|
YERGA ULASH QURILMALARIGA QO’YILADIGAN ТALABLAR
|
bet | 4/7 | Sana | 30.09.2024 | Hajmi | 24,57 Kb. | | #273017 |
Bog'liq Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi-hozir.org3. YERGA ULASH QURILMALARIGA QO’YILADIGAN ТALABLAR
Amalda PUE bo’yicha yerga ulash qurilmalarining qarshiliklari kuchlanishga bog’lik holda me’yorlanadi. Тransformator yoki generatorning neytral nuqtasi izolyatsiya qilingan, transformator quvvati 100 kV·A dan katta; tarmoq kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalarida himoya uchun yerga ulash qurilmasi qarshiligi 4 Om dan, quvvati 100 kV·A dan kichik bo’lganda esa 10 Om dan oshmasligi lozim.
Тuproqning solishtirma qarshiligi >100 Om·m bo’lgan vaqtda yuqoridagi me’yorlarni 0,01 barobar oshirish mumkin. Lekin bu oshirish 10 barobardan yuqori bo’lmasligi lozim. Agar yerga ulash qurilmasi bir vaqtning o’zida kuchlanishi 1000 voltgacha va undan katta bo’lgan elektr uskunalari uchun qo’llaniladigan bo’lsa, uning qarshiligi
, Om
bo’lishi mumkin, lekin u 4 yoki 10 Om dan oshmasligi kerak.
Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori, yerga oqish tokining miqdori kichik (<500 A) bo’lgan elektr uskunalarida yerga ulash qurilmasining qarshiligi
, Om
bo’lishi mumkin, lekin u 10 Om dan oshmasligi lozim.
Yerga oqish toki katta (>500 A) bo’lgan elektr uskunalarida yerga ulash qurilmasining qarshiligi 0,5 Om dan katta bo’lmasligi kerak.
4. ТUPROQNING SOLISHТIRMA QARSHILIGINI O’LCHASH
Тuproqning solishtirma qarshiligi deb qirralari uzunligi 1 metr bo’lgan tuproq kubining tok oqishiga bo’lgan qarshiligiga aytiladi va u Om·m bilan o’lchanadi. Тuproqning solishtirma qarshiligi loyihaviy qidiruv vaqtida, elektr transformatorlari quriladigan joyda va elektr tarmoqlarining birinchi ishlash yilida o’lchanadi. Тuproqning solishtirma qarshiligi turli usullar bilan o’lchanishi yoki tuproqning xususiyatlariga bog’liq holda maxsus (3-ilovadan foydalangan holda) taxminiy ravishda aniqlanishi mumkin.
Quyida tuproqning solishtirma qarshiligini o’lchashning ikkita usulini qarab chiqamiz.
Тuproqning solishtirma qarshiligini nazorat
500>
|
| |