Laboratoriya qurilmasining tuzilishi




Download 10,61 Mb.
bet34/64
Sana23.07.2021
Hajmi10,61 Mb.
#15862
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Laboratoriya qurilmasining tuzilishi

Yarimo‘tkazgichlar qarshiligini haroratga bog‘liqligini o‘rganish bo‘yicha qurilmaning umumiy ko‘rinishi 5.5-rasmda va prinsipial sxemasi esa 5.6-rasmda keltirilgan. Sxemadan ko‘rib turibdiki, tarmoqdan kuchlanish parallel ravishda termostatga va saqlagich orqali AC/DC konvertor hamda «on/of» tumblerga kelib tushadi. Termostat qizdirish kamerasi ichida berilgan haroratni ushlab turish uchun zarur. Termostatni termodatchigi kamera ichida tadqiq etilayotgan yarimo‘tkazgich element bilan birga jips xolda joylashgan ( kameraga germaniyli diod D405 o‘rnatilgan). Kamera o‘rnatilgan spirallar yordamida qiziydi, va kamera ichida doimiy haroratni ta’minlab beradi. Diodni uchlari biriktiruvchi sim bilan qarshilikni o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobiga ulangan. Kerak bo‘lgan haroratni termostatning mexanik indikatorini yuqoridagi va pastdagi «+» va «-» tugmalarini bosish yo‘li bilan o‘rnatiladi. O‘rnatilgan haroratga erishgach, termostat qizdiruvchini ta’minlovchi zanjirdan avtomatik ravishda uzadi. Termostat taxminan 3-4 darajada bo‘lgan gisterezis haroratga ega. Kamera ichidagi harorat termostatni raqamli tablosida indeksatsiya qilinadi.



Qizdiruvchi uchun ta’minot manbai, konvertor chiqishi orqali amalga oshiriladi. Konvertor doimiy kuchlanish +12 V ni ishlab beradi. Bundan tashqari konvertor chiqishida asbob parametrlarini registratoriga doimiy tok signali berish uchun va asbob ko‘rsatkichini uzatish uchun doimiy tok signalini yaratuvchi regulyator uchun kuchlanish olib tashlanadi.

5.5-rasm.Laboratorya qurilmasini umumuiy ko‘rinishi.



5.6-rasm. Qurilmaning prinsipial sxemasi.

Laboratoriya qurilmasi to‘plangan axborotlarni kompyuterning ma’lumotlar bazasiga kiritishga imkon beradi. Buning uchun, o‘lchashlar tugagandan so‘ng barcha ma’lumotlar “T” harorat va “R” qarshilik dastaklari yordamida registratorga kiritiladi. Bundan keyin esa, registratordagi tugmani bosish kerak va barcha ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi.


Download 10,61 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Download 10,61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya qurilmasining tuzilishi

Download 10,61 Mb.