Teshikli o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar
O‘sha kristallni o‘zini olamiz, biroq endi uni atomlarini faqat uchta erkin elektronlari mavjud bo‘lgan atom bilan almashtiramiz. O‘zini uchta elektronlari bilan u uchta qo‘shni atom bilan bog‘lanadi, to‘rtinchi atom bilan bog‘lanishga unda bitta elektron etishmaydi. Natijada teshik hosil bo‘ladi. Tabiiyki u yaqinroqda turgan boshqa istalgan erkin elektron bilan to‘ldiriladi, lekin, har qanday xolatda, bunday yarimo‘tkazgich kristallida teshiklarni to‘ldirish uchun elektronlar etishmaydi. Va kristallda bunday atomlar qancha ko‘p bo‘lsa, teshiklar shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday yarimo‘tkazgichda erkin elektronlarni ozod bo‘lishilari va erkin elektronlarni xarakatlanishlari imkoni bo‘lishi uchun atomlar orasidagi valent bog‘lanishlar albatta buzilishi kerak. Biroq elektronlar baribir etishmaydi, chunki teshiklar soni xamisha elektronlar sonidan ko‘p bo‘ladi.
Bunday yarimo‘tkazgichlar teshikli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yarimo‘tkazgich yoki p- tipidagi yarimo‘tkazgich deb ataladi. Bunda p- lotin harfi yunoncha «positive» so‘zidan olingan bo‘lib “musbat” degan ma’noni bildiradi. SHunday qilib, p-tipdagi yarimo‘tkazgich kristallida elektr toki xodisasi musbat zaryadlar-teshiklarni muttasil ravishda paydo bo‘lishi va yo‘qolishlari bilan kechadi. Bu esa r- tipidagi yarimo‘tkazgichda asosiy bo‘lgan zaryad tashuvchilar teshiklar asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar esa –elektronlar hisoblanadi.
|