Elektrodinamik tizimdagi o‘lchash asboblari




Download 10.61 Mb.
bet11/64
Sana23.07.2021
Hajmi10.61 Mb.
#15862
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Elektrodinamik tizimdagi o‘lchash asboblari

Elektrodinamik tizimdagi o‘lchash asboblari asboblar o‘lchanadigan tok va ikkita g‘altakdagi magnit maydonlarini o‘zaro ta’sirlashuvlari prinsipiga asoslangan.



Ushbu tizimning o‘lchash mexanizmlari (1.3-rasm) harakatlanmaydigan B va harakatlanuvchi V g‘altaklardan tarkib topgan.

1.3-rasm. Elektrdinamik tizimidagi o‘lchash

mexanizmining qurilmasi.
Agar g‘altaklar bo‘yicha toklar o‘tsa, unda g‘altaklarni magnit maydonlari orasida o‘zaro ta’sir kuchi vujudga keladi. Bu kuch aylanuvchi xolatni yaratadi, ushbu xolat V xarakatdagi g‘altakni g‘altaklarning magnit maydonidagi energiyasini eng katta bo‘lishini ta’minlovchi darjada o‘rnatishga intiladi. Bunga shunday xolatda erishiladiki, agar xarakatdagi g‘altak tekisligi orqali maksimal magnit oqimi o‘tsa va ikkala g‘altak magnit maydonlarining yo‘nalishlari ular ichida mos tushsa.

Xarakatlanuvchi g‘altakning burilish burchagi, B va V g‘altaklar bo‘ylab oqib o‘tuvchi tok hosil qiluvchiga proporsionaldir



Bunda k —g‘altak kalavalarisoni va ularni o‘zaro joylashishlariga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient.

Elektrdinamik asboblardagi g‘altaklar, ularni mo‘ljallanishlariga qarab ketma-ket va parallel xolda ulanadi.

Ketma-ket ulashda (1.4-rasm) g‘altaklar bo‘ylab bitta o‘sha o‘lchanadigan tok o‘tadi. Binobarin, o‘lchash mexanizmining xarakatlanuvchi qismini burilish burchagi



bo‘ladi

SHuning uchun bunday tizimdagi ampermetrlarni shkalasi kvadratik ko‘rinishda bo‘ladi.



1.4-rasm. Asbobni ampermetr sifatida qo‘shish.


Agar elektrodinamik asbobdan vattmetr sifatida foydalanilsa (1.5-rasm) unda asbobning harakatlanmaydigan g‘altagi ketma-ketlikda iste’molchi (tokli g‘altak) bilan ulanadi va u orqali iste’molchini barcha toki I o‘tadi. Xarakatlanuvchi g‘altak (kuchlanish g‘altagi), parallel ravishda iste’molchiga qo‘shib ulanadi. Ushbu g‘altak bo‘ylab iste’molchiga qo‘yilgan kuchlanishga proporsional bo‘lgan tok oqib o‘tadi

bunda,—xarakatlanuvchi g‘altakning qarshiligi



1.5-rasm. Asbobni vattmetr sifatida ulash


SHunday qilib, o‘lchash mehanizmining harakatlanuvchi qismi burilish burchagi

bunda —proporsionallik koeffitsienti. Bundan kelib chiqadiki, burilish burchagi quvvatga poporsional, hamda elektrodinamik voltmetr shkala – bir tekisda.

Asbobning afzalliklari bo‘lib, doimiy va o‘zgaruvchan toklarni, kuchlanish va quvvatlarni o‘lchash imkoniyatlarining mavjudligi, aniqlikning yuqori darajadaligi xizmat qiladi.

Kamchiliklari: ko‘rsatkichlarni tashqi magnit maydonlarga bog‘liqligi, qayta yuklanishlarga sezuvchanligi, konstruksiyasini murakkabligi, xatoliklarini o‘lchanadigan o‘zgaruvchan tokning chastotasi o‘sib borishi bilan, ko‘payib borishi sanaladi.




Download 10.61 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Download 10.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektrodinamik tizimdagi o‘lchash asboblari

Download 10.61 Mb.