rsatkich, albatta, namoyon bo‘ladi, biroq ular nimani bildirishi noma’lum bo‘lib qoladi. Bu erda ishonch bilan aytish mumkinki, o‘zgaruvchan tok mavjud, sxema ishlab turgandek.
|