Xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rsatmasi
1. Qurilma insonni elektr tokidan shikaslanishidan ximoya qilish usuli bo‘yicha GOST 12.2.007-85 ni III-sinfiga kiradi.
2.Tarmoqda qurilma yoqilgan holatda stend va ta’minlovchi blok qopqog‘ini echish ta’qiqlanadi.
3. Qurilmada ishlashda stendni elektr tokiga va quyi platformani stend bilan bog‘lovchi kabel birikish joylarida qattiq maxkamlanishi shart.
4. Qurilmani albatta erga ulanishi lozim (zazemlenie).
Ishni bajarish tartibi
1. Laboratoriya stendi kuchlanishi 220V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda ishlaydi. Ishni xavfsizligi uchun va texnika xavfsizligiga muvofiq stendni erga tutashtirish (zazemlenie) qilish lozim.
2. Bajariladigan ishlarga dastavval nazariy tayyorgarlik ko‘rish kerak, tadqiq qilinadigan sxemani chizish va o‘rganish lozim, mohiyatni tushunish, o‘rganilayotgan yarimo‘tkazgich elementi haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish shart.
3. Termostat haroratini xona xaroratidan past darajada, taxminan 20-25 gradusda o‘rnatish lozim, bundan maqsad qurilmani ulashda qizdirish elementini ishga tushib ketishini oldini olishdan iborat.
4.Qurilma ta’minotini «Vkl» tumbleri yordamida yoqish kerak.
5. Asbobni dastlabki ko‘rsatkichini 5.1-jadvalga yozing.
5.1-jadval
Laboratoriya ishidagi o‘lchashlarni natijalari
6. Termostat haroratini xona xaroratidan boshlab maksimal xaroratgacha oshirib borishdagi solishtirma qarshilik qiymatlarini kursatishlarini yozib oling va haroratni pasayib borishida solishtirma qarshilik qiymatlarini yozib oling.
7. Asbobni barcha ma’lumotlarini yozing va yarimo‘tkazgich qarshiligining element haroratiga bog‘liqligi grafigini chizing.
8. O‘lchash natijalarini «T» va «R»regulyatorlar yordamida registratorga kiriting.
9. «T» regulyatorlar yordamida termometr ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar o‘rnatiladi, «R» yordamida esa ommetr ko‘rsatkichining qiymatlari belgilanadi.
10. Ma’lumotlar kiritilgandan keyin, registratordagi tugma bosiladi va ma’lumotlar kompyuter bazasiga kiritiladi.
|