M_T = hF=kF_T^2 n
Bu erda, h –Ft kuch elkasi, magnitni joylashishiga bog‘liq;
F = s1Ft2n ga teng;
k –hisoblagichni konstruktiv koeffitsienti.
Bu shuni anglatadiki, magnitni joylashishini o‘zgartirish bilan diskni aylanish tezligini boshqarish mumkin, bu bilan disk aylanishini uzatuvchi mexanizmi bilan muvofiq holda aniq bir o‘lchamga keltirish (kalibrovkalash) lozim.
Hisoblagichning to‘g‘ri ishlashini muhim shartlaridan biri bo‘lib 90 gradusli siljish qoidasi xizmat qiladi. U quyidagi ifodalarda ifodalanadi:
sinψ = cosφ
φ – tok va to‘rdagi kuchlanish orasidagi fazalarni siljish burchagi;
ψ – tok g‘altagi va kuchlanish hosil qilgan oqimlar orasidagi fazalarni siljish burchagi.
Bu sharoitni o‘zgacha quyidagicha yozish mumkin:
ψ = 90° - φ;
Hisoblagichni konstruksiyalashda uni konstruksiya elementlari shunday tanlab olinadiki, u 90 gradusli siljish qoidasiga rioya qilsin. SHunday bo‘lsada, elektrotexnik materiallarni tayyorlanuvchi detallari tavsiflarining har turda bo‘lashi oqibatida, 90 gradusli siljish qoidasiga rioya qilish bajarilmaydi. SHuning uchun aniq to‘g‘rilashni amalga oshirish uchun hisoblagichlarda tartibga soluvchi boshqarish qurilmasi qo‘llaniladi. Odatda bunday qurilmalar o‘zida, misdan yoki alyumindan tayyorlangan qisqa tutashuvchi o‘ramlarni yoki bir nechta mis simli o‘ramdan iborat chulg‘amni, mujassam etadi. Ular boshqariluvchi qarshilikga tutashtirilgan yoki magnit oqimi yo‘lida mis plastinka ko‘rinishida bo‘ladi.
Zamonaviy elektroenergetikada elektroenergiyani hisobga olish masalasi juda muhim maslalardan biri bo‘lib sanaladi. CHunki asboblar nafaqat etkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitobni aniq o‘tkazishga, balki elektrostansiya va energotizimning ishlarini rejalashtirishga imkon beradi. SHuning uchun tijorat maqsadidagi asboblarni aniqlik sinfi shartlarini qoniqtirmaydigan, eskib qolgan induksion tizimdagi hisoblagichlarlarni elektron ko‘rinishdagi hisoblagichlarga almashtirish lozim.
Induksion tizimdagi o‘lchash asboblarini konstruksiyasi o‘lchashlarda xatoliklarga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator konstruktiv bo‘lgan kamchiliklarga ega. Bunda kamchiliklarga ishqalanishdagi xatoliklardan, tokni chiziqli bo‘lmagan bog‘liqliklaridan, ketma-ketlikdagi zanjirda tok va ishchi oqim orasidagi burchakni o‘zgarishidan, diskni o‘z-o‘zidan to‘xtashidan va siljishidan kelib chiquvchi xatoliklar kiradi.
O‘zgaruvchan tok hisoblagichlari uchun induksion o‘lchash mexnizmalaridan foydalaniladi. Bunday hisoblagichlarda hisob olishni mexanizm ko‘rsatkichi- hisoblagich aylanishidan olib boriladi:
Hisoblash mexanizmi bilan qayd etiluvchi elektr energiyasini birligi 1 kVt×soat, hisoblagich diskini ma’lum bir aylanishiga muvofiq keladi. Bu nisbat A uzatuvchi son deb ataladi va hisoblagichda– 1 kVt×soat = N0 disk aylanishini ko‘rsatadi. Hisoblagich bilan qayd etiluvchi uzatuvchi songa teskari bo‘lgan kattalik , ya’ni hisoblagichni 1 ta aylanishdagi qayd etilgan energiya, hisoblagichni doimiy nominali deb ataladi
Vt×soat/ayl.
Hisoblagichni haqiqiy doimiyligi deganda hisoblagich diskini bitta aylanish vaqtida zanjirdagi haqiqiy sarflangan energiya miqdori tushuniladi. Bu energiya namunali asboblar, masalan, vattmetr va sekundomer bilan o‘lchanadi. Hisoblagichni haqiqiy doimiyligi, nominaldan farqli ravishda, hisoblagichni ishlash rejimiga, shuningdek tashqi sharoitlarga bog‘liq C0 va C doimiyliklarini bilgan holda, hisoblagichni nisbiy xatoligini aniqlash mumkin:
, (8.1)
bunda WX – hisoblagichda o‘lchangan energiya; W – zanjirda sarflangan energiyaning haqiqiy qiymati.
Hisoblagichni GOST 14767-89 talablariga ko‘ra qiyoslash amalga oshiriladi. Xatoliklarini aniqlashdan avval (o‘lchash mexanizmlarini qizdirish maqsadida) hisoblagich 15 daqiqa mobaynida nominal kuchlanish va nominal tok ostida bo‘lishi lozim. Bunda faol energiyadagi hisoblagich cosj = 1 bo‘lganda ishlashi kerak, reaktiv energiya hisoblagichi sin j = 1 bo‘lganda. Bunda hisoblagich qizdirilgan vaqt oralig‘i va hisoblagich mexanizmini to qizdirguncha va qizitilgandan keyingi ko‘rsatkichlari yoziladi. Bu ma’lumotlar hisoblash mexanizmi ishlashini to‘g‘riligini nazorat qilishga mo‘ljallangan: hisoblagichni ishlab turgandagi hosil qilgan yuklanishni o‘rtacha quvvati, hisoblash mexanizmini ko‘rsatkichini bitta belgi past razryadda farqlanishiga teng. Hisoblagichni xatoliklari quyidagicha aniqlanadi:
(8.2)
Har bir hisoblagichda o‘zi-o‘zidan yurib ketishi va sezuvchanlikdagi kamchiligini yo‘qligi aniqlanadi. O‘zgaruvchan tokdagi hisoblagichda o‘zi-o‘zidan yurishi yo‘qligini nominal qiymadagi 110 % ga teng bo‘lgan kuchlanishda tekshirladi. Bunda hisoblagich diski ketma-ketlikdagi chulg‘amli zanjirda tok bo‘lmaganda, bittadan ortiq bo‘lmagan to‘la aylanishga ega bo‘lishi kerak. O‘zi-o‘zidan yurishni mavjud emasligi aniqlash vaqti 10 minutdan ortiq bo‘lmasligi zarur.
Sezuvchanlikdagi kamchiligi nominal bo‘lgan kuchlanishda aniqlanadi. Hisoblagichni sezuvchanlikdagi kamchiligi deganda nominal tokdan foizlardagi minimal tok tushuniladi. Nominal chastotada va cosj = 1 bo‘lganda to‘xtovsiz aylana boshlaydi.
|