• - o‘lchash vositalarini kalibrovkalash (aniq bir o‘lchamga keltirish)
  • Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi




    Download 10.61 Mb.
    bet7/64
    Sana23.07.2021
    Hajmi10.61 Mb.
    #15862
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
    - metrologik xizmat– o‘lchashni bir xilligi va bir turdaligini ta’minlashga yo‘naltirilgan, ish turlarining qat’iy belgilanishini nazoratlovchi boshqaruv sub’ekti.

    - o‘lchash vositalarini tekshirish– davlat metroligik xizmatining ob’ektlari tomonidan bajariladigan GOST texnik talablariga ko‘ra o‘rnatilgan SI (xalqaro birliklar sistemasi)ga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadidagi chora-tadbirlar majmuasi.

    - o‘lchash vositalarini kalibrovkalash (aniq bir o‘lchamga keltirish) – davlat nazorati va metrologik tekshiruvlari majburiy bo‘lmagan, metrologik tavsifining amaldagi qiymatlarini va (yoki) SI da foydalanishga yaroqliligini tasdiqlash va aniqlash uchun bajariladigan, qabul qilingan chora-tadbirlar majmuasi.

    Metrologiya fani va predmetini to‘g‘ri tushunish uchun juda muhim omil bo‘lib unda foydalaniladigan atama va tushunchalar xizmat qiladi. Aytish lozimki, ularni to‘g‘ri ifoda etish va izohlash birinchi darajali axamiyatga ega, chunki har bir insonni idroki induvidual o‘ziga xos bo‘lib, ko‘pgina umumqabul qilingan atamalar, tushunchalar va ta’riflarni u o‘zini hayotiy tajribalaridan foydalanib va o‘zini hayotiy fikrlashlari bo‘yicha izoxlaydi. Metrologiya uchun esa atamalarni bir xil ma’noda, barchaga etkazish muhim axamiyat kasb etadi, chunki bunday yondashuvlar u yoki bu hayotiy voqelikni qulay tarzda va to‘liq tushunishga imkon beradi. Buning uchun esa, atamalarga davlat mavqeida tasdiqlangan maxsus standart yaratilgan.

    Bugungi kunda, Rossiya o‘zida dunyo iqtisodiy tizimning bir qismini o‘zlashtirganligi tufayli, u erda doimiy ravishda, atamalar va tushunchalarni bir shaklga keltirish ishlari olib borilmoqda. Shak-shubhasiz bu yuqori rivojlangan xorijiy mamlakatlar va raqobatchilar bilan o‘zaro manfaatdorlikdagi hamkorlik jarayonlarni engillashtirishga yordam beradi. Shunday qilib, metrologiyada quyidagi kattaliklar va ularni ta’riflari beriladi:

    1. fizik kattalik- katta miqdordagi fizik ob’ektlarni sifatiga nisbatan umumiy bo‘lgan, biroq miqdoriy ifodalanishda - har biri uchun indivudual xossalarni taqdim etadi;

    2.fizik kattaliklar birliklari - sharoitlari bo‘yicha yagona birlikga teng bo‘lgan, raqamli qiymati berilgan fizik kattalik tushuniladi;

    3. fizik kattaliklarni o‘lchash - o‘lchash vositalari yordamida fizik ob’ektning miqdoriy va sifatiy baholash nazarda tutiladi;

    4. o‘chash vositalari – me’yorlashtirilgan metrologik tavsiflarga ega bo‘lgan texnik vositalarni taqdim etadi. Ularga o‘lchash asboblari, o‘lchash tizimlari, o‘lchovchi qayta hosil qiluvchi, o‘lchovchi tizimlarni birgalikdagi jamlanmalari kiradi;

    5. o‘lchash asbobi -  kuzatuvchining e’tibori uchun tushunarli bo‘lgan shakldagi axborot signalini ishlab chiquvchi o‘lchash vositalarini taqdim etadi;

    6. o‘lchov –o‘lchash vositalari kabi, berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni barpo etuvchi me’zon. Masalan, agar asbob o‘lchash vositasi sifatida attestatsiya qilingan bo‘lsa, uning raqamlangan belgili shkalasi o‘lchov me’zoni bo‘lib hisoblanadi;

    7.  o‘lchash tizimi – bitta yoki bir necha funksiyalarni bajarish uchun bir-biri bilan ma’lumotlarni uzatuvchi kanallar bilan birlashtirilgan, o‘lchash vositalarini jamlanmasi sifatida qabul qilingan tizim;

    8. o‘lchashlarni qayd qiluvchi moslama –o‘lchash vositalari kabi, axborot o‘lchash signalini qabul qilish, saqlash, ko‘rish va aloqa kanallarida translyasiya qilish uchun qulay shaklga keltiradi, ammo bevosita qabul qilishga yo‘l qo‘ymaydi;

    9. o‘lchashlar tayanadigan fizik xodisalarga asoslangan o‘lchash prinsiplari;

    10. o‘lchash usuli – o‘lchashlarni texnik vositalaridan foydalangan xolda olib borish uslublari va prinsiplari yig‘indisi;

    11. usullar va qoidalar jamlanmasi asosida o‘lchash metodikalari–metrologik ilmiy-tadqiqotlar tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan, qonunchilik tartibida tasdiqlangan metodlar.

    «Metrologiya va standartlashtirish» o’quv qo’llanmada elektr o’lchamlar bo'yicha labora­toriya ishlari, fanning nazariy asoslaridan qisqacha ma’lumotlar, har bir laboratoriya ishlarini bajarish uchun tushuntirish hamda ko'rsatmalar keltirilgan. Har bir laboratoriya ishining bayonida ishlarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar, hisobotni tayyorlash, mustaqil tayyorlanish uchun savollar, adabiyotlar ro'yxati, la­boratoriya qurilmasi va asboblarning tuzilishi, mustaqil ishlarga doir ma’lumotlar keltirilgan. Talabalar bajaradigan labora­toriya ishlari ikki qismga ajratilgan bo’lib, birinchi qismda o’lchash asboblarini (ampermetr, voltmetr va boshqalar) qiyoslash bo’yicha laboratoriya ishlari keltirilgan. Ikkinchi qismda esa oziq-ovqat va dori vositalarini standartlash uchun ishlatiladigan qurilmalarni (analitik tarozi, spektrofotometr, pH-metr, konduktometr va xokazolar) qiyoslash bilan bog’liq bo’lgan laboratoriya ishlari keltirilgan. Nazariy bilimlarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun elektr o’lchash asboblari va ularning sxemalari keltirilgan.

    Birinchi dars talabalarni texnika xavfsizligi, laboratoriyadagi qurilmalarning tuzilishi, kerakli o'lchov asboblari va uskunalar bilan tanishtirishga bag'ishlanadi. Keyingi darslarda laboratoriya ishlari oldindan berib yuboriladi va talabalarning laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorlanganligi o'qituvchi tomonidan so'rab aniqlanadi. O'tilishi kerak bo'lgan laboratoriya ishiga talabalar oldindan tay- yorlanib kelishlari shart.

    O’quv qo’llanmada keltirilgan laboratoriya ishlarini bajarib, natijalari olinib, jadvallarni to’ldirib tayyorlagandan so'ng, dastlabki hisoblarni bajarishni masalalar yechimini elektron mikrokalkulyatorda bajarish mumkin. Grafiklar va chizmalar GOST bo'yicha bajarilishi shart. Grafiklarni millimetrli qog'ozlarga har xil rangli raqamlar yoki flamasterlar bilan chizish maqsadga muvofiqdir.



    Download 10.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




    Download 10.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

    Download 10.61 Mb.