Muallif METROLOGIYA FANI BO‘YICHA LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TAJRIBA O‘TKAZISH TARTIBI VA HISOBOT TUZISH




Download 10.61 Mb.
bet3/64
Sana23.07.2021
Hajmi10.61 Mb.
#15862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Muallif

METROLOGIYA FANI BO‘YICHA LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TAJRIBA O‘TKAZISH TARTIBI VA HISOBOT TUZISH

I. Metrologiya predmeti bo‘yicha laboratoriya ishini bajarish uchun talabalar guruhi har biri ikki yoki uch kishidan iborat bo‘lgan brigadalarga ajratiladi.

2. Har bir brigada ikki akademik soatda bitta laboratoriya ishini bajaradi.

3. Laboratoriya ishiga kirishishdan avval, brigada, oldindan uni mazmuni bilan tanishishi lozim. Ishga taalluqli bo‘lgan nazariy materiallarni qaytarib va o‘rganib chiqishi kerak; ishning maqsadi va vazifalarini oydinlashtirish, o‘lchashlarni aniqligiga lozim bo‘lgan aniqlik beruvchi va tok va kuchlanishni boshqarishni ta’minlovchi boshqarish qurilmasi apparaturani tanlashning loyixasini tuzishi zarur.

  1. Ishni bajarishga tayyorlanmagan talabalar laboratoriyaga qo‘yilmaydi.

  2. Tajribaga kirisha borib, stendda o‘lchash apparatlarini va boshqaruv qurilmalarini shunday joylashtirish kerakki, sxema juda sodda va ko‘rgazmali bo‘lsin: magnit yoki elektr maydonlarni asbobga ta’sirini yo‘qotish imkoniyati bo‘lishi uchun tok, kuchlanishlar qulay boshqarilishi kerak.

  1. Sxemani yig‘ishda, avval ketma-ketlikdagi zanjirni manbaini bir qisqichidan boshlab - boshqasida tugatish bilan, keyin esa zanjirga parallel ravishda biriktirish lozim. Sxema yig‘ilganda, barcha qisqichlarni jipsligiga, reostatlarni dvijoklarini va boshqa boshqarish qurilmalarini o‘rnatilishini to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish kerak, asbob shkalasida strelkalarni nol xolatini tekshirish zarur va faqat rahbarni ruxsati bilangina sxema ulanadi.

  2. Sxemani ulagan talaba, bu haqida brigadani boshqa a’zolarini ogohlantirishi kerak hamda ampermetr va boshqa o‘lchash asboblarini holatini diqqat bilan kuzatadi. Agar rubilnikni yoqishda ampermetrni ko‘rsatkichi keskin ko‘tarilib ketsa, bu zanjirda yo‘l qo‘yilmaydigan katta tok haqida guvohlik beradi, tezda rubilnikni o‘chiriladi va bu haqda rahbarni yoki laborantni ogohlantiradi.

  3. Asbob ko‘rsatkichlarini yozmagan holda, tokni ulagandan keyin sxemada lozim bo‘lgan sozlashtirishni o‘tkazishi lozim va kerakli ish rejimini olishga ishonch hosil qilgach, o‘lchashlarga kirishiladi.

9. O‘lchash vaqtida asboblar bo‘yicha sanoq olishni juda diqqat bilan o‘tkazish zarur, va tezda, xech qanday hisoblashlarsiz, ularni ko‘rsatkichlarni (shkala bo‘linmalaridagi) avvaldan tayyorlangan jalvalni grafalariga yoziladi.

10. Sxemadagi murakkab yoqib-o‘chirgichlarda, u yoqilishidan oldin yana rahbar tomonidan tekshiriladi.

11. Talabalarga rahbarni yoki laborantni ruxsatisiz simlarni qirqish, asboblarni ochish yoki ularni va boshqa predmetlarni bitta stenddan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish ta’qiqlanadi.

12. Asbobni yoki boshqaruvchi qurilmani buzilish xolatlari bo‘lib qolsa talaba tezda bu haqda rahbarga yoki laborantga ma’lum qilishi shart.

13. Tajriba yakunida hisoblashlar amalga oshiriladi, qo‘lda chizmalar chiziladi, keyin tajriba ma’lumotlari va hisoblash materiallari rahbarga ko‘rsatiladi. Qoralama hisoblashlar imzolangandan so‘ng sxemani bitta-bittadan ajratib olinadi va ish joyini saranjomlab qo‘yiladi.

14. Qoralama yozuvlar ma’lumotlari bo‘yicha laboratoriya ishlarini daftariga keyingi mashg‘ulotgacha, chizma asboblarni qo‘llash bilan, siyoxda batartib ravishda ish haqida hisobot rasmiylashtiriladi. Ehtiyotsizlik bilan bajarilgan hisobotlar rahbarlar tomonidan tekshirilmasdan qaytarib beriladi, bunday ishlarni qayta bajarishga to‘g‘ri keladi.

15. Hisobot tarkibi quyidagi bandlardan iborat bo‘lishi lozim:

  1. Laboratoriya ishining raqami, nomi;

  2. apparaturalar ro‘yhati va uni texnik ma’lumotlari;

  3. ishning qisqacha bayoni;

  4. biriktirish sxemalari;

  1. tajriba va hisoblash ma’lumotlari berilgan jadval (eslatmada esa “doimiy” asboblar yoziladi);

  2. hisoblash olib borilgan formulalar;

  3. o‘lchamlari 10x10 sm bo‘lgan 8 ta chizmani egri chiziqlari (chizmalar millimetrli qog‘ozda yoki masshtablangan to‘rli qog‘ozda bo‘lishi kerak).

Koordinata o‘qlariga o‘lchash birliklari albatta ko‘rsatiladigan kattaliklarni nomi so‘zlar bilan yoziladi. CHizmalar ostiga qurilgan egri chiziqlarni nomi beriladi, unda eksperement va hisoblash natijalarida olingan nuqtalar albatta ko‘rsatiladi.

  1. hisobotda o‘quv qo‘llanmasidan yoki maxsus adabiyotlardan nazariy materiallarni jalb qilgan holda, bajarilgan eksperimentlar bayon etilishi lozim.

  2. Ish haqida xulosa.

16. Talabani familiyasi, ismi-sharifi, talaba guruhini raqamlari keltirilgan laboratoriya daftari, laboratoriyaga keyingi tashrifda rahbarga tekshirish uchun topshiriladi, va talaba navbatdagi ishni bajargandan so‘ng qaytarib beriladi.

17) Avvalgi ishlar haqida hisobot topshirmagan talabalar, keyingi mashg‘ulotlarni bajarish uchun qo‘yilmaydi; o‘tkazib yuborilgan laboratoriya mashg‘ulotlari talabalar tomonidan laboratoriya praktikumini o‘tib bo‘lgandan so‘ng, qo‘shimcha vaqtda bajariladi.

18. Laboratroiyadagi boshqa stendlar oldida bo‘lish, shitlarda qandaydir yoqib-o‘chirgichlarni ishlatish, rubilnikni yoqish ta’qiqlanadi.

19. Laboratoriyada ustki kiyim-boshda bo‘lish, chekish, qattiq ovozda so‘zlashish qati’yan ma’n etiladi.

20. Laboratoriyaga kelgan barcha talabalar texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishishlari va ularni qat’iy bajarishlarga majburdirlar.

21. Qoidani buzgan talabalar laboratoriyadan chiqarib yuboriladi.

KIRISH

Dunyo tarixi davomida insonlar uchun turli narsalarni o‘lchash, maxsulotlarni tortib ko‘rish, vaqtni hisobga olish kabi ishlarini bajarishga to‘g‘ri kelgan. Ushbu maqsadlarda hajm, og‘irlik, uzunlik, vaqt va shularga o‘xshash kattaliklar o’lchangan va hisoblab borilgan. Bunday o‘lchash ma’lumotlari bizni o‘rab turgan dunyoning miqdoriy bo‘lgan tavsiflarini o‘zlashtirishga yordam beradi, shu bilan birga insoniyatning umumiy taraqqiyotida muhim axamiyat kasb etadi. Bugungi kunda xalq xo‘jaligini xech bir tarmog‘i o‘zini o‘lchash tizimini qo‘llamasdan turib to‘g‘ri va maxsuldor faoliyat ko‘rsata olmaydi. Aynan ana shu o‘lchashlar yordamida turli texnologik jarayonlarni shakllantirish va boshqarish amalga oshiriladi, shuningdek chiqariladigan maxsulotni sifati nazorat qilinadi. Bunday o‘lchashlar ilmiy-texnika yuksalishi jarayonidagi turli iste’molchilar uchun: material resurslarni hisobga olish va rejalashtirish uchun ham, ichki va tashqi bozor extiyojlari uchun ham, chiqarilayotgan maxsulotlar sifatini tekshirishda ham, hamda istalgan faoliyatdagi inson mehnatini himoya qilish darajasini oshirish uchun ham kerak.

Tabiiy hodisalarni va moddiy dunyo mahsulotlarini turli-tumanligiga qaramay, ularni o‘lchashni bajarish uchun o‘lchashning turli-tuman tizimlari mavjud. Ular olingan kattaliklarni boshqalari bilan, ya’ni qachonlardir birlik sifatida olingan unga o‘xshashlar bilan taqqoslashga asoslangan. Bunday yondashuvlarda fizik kattaliklar, uning birligi uchun qabul qilingan ba’zi bir sonlar sifatida baholanadi yoki boshqacha aytganda, shu xolatda uni qiymatlari olinadi.

Bunga o‘xshash, o‘lchov birliklarini tizimlashtiruvchi va o‘rganuvchi alohida fan – metrologiya fani amal qiladi. Qoidaga ko‘ra, metrologiya deganda o‘lchashlar haqidagi, ularning yagonalik prinsiplariga rioya qilishga yordam beruvchi mavjud vositalar va uslublar to‘g‘risidagi, shuningdek talab qilinadigan aniqlikga erishish haqidagi fan tushuniladi.

Metrologiya grekcha «metron» – o‘lchash va «logos» -ta’limot so‘zlaridan olingan bo‘lib asosan - o‘lchashlar, ularni yagonaligiga erishish usulari va talab qilinadigan aniqliklar haqidagi fan ekanligini anglatadi. Metrologiyaning suronli bo‘lgan rivojlanishlari XX asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. U yangi texnologiyaning taraqqiy etishlari bilan chambarchas bog‘iqdir. Ushbu fanni yaratilishida D. I. Mendeleevni alohida ishtirokini ta’kidlash lozim. Rossiya fanini aynan ushbu sohasida rahbarlik qilgan paytida, unga 1892 dan 1907 yilgacha metrologiya bilan qattiq shug‘ullanishga to‘g‘ri kelgan. Bu vaqtda metrologiya fani o’zining rivojlanish davrini boshdan kechirgan. Metrologiya fani quyidagilarni o‘rganadi:

- asosiy fizik kattaliklar, ya’ni uzunlik, massa, hajm, vaqt, sarf-xarajatlar va quvvat qiymatlarini hisobga olish bo‘yicha usullar va vositalar;

- fizik kattaliklarni va texnik parametrlarni, shuningdek mahsulotni miqdorini aniqlash yoki o‘lchash;

-  texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish uchun o‘lchashlarni olib borish.





Download 10.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Download 10.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muallif METROLOGIYA FANI BO‘YICHA LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TAJRIBA O‘TKAZISH TARTIBI VA HISOBOT TUZISH

Download 10.61 Mb.