|
Toshkent kimyo texnologiya instituti Menejment va kasb ta’limi fakulteti 54-20guruh talabasi Usmonova Nilufarning sifat auditi fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi
|
Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #116539 |
Bog'liq sifat auditi Toshkent kimyo texnologiya instituti Menejment va kasb ta’limi fakulteti 54-20guruh talabasi Usmonova Nilufarning sifat auditi fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi Mavzu:Sifat auditi va iste‘molchilarning qanoatlanganlik strategiyasi. - Reja:
- 1.Sifat tizimi auditi.
- 2. Audit usullari
Sifat tizimi auditi - Sifat tizimi auditi – tizimni belgilangan talablarga muvofiqligini baxolash uchun mo‘ljallangan.
- Mahsulot va jarayon auditlaridan farqli o‘laroq, bu katta hajmdagi ma’lumotni olish va tahlil qilish bilan bog‘liq eng murakkab audit.
Audit usullari
Tashkilot sifat tizimini o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda,
shuningdek xarajatlarni optimallashtirish va audit dasturi vazifalarini bajarish uchun, auditni quyidagi sxemalar bo‘yicha rejalashtirishi mumkin:
• bo‘linma ishtirok etuvchi barcha jarayonlarni tadqiq qilgan holda,
bo‘linmalar faoliyati auditi.
Bu usulni kamchiligi – sifat tizimi ta’minlash jarayonlari doirasida bo‘linmalar yoki ssexlararo o‘zaro aloqani kuzatish mumkin emas.
• tashkilotni turli bo‘linmalarida har bir jarayonni ketma-ket tadqiq qilgan holda, sifat tizimi jarayonlari o‘zaro aloqasini auditi.
sifat tizimidagi auditlar sifat tizimining asoslari mavjudligini baholashga qaratilgan. Ushbu auditorlik tekshiruvlarida etkazib beruvchilar kompaniyasida umumiy tekshiruvlar o'tkaziladi, masalan, kirishlar to'g'ri boshqariladimi, jarayonlar nazorat ostida saqlanadimi, chiqishlar to'g'ri tekshirilganmi yoki ko'rsatkichlar va boshqa boshqaruv moslamalari yaxshi sozlanganmi. Ushbu tekshiruvlar natijalari yomon tashkil etilgan etkazib beruvchilarni aniqlash uchun etarli.
Jarayonga xos auditorlik tekshiruvlari ushbu jarayonda ishlash tajribasiga ega va baholanadigan asosiy xatarlarni tushunadigan auditorlar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Sifat tizimidagi auditorlik tekshiruvlari yoki texnik tekshiruvlar, yuqorida tavsiflangan sifatni nazorat qilish bosqichlaridan tashqari quyidagi boshqaruvlarni ham o'z ichiga olishi kerak: texnik qobiliyat, texnologik boshqaruv elementlari, o'rnatish jarayonlari, jarayon parametrlari, tsikl parametrlari, profilaktik xizmat, materiallar bilan ishlash, dizayn va ishlab chiqarish qobiliyatlari va asbob samaradorligi.
Auditor tashkilot tuzilmasini hisobga olgan holda barcha jarayonni «kuzatish» va jarayonlar doirasida bo‘linmalarni o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatiga ega.
Jarayonlar zanjirini kuzatishda auditorlar guruhini bo‘linmadan bo‘linmaga
ko‘chishi uchun qo‘shimcha vaqt zarurligi bu usulni kamchiligi hisoblanadi. Bundan tashqari, yordamchi jarayonlar (hujjatlarni, yozuvlarni boshqarish va h.k.) tajribasiz auditor e’tiboridan chetda qolishi mumkin.
Amaliyotda ko‘pincha birlashgan usul qo‘llaniladi, ya’ni audit bo‘linmalar
bo‘yicha o‘tkaziladi, lekin audit uchun bir necha aniq ob’ektlar (loyihalar,
shartnomalar, buyumlar va h.k.) tanlanadi. Turli bo‘linmalarni tekshirishda, auditorlar auditni ushbu ob’ektiga taalluqli bo‘lgan jarayonlarni o‘zaro aloqasini kuzatadilar.
Audit ob’ektini tadqiq kilish quyidagi sxemalardan biri bo‘yicha amalga oshiriladi: - oldinga kuzatish – jarayonni boshidan uning natijasigacha yoki belgilangan nuqtagacha kuzatish;
- ortga kuzatish – jarayonni natijasidan jarayonni boshlanishigacha kuzatish;
- qisman kuzatish – tadqiqot jarayonni ixtiyoriy tanlangan nuqtasidan boshlab oldinga yoki ortga amalga oshiriladi.
E‘tiboringiz uchun raxmat
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent kimyo texnologiya instituti Menejment va kasb ta’limi fakulteti 54-20guruh talabasi Usmonova Nilufarning sifat auditi fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi
|