Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi




Download 10,61 Mb.
bet41/64
Sana23.07.2021
Hajmi10,61 Mb.
#15862
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
«Jiringlash» nima?

Milli testerlardan foydalanuvchilar bilishadiki, qarshiliklarni o‘lchashdan avval milni shkalaning nol xolatiga keltirish kerak. Buning uchun o‘lchash shchuplarini o‘zaro biriktirish va o‘ziga xos dastaklarni aylantirish zurur. Garchi raqamlilarga nol qo‘yilishi talab qilinmasada, lekin baribir shchuplarni birlashtirishga to‘g‘ri keladi: bu asbobdan foydalanishni yana bitta qoidasi. Bu bilan birinchi navbatda shchuplarni ishlash xolatini, butunligini (shchuplar juda tez uziladi) hamda bir yo‘la shkala noli tekshirilda. Agar multimetr “jiringlash” rejimida bo‘lsa (6.5-rasmda ko‘rsatilgandek) ovozli signal tarqaladi.


6.5-rasm. “Jiringlash” rejimidagi multimetr.


Agar o‘lchash shchuplari orasidagi qarshilik 47…50Ω dan oshib ketsa tovushli signal taraladi. Bu xususiyatlardan simlarni va bosma platalar yo‘laklarini butunligini tekshirishda foydalaniladi. Simlarni jiringlash rejimi bilan yarimo‘tkazgichlarni tekshirish rejimi birlashtirilgan. Agar kiruvchi shchuplar qisqa tutashuvga duchor bo‘lmagan bo‘lsa, yoki tadqiq etilayotgan diod teskari qutbga ulangan bo‘lsa, multimetr displeyida xuddi 6.6-rasmda ko‘rsatilgandek 1 qiymatini ko‘rsatib turadi.

6.6-rasm. Multimetr uzilishni qo‘rsatib turibdi.


Displeydagi xuddi shunday holatni agar 200 Kom qarshilikni 200 Om diapazonidagi o‘lchash chegarasida o‘lchanganda ham kuzatish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, multimetr yordamida o‘lchanganda o‘lchash chegaralaridan yuqori bo‘lgan qarshilik o‘lchanayotgan bo‘lsa o‘lchash asbobi zanjir uzilgan deb “fikrlaydi”. Agar 24 V kuchlanish 20 diapozonda o‘lchanganda asbob shkaladan chiqib ketib, o‘sha xolat takrorlanadi. Faqat 20 diapozonga 100…200 volt kuchlanishni berish kerak emas, unda asbob bunday kuchlanishga bardosh berolmaydi va kuyib ketadi.


Download 10,61 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Download 10,61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

Download 10,61 Mb.