Ishonchlanayotgan nuqtalarni tanlash




Download 10,61 Mb.
bet53/64
Sana23.07.2021
Hajmi10,61 Mb.
#15862
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Ishonchlanayotgan nuqtalarni tanlash

Doimiy kuchlanishdagi analogli voltmetrlar (ampermetrlar) uchun asosiy xatoliklar, ishonchlanayotgan voltmetrning o‘lchanadigan asosiy qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi. Asosiylari sifatida butun sonlar olinadi.

Qolgan boshqa oraliqlarida o‘lchash xatoliklari, shkalani yakuniy raqamli belgilari, shuningdek ilgari aniqlangan eng ijobiy va eng salbiy xatoliklari (yoki agarda barcha xatoliklar bir ishorada bo‘lsa, eng katta va eng kichik xatoliklarda) bilan aniqlanadi.

O‘zgaruvchan kuchlanish uchun muljallangan V3 va V7 turidagi analogli voltmetrlar ko‘p qiymatli va keng diapozonli elektron o‘lchash vositalari hisoblanadi. SHuning uchun bunday elektron o‘lchash vositalari GOST 8.118-85 talablariga muvofiq o‘zgaruvchan kuchlanishdagi voltmetrlarni davriy ravishda qiyoslashlarda odatda o‘rnatilgan ikkita talablar asosida, ya’ni dastavval o‘lchashlarni barcha diapozondagi yakuniy raqamli belgilarini darajalash chastotasi uchun va o‘rnatilgan asosiy diapozonlarni barcha raqamli belgilari uchun xatoliklarni aniqlash lozim bo‘ladi.

Keyin, yuqori samarali va yuqori chastotali o‘lchashni ta’minlashi mumkin bo‘lgan yakuniy raqamli belgilari uchun xatoliklarni aniqlash kerak bo‘ladi. O‘lchashlarni barcha oblastlarining (me’yordagi va kengaytirilgan) boshlanishi va oxiriga mos keluvchi chastotalar qiymatlarida olib boriladi. CHastotalari bir qancha kengaytirilgan oblastlarga ega bo‘lgan voltmetrlarning xatoliklarini har bir oblast bo‘yicha, yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegarasi, kichik qiymatlarda bo‘lgan oraliq oblastlarini xatoliklari aniqlanmaydigan, eng chekka qiymatlarda aniqlanadi.

Raqamli elektron voltmetrlar (ampermetrlar)ni qiyoslashning xususiyati bu - o‘lchanayotgan kuchlanishning hisoblashni diskretligidadir. Raqamli voltmetrlar uchun ham asosiy xatolik va ham chastotalarni ishchi diapozonidagi xatoliklarni (vaqtinchalik oraliqlarda- imulsli voltmetrlar uchun), quyidagi ko‘rsatkichlardagi asosiy diapazon o‘lchashlarda aniqlashlar tavsiya qilinadi:



Qolgan ost diapozondagi o‘lchashlar hatoliklarini X1 va X5 ko‘rsatkichlarda, shuningdek musbat va manfiy xatoliklarni yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari chegaralariga ancha yaqin olingan ko‘rsatkichlarda tekshirish kerak. Doimiy tokni raqamli voltmetrlarda o‘lchashlar, kiruvchi kuchlanishni ikki qutblilik sharoitda o‘tkaziladi. Bunda manfiy qutblikda asosiy xatolik asosiy o‘lchash diapozonidagi uchta nuqtada (boshlang‘ich, o‘rta va oxirgi), hamda har bir qo‘shimcha diapozondagi bitta nuqta (diapozon oxiri) uchun aniqlanadi.O‘garuvchan tokni raqamli voltmetrlarda o‘lchash, asosiy dapozonni 0,25(fmin + fmax); 0,5(fmin + fmax); 0,25(fmin + 3fmax) chastotalarda amalga oshiriladi; qo‘shimcha diapozonlar uchun esa - fmin va fmax nuqtalarda olib boriladi.





Download 10,61 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Download 10,61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishonchlanayotgan nuqtalarni tanlash

Download 10,61 Mb.