• Ishchi yerga ulash.
  • Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi




    Download 24,57 Kb.
    bet2/7
    Sana30.09.2024
    Hajmi24,57 Kb.
    #273017
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi-hozir.org

    Kerakli asboblar:
    1. M-416 asbobi.
    2. Kalkulyatorlar.


    ASOSIY ТUSHUNCHALAR

    1. YERGA ULASHNING ТURLARI VA QO’LLANISHI
    Yerga ulashning kuyidagi uch xili mavjud:
    1. Himoyaviy yerga ulash. Yerga ulashning bu turi elektr uskunalarining himoya qobig’i buzilib qolgan taqdirda ishchilarni elektr toki tasiridan muxofaza qilish maqsadida qo’llaniladi.
    2. Ishchi yerga ulash. Yerga ulashning bu turi elektr uskunalarining normal ish rejimini ta’minlash maqsadida bajariladi.
    3. Atmosfera elektridan (yashindan) himoyalash uchun yerga ulash. Yerga ulashning bu turi bino, inshoot, elektr va texnik qurilmalarni yashindan muhofaza qilish maqsadida qo’llaniladi.
    Bu ishda faqat himoyaviy yerga ulash to’g’risida gap boradi.
    Himoyaviy yerga ulash vositasidan quyidagi elektr uzatish tarmoqlarida qo’llaniladi:
    a) kuchlanishi 1000 voltgacha bo’lgan va neytral nuqtasi yerdan izolyatsiya qilingan uch fazali tarmoqlarda;
    b) neytral nuqtasining holatidan qat’iy nazar kuchlanishi 1000 volt va undan yuqori bo’lgan elektr uzatish tarmoqlarida.
    Elektr qurilmalarining normal ishchi holatida kuchlanish ta’siri ostida bo’lmaydigan metall qismlarini o’tkazgichlar yordamida yer bilan tutashtirish himoyalab yerga ulash deyiladi.
    Himoyaviy yerga ulash konstruktiv jihatdan yerga ulash qurilmasi orqali amalga oshiriladi va u ikki qismdan iborat bo’ladi (1-rasm):
    a - yerga ulagichlar (sterjenlar, qoziqlar) tik yoki yotiq ulagichlar bilan bir-biriga ulangan bir nechta sterjendan iborat;
    b - ulash simi (o’tkazgich) ulagichlar bilan yerga ulanayotgan elektr uskunasi metall qismining asosini bog’laydi.
    Yerga ulagichlar tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin.
    Тabiiy yerga ulagichlar sifatida temir-beton konstruksiyalarining armaturalaridan, kabellarning qo’rg’oshin qobiklaridan, suv va boshqa suyuqliklar uchun ishlatiladigan, po’lat quvurlardan (portlash va yong’in chiqish xavfi bo’lgan quvurlar bunga kirmaydi) va boshqa metall elementlardan foydalanish mumkin.
    Тabiiy yerga ulagichlar bo’lmaganda yoki ularning qarshiligi talab darajasida bo’lmaganda sun’iy yerga ulagichlardan foydalaniladi. Sun’iy yerga ulagichlar har xil shakldagi po’lat prokatlardan 2...5 metr uzunlikda tayyorlanadi. Ularning diametriga, qalinligiga va kengligiga ma’lum darajada talablar qo’yilgan [1].
    Тayyorlangan sterjenlar tuproqqa uch xil holatda joylashtiriladi: 1) uchi yer yuzasidan chiqib turgan tik holatda; 2) 0,5-0,8 metr chuqurlikka ko’milgan tik holatda ko’miladi; 3) ma’lum bir chuqurlikka yotiq holatda joylashtirilishi mumkin. Yerga ulanadigan uskunaga nisbatan esa bitta chiziq bo’yicha yoki yotiq sirtmoq (kontur) shaklida joylashtirilishi mumkin.

    Download 24,57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 24,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi

    Download 24,57 Kb.