• O‘lchash
  • Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi




    Download 10.61 Mb.
    bet61/64
    Sana23.07.2021
    Hajmi10.61 Mb.
    #15862
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
    Asboblar va uskunalar: vattmetr o‘lchov asboblarini qiyoslash usulini o‘rganish.

    Nazariy qism

    Vattmetr – qandaydir bir o‘tkazgich orqali tok o‘tishi uchun vaqt birligi ichida elektr toki bajara olishi mumkin bo‘lgan ishni qayd qilish uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobi hisoblanadi (10.1-rasm).

    10.1-rasm. Quvvatni o‘lchash uchun mo‘ljallangan elektromexanik

    milli (1) va elektron (2) ko‘rinishdagi vattmetrlar.

    Vattmetr orqali har bir sekund vaqt mobaynida elektr nuri kuchini olish uchun lozim bo‘lgan vattlar miqdorini aniqlash, yoki qandaydir bir asbob bilan vaqt birligida bajarilgan ishlarni kattaligini aniqlash mumkin. Elektr asbob bilan vaqt birligida bajarilgan ish (uni quvvati) vattlarda aniqlanadi va voltlarda o‘lchanadigan zanjirni yakuniy qismlaridagi potensiallar farqlarda (+ -) ushbu elektr iste’molchi bilan iste’mol qilgan amper soni (tok kuchi) hosilasidir.

    Elektr tokini quvvatini o‘lchash uchun ham, o‘zida mutlaqo o‘zgacha elektrodinamometrni taqdim etuvchi vattmetrlardan foydalaniladi. Oqib o‘tuvchi tok ikki qismga tarqaladi, birinchisi tub moxiyatiga ko‘ra nazorat, ikkinchisi esa tajribaga oid va shu asosda tajriba qismda qarshilikni o‘zgartira borib va chiqishda potensiallarni tafovutlarini o‘lchash bilan elektr tokini quvvati aniqlanadi.

    Mo‘ljallanishiga ko‘ra va chastotalarining diapozoni bo‘yicha vattmetrlarni uchta toifaga ajratsa bo‘ladi:

    – past chastotali (va doimiy tokdagi);

    –radiochastotali;


    – optik. 

    Radiodiapazonli vattmetrlar ishlatilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: uzatish chizig‘idagi uzilishda qo‘shiladigan o‘tuvchi quvvat, kelishilgan yuklanish sifatidagi chiziq oxiriga ulanadigan yutuvchi quvvat. O‘lchash ma’lumotlarini funksional qayta hosil qilishi va uni foydalanuvchiga chiqarib berishi uslublariga ko‘ra vattmetrlar analogli (ko‘rsatuvchi va o‘zi yozuvchi) va raqamlilarga bo‘lnadi.

    Past chastotli vattmetrlar iste’mol etilgan quvvatni o‘lchash uchun sanoat chastotalarini elektr iste’moli to‘rlarida qo‘llaniladi, bir fazali va uch fazali bo‘lishi mumkin. Aloxida ost guruhni varmetrlar tashkil etadi. Ular – reaktiv quvvatni o‘lchovchilardir. Raqamli o‘lchash asboblari, odatda, aktiv va reaktiv quvvatlarni o‘lchash imkoniyatlarga ega.

    Radiochastotali vattmetrlar juda katta va keng foydalaniladigan radiodiapazondagi vattmetrlar ost guruhini hosil qiladi. Ushbu ost guruhni bo‘laklash asosan turli ko‘rinishdagi dastlabki qayta hosil qiluvchilarni qo‘llash bilan bog‘liq. CHiqarilayotgan vattmetrlar termistorlar, termojuftliklar yoki cho‘qqili detektor negizidagi qayta hosil qiluvchilardan foydalaniladi, kamdan-kam hollarda boshqa prinsiplarga asoslangan datchiklar (ko‘rsatkich qurilma) qo‘llaniladi.

    YUtuvchi quvvatli vattmetrlar bilan ishlashda shuni esda tutish kerakki, datchiklarning qabul qiluvchi kiruvchi qarshilikni, chiziqning to‘lqinli qarshiligi bilan muvofiq kelmasligi tufayli bir qism energiya akslanadi va haqiqatda vattmetr chiziqni haqiqiy quvvatini o‘lchamaydi, balki haqiqiydan farqlanmaydigan yutiluvchi quvvatni o‘lchaydi.

    Termistor qayta hosil qiluvchini ishlashi, termistor qarshiligini uni qizish haroratiga bog‘liqligidadir. Bu bog‘liqlikni o‘zi o‘z navbatida, unga beriladigan signal quvvatini tarqalishiga bog‘liq. O‘lchash termosterda tarqaluvchi va uni qizituvchi o‘lchanadigan signal quvvatini, termosterni xuddi shunday qizishini keltirib chiqaruvchi past chastotali kuchlanish bilan taqqoslash usulida amalga oshiriladi. Termistorli vattmetrlarni kamchiliklariga ularni kichik bo‘lgan – bir necha millivatdagi qayd etish diapozoni kiradi

    Quvvat o‘tuvchi vattmetrlarda birlamchi qayta hosil qiluvchi sifatida, uzatishni asosiy traktidan uncha katta bo‘lmagan xissadagi energiyani tarmoqlantirishga imkon beruvchi qurilmadan foydalaniladi. Energiyani ajratilgan qismi ikkilamchi qayta hosil qiluvchiga uzatiladi. U erdan o‘lchash ma’lumotlari signali funksional qayta hosil qiluvchiga uzatiladi, va, keyin ko‘rsatuvchi qurilmaga beriladi.



    Download 10.61 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




    Download 10.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

    Download 10.61 Mb.