Magnitoelektrik tizimdagi o‘lchash asboblari




Download 10.61 Mb.
bet10/64
Sana23.07.2021
Hajmi10.61 Mb.
#15862
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Magnitoelektrik tizimdagi o‘lchash asboblari

Magnitoelektrik tizimdagi elektr o‘lchash asboblari doimiy magnit qutblari tomonidan hosil qilinadigan hamda harakatlanuvchi ramkadan (g‘altakning) oqib o‘tayotgan tok hosil qiladigan magnit maydonlarining o‘zaro ta’sirlashishi pinsipiga asoslangan (1.1-rasm).




1.1-rasm. Magnitoelektrik tizimli o‘lchash

asbobining mexanizmi
to‘g‘ri burchakli shakldagi 2 engil alyumin ramkasi olinadi, unga ingichka simdan tayyorlangan g‘altak o‘raladi. Ramkaga ikkita yarim o‘qlar maxkamlangan bo‘lib, ularga yana asbob mili 4 maxkamlangan. O‘q ikkita yuqa spiral prujinada 3 ushlab turiladi. Tok bo‘lmaganda ramani muvozanat xolatiga qaytaruvchi purjinani egiklik kuchi shunday tanlab olinadiki, u muvozanat xolatdan milni og‘ish burchagiga proporsianal bo‘lsin. G‘altakni yassi slindr shakldagi uchliklari bo‘lgan doimiy magnit M qutblari orasiga joylashtiriladi. G‘altak ichiga yumshoq temirdan 1 silindr joylashtiriladi. Bunday konstruksiya magnit induksiyasi chizig‘ini g‘altak kalavalari joylashgan oblastda radial yo‘nalishlarini ta’minlaydi.

O‘zaro ta’sirlashish natijasida F1va F2 elektr magnit kuchlari vujudga keladi (1.2-rasm).



1.2-rasm. Tok va magnit maydonining o‘zaro ta’sirlashishi.


F1 va F2 kuchlari o‘lchanayotgan tok kattaliklariga bog‘liq:

unda, — magnit induksiyasi;

I -tok kuchi

l – ramkaga o‘ralgan simning uzunligi.

Ushbu kuchlar aylantiruvchi moment Mayl ni hosil qiladi va u magnit maydonida ramkani ma’lum bir burchakga og‘diradi. Rama burilishiga ramka o‘qiga maxkamlangan spiral prujinaning teskari momenti Mtes qarama-qarshiharakat qiladi. Qarama-qarshi ta’sir etuvchi teskari moment ramka burilishlarining burchagi qiymatini ortib borishi bilan chiziqli oshib boradi. Mayl = Mtes momentlarni tengligi o‘lchanayotgan tokning ma’lum bir kattaligida vujudga keladi. SHunday qilib, ramka burilishini burchagi ham, bunga asosan, asbob shkalasi bo‘yicha ko‘rsatkich milini og‘ishlari ham, o‘lchanayotgan tok kattaliklariga bog‘liq bo‘ladi.

Magnitoelektrik tizimli o‘lchash asboblaridan ampermetrlar va voltmetrlar sifatida foydalaniladi va bunday tizimdagi o‘lchash asboblari doimiy tok qiymatlarini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Magni­toelektrik tizimli o‘lchash asboblarining shartli belgisi ko‘rinishga ega va asbob shkalasida ifoda etiladi.

Bunday asboblarni asosiy yutuqlari bo‘lib quyidagilar: shkalani teng o‘lchamliligi; tashqi magnit maydonni kam ta’sir etishi; yuqori sezuvchanligi, energiyani kam talab etishi, katta aniqligi xizmat qiladi. Kamchiliklari : faqat doimiy toklarni va kuchlarni o‘lchashga yaroqliligi; konstruksiyasini murakkabligi sanaladi.



Download 10.61 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Download 10.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magnitoelektrik tizimdagi o‘lchash asboblari

Download 10.61 Mb.