Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi




Download 10,61 Mb.
bet55/64
Sana23.07.2021
Hajmi10,61 Mb.
#15862
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Asbob va uskunalar: Elektrik induksion uch fazali hisoblagichlarni qiyoslash uchun maxsus qurilma.

Nazariy qism

Nazariy jixatdan, uch fazali - uchta simli va to‘rtta simli tizimlarda elektr energiyasini hisoblash uchun, bir yoki bir nechta bir fazali hisoblagichlardan foydalaniladi. SHunga qaramay, bunday sxemalar har qachon ham ta’minlashni imkoni bo‘lmagan simmetrik yuklanishga va kuchlanishga qat’iy rioya qilinishni talab etadi. Bundan tashqari, bitta yoki ikkita fazalarda hisobga olish anchagina xatoliklarga olib keladi, shuning uchun hozirgi paytda uch fazali uch elementli hisoblagichlar ancha keng tarqalgan va keng miqyosda qo‘llaniladi. Bunday o‘lchash asbobiga misol tariqasida SA4U-I672M sxemasini keltirish mumkin. Elektr hisoblagich bitta ostki qismda harakatalanuvchi uchta aylanuvchisi bo‘lgan elementga ega. Harakatlanuvchi qismda ko‘pincha ikkita disk mavjud bo‘ladi. Aylanuvchi elementlar bir fazali kabi, konstruksiya va qurilishga ega. Bu ichki siljishlari 90° dan farqlanuvchi, aynan 60° va 180° bo‘lgan aylanuvchi elementga asoslangan reaktiv energiya hisoblagichdan tashqari, barcha uch fazali o‘lchash asboblariga taalluqli. Reaktiv energiya hisoblagichida, negiz sifatida bir fazali hisoblagichga o‘xshash aylanuvchi element konstruksiyasi ham olinishi mumkin, va fazalarni lozim bo‘lgan ichki siljishini olish uchun chora-tadbirlar ko‘riladi (qisqa tutashtirilgan o‘ramlar, shuntlash uchun qarshiliklar). Uch fazali induksion hisoblagichni uchta bir fazali tashkil etuvchi tizim sifatida ko‘rib chiqish mumkin; bunday tizimni har bir elementida xuddi o‘sha fizik jarayonlar bo‘lib o‘tadi. Sof bo‘lgan faol yuklanishda har bir element uchun ishchi oqimlari orasidagi fazalarni siljish burchagi 90° ni tashkil etadi. To‘lik aylanish holati bitta elementli hisoblagichnikiga qaraganda uch marotaba katta bo‘ladi. Uch elementli asbobning yuklanma egri chizig‘i hamda boshqa qolgan tavsiflari ham, shunday nominal aylanishi tezligiga ega bo‘lgan, bir fazali hisoblagichniki kabi bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, yuklanma egri chiziq - bu aylanuvchi elementni ishqalanishi, o‘z-o‘zidan to‘xtab qolishi, siljishidagi xatoliklarni va ketma-ketlikdagi zinjirda ishchi oqimni va tokni chiziqli bo‘lmasligidagi xatoliklarni jamlanmasini tashkil etuvchisidir.

Uch fazali tizimda kuchlanishning siljishini mavjudligi, harakatlanuvchi qismni aylanma xolatini yaratishda ma’lum xatoliklarni keltiib chiqaradi. Birinchi aylanuvchi element uchun shartli ravishda  φ1=0° olamiz. Bunda qolgan ikki fazalarni siljishi φ2=60°φ3=120°ga teng bo‘ladi.

Demak, birinchi magnitlovchi element uchun ishchi oqimlaridagi fazalarni siljish burchagi ψ1=0°- φ, ikkinchisi uchun ψ2=60°- φ, uchinchisi uchun  ψ3=120°- φ. Faol yuklanishda  (cosφ=1) va simmetrik yuklanishda bu fazalar bo‘yicha siljish ψ1= 0°ψ2= 60°ψ3= 120° teng.

Binobarin, elementni kuchlanishi va toki, faza bo‘yicha muvofiq kelsa, Mayl elementlarni jamlanma aylanish holati biron bir aylanuvchini uch martalashgan M1 xolati qiymatiga teng emas, balki quyidagiga teng:

Mayl= M1sin0°+ M2sin60°+ M3sin120°=√3 M1;

Bundan tashqari, agar u bir fazalikga o‘xshash nominal tezlikga ega bo‘lsa, unda ularni yuklanish egri chiziqlari katta yuklanishlar oblastida turlicha bo‘ladi. Bu shu bilan shartlashganki, uch fazali hisoblagichni o‘zidan-o‘zi to‘xtash holatini yig‘indisi bitta elementni o‘zidan-o‘zi to‘xtash holatini uch martaligiga teng, o‘zidan-o‘zi to‘xtash holatini jamlanma aylanish xolati bitta aylanuvchi holatidan √3 matra katta.

Uch fazali hisoblagichni o‘zidan-o‘zi to‘xtash holati xatoliklari 2/√3 bo‘lib, xuddi shunday aylanuvchi elementi va harakatlanuvchi qismlarning nominal tezligidagi bir fazaliga qaraganda 1,16 marta katta qiymatni tashkil etadi. Uch elementli uch fazali o‘lchash asbobi bir fazadagi kabi, shunday yuqlanish egri chizig‘iga ega bo‘lishi uchun, uni nominal tezligi bitta fazaliknikaga qaraganda 1,16 marta kam bo‘lishi lozim. Bitta fazali hisoblagichlar singari, diskni aylanish tezligini doimiy magnit disk radiusi bo‘yicha ko‘chirib borish bilan tartiblash-boshqarish mumkin; buning uchun konstruksiya sifatida ikki doimiy magnit ko‘zda tutilgan. Reaktiv energiyani qayd etish faolligini qayd etish kabi o‘sha sxemada bajariladi, biroq bunda o‘lchash mexanizmalari ishchi oqimlar orasidagi fazalarning siljishlari, ichki burchaklari faol energiyani qayd etish ketma-ketlikdagi va parallel zanjirdagi kabi 90° emas, balki 0° (180°) bo‘lishi kerak. Bunday siljishga erishish uchun ketma-ketlikda, induksion aylanuvchi elementga parallel chulg‘am bilan qo‘shimcha faol qarshilikni ulash lozim, va bundan tashqari ketma-ketlikdagi zanjir chulg‘amini faol qarshilik bilan shuntlash kerak. Bunday reaktiv energiyani elektr hisoblagichlari 180° siljishdagi hisoblagichlar deb ataladi. Ularni farqlovchi xususiyatlari bo‘lib, zanjirni istalgan asimmetriyasida “sxematik” xatoliklarni yo‘qligi xizmat qiladi.



Download 10,61 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Download 10,61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

Download 10,61 Mb.