• Taqrizchilar
  • Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi




    Download 10.61 Mb.
    bet2/64
    Sana23.07.2021
    Hajmi10.61 Mb.
    #15862
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
    METROLOGIYA VA STANDARTIZATSIYA
    fanidan laboratoriya mashg’ulotlari uchun

    o’quv-uslubiy qo’llanma

    (1-qism)

    Toshkent - 2018

    Tuzuvchi:





    S. Yo. Inog’omov

    – Fizika, matematika va axborot texnologiyalari

    kafedrasi dosenti, t.f.d.



    Taqrizchilar:





    S.F.Amirov

    – TTYMI Elektrotexnika asoslari kafedrasining mudiri, t.f.d., prof.

    F.X.Tuxtaev

    – Biotexnologiya kafedrasining katta oqituvchisi, f. f. n.


    Umumiy o’quv soati: - 94 s.

    Jumladan, ma’ruzalar: - 28 s.

    Laboratoriya mashg’ulotlari: - 28 s.

    Mustaqil ta’lim soatlari: - 38 s.

    O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent farmatsevtika institutining Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
    Bayonnoma № ___ «_____________» 2018 y.
    O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent farmatsevtika institutining Sanoat farmasiyasi fakulteti soha –uslubiy kengashi majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
    Bayonnoma № ___ «_____________» 2018 y.
    O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent farmatsevtika institutining Markaziy uslubiy kengashi majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
    Bayonnoma № ___ «_____________» 2018 y.

    O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent farmatsevtika institute Ilmiy kengashida tasdiqlangan.


    Bayonnoma № ___ «_____________» 2018 y.
    Ilmiy kotib, prof. V.R. Haydarov

    SO‘Z BOSHI
    Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal rivojlanishi muhandis – texnolog hodimlarning nihoyatda yuksak bilim darajasiga ega bo‘lshini talab qilmoqda. Bu esa oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash usul-uslubini muttasil takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bunda muhandis - texnologlar uchun o‘qitiladigan metrologiya fanining ahamiyati juda katta. Metrologiya bu o‘lchash, usul vositalar birligi ta’minoti va kerakli aniqlikka etkazish imkoniyatini belgilovchi fan bo‘lib, zamonaviy ilm sohalarida asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.

    Metrologiya fanining maqsadi – injener - texnolog mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun metrologik ta’minot, elektrik va noelektrik metrologik parametrlarni standartlashtirish asoslarini o‘zlashtirish, o‘lchov hamda ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan o‘lchov- asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo‘jaligining turli soxalarida, sanoatda, texnikada, iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab chiqarishda nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida etarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.

    Metrologiya fanini o‘qitishning asosiy maqsad va vazifalariga nimalar kiradi:

    - o‘lchashning nazariy asoslari bo‘lgan metrologiya fanini o‘rganish;

    - o‘lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o‘rganish;

    - universal o‘lchash usuli bo‘lgan elektr o‘lchashlarni nazariy asoslarni o‘rganish va mukammal bilib olish;

    - metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo‘lgan standartni o‘rganish;

    - baholash usullari hamda vositalarini o‘rganuvchi metrologiyani tarkibiy qismi haqida umumiy ma’lumotlarni bilish;

    - elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o‘lchash vositalarini tanlash;

    - o‘lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig‘ish va xatoliklarini aniqlashni bilish

    Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga, ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat:


    • talabalar fanni o‘rganishi natijasida elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o‘lchash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak;

    - metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning huquqiy va me’yoriy nizomlarini, Davlat standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari shart.

    - o‘lchash usullari, qurilmalari, elektr o‘lchash asboblarining o‘lchash sxemalari, texnik tavsiflari, qo‘llanilish soxalari va o‘lchash texnika xavfsizligi qoidalarini bilishlari kerak.

    - asosiy fizik kattaliklar o‘lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini bilishlari kerak.

    - har bir talaba o‘lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o‘lchash uchun asboblarni tanlay olishlari, elektr o‘lchash asboblarini ulashni va o‘lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak.

    O‘quv qo‘llanma bilan tanishib chiqib, qimmatli maslahatlari bilan uning sifati va mazmunini yaxshilashga o‘z xissalarini qo‘shgan Toshkent Temir yo‘l muxandislari institutining “Temir yo‘llari elektr ta’minoti ” kafedrasining mudiri, texnika fanlari doktori, professor S. Amirovga, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasining mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent K.A. Axundjanovga va Toshkent farmatsevtika instituti Biotexnologiya kafedrasining dotsenti, farmatsevtika fanlari nomzodi F.X. To‘xtaevlarga muallif o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi.

    Shubhasiz, o‘quv qo‘llanma ba’zi bir kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi mumkin. O‘quv qo‘llanmaning yutuqlari va kamchiliklari haqidagi o‘z fikr-mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuborishingizni so‘raymiz: E-mail: sabitjan1957@mail.ru.



    O‘quv qo‘llanma haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini yozib yuborgan kitobxonlarga muallif oldindan o‘z minnatdorchiligini bildiradi.



    Download 10.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 10.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

    Download 10.61 Mb.