|
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
|
bet | 1/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 235,14 Kb. | | #235476 |
Bog'liq O\'quv dastur TO`ME (TGFU) III kurs (2)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Toshkent gumanitar fanlar
universiteti rektori
_________ Sh. Avezimbetov
“___” ____________2023-yil
Ro’yxatga olindi________
“___” ____________2023-yil
TILLAR O`QITISH METODIKASI
FANINING O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
200000- San’at va gumanitar fanlar
|
Ta’lim sohasi:
|
230000- Tillar
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60230100-Filologiya va tillarni o’rgatish (ingliz tili)
|
Тoshkent – 2023
Fan/Modul kodi
TO`ME308
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
5,6
|
ECTS - Kreditlar
8 (4,4)
|
Fan/modul turi
Majburiy fanlar
|
Ta’lim tili
Ingliz/O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Nazariy Fonetika va Nazariy Grammatika
|
120
(60,60)
|
120
(60,60)
|
240
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - bakalavr darajasidagi talabalarda nazariy bilimlarga, amaliy koʼnikma va malakalarga asoslangan chet til oʼqituvchisiga xos boshlangʼich professional salohiyatni, chet til oʼqituvchisi pedagogik faoliyatining mazmun-mohiyatini va pedagogik amaliyot oʼtashda hamda taʼlimni magistratura yoʼnalishida davom ettirishda asqotadigan kasbiy mahorat koʼnikmalarini shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari – talabalarning O`zbekiston va xorijiy mamlakatlarda tillar o`qitish metodikasining rivojlanishi to`g`risida tasavvurini rivojlantirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimida chеt tilini o‘qitish mazmunini hamda chеt tili o‘qitish mеtodlari, tеxnologiyalari va vositalaridan foydalanishni o`rgatishdan iboratdir.
Shuningdek o‘qitishda:
1) ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berish;
3) ta’limni insonparvarlashtirish;
4) o‘qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati, bir-biriga hurmat kabi fazilatlarni tarbiyalash;
5) o‘qitishning innovatsion, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiya yutuqlari;
6) o‘qitish metodikasini uzviyligini ta’minlanish nazarda tutadi.
|
|
| |