|
Toshkent kimyo texnologiya instituti
|
bet | 4/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 422,49 Kb. | | #253468 |
Bog'liq Boturov S. 3Texnologik qism
Atsetilen efirsimon o‘tkir hidli gaz bo‘lib, havo va kislorod bilan aralashmasi portlovchanlik xususiyatiga ega. Uning bunday xususiyati atsetilen molekulasini oddiy moddalarga parchalanishi natijasida issiqlik ajralib chiqishi bilan izohlanadi. Demak, atsetilenning parchalanishi ekzotermik reaksiyadir.
Atsetilenning inert gazlar bilan aralashmasida esa portlovchanlik havfi keskin kamayadi. Ayrim metallar bilan hosil qilgan birikmalarda (Cu2C2) esa portlash keskin ortadi. Atsetilenning eng muhim xususiyatlaridan biri — eruvchanligining boshqa uglevodorodlarga nisbatan yuqoriligidir. Ya‘ni, 20C da 1 hajm suvda 1 hajm atsetilen eriydi. Organik erituvchilarda uning eruvchanligi yanada yuqori. Masalan, 1 hajm metanolda 20S da 11,2 hajm, atsetonda 23 hajm, dimetilformamitda 32 hajm, N-metilpirrolidonda 37 hajm atsetilen eriydi. Atsetilen kimyo sanoati uchun bebaho xomashyo hisoblanadi. Shuning uchun uni juda katta miqdorda ishlab chiqa-riladi. Atsetilen olishning juda ko‘p usullari mavjud. Lekin sanoatda asosan quyidagi 2 usuldan foydalaniladi. 1. Kalsiy karbid usuli. 2. Uglevodorodlar pirolizi. Atsetilen olishning kalsiy karbid usuli Atsetilen ishlab chiqarish uchun kalsiy karbid asosiy xomashyo hisoblanadi. Kalsiy karbidni kalsiy oksididan elektryoy usuli bilan olinadi. Bu jarayonda reaksiya kuchli endotermik bo‘lib, juda katta elektr energiyasini talab etadi. Hosil qilingan kalsiy karbidni suv bilan parchalab atsetilen ajratib olinadi.
1 kg tozalanmagan CaC2 dan 230-280 litr atsetilen olinadi. Agar karbid tozalangan bo‘lsa, har bir kg dan 380 litrgacha atsetilen olish mumkin. Atsetilenni kalsiy karbiddan maxsus qurilma – atsetilen generatori orqali olinadi.
Atsetilen generatori
Kalsiy karbidni suv bilan parchalab atsetilen ajratib olishga moslashtirilgan qurilmaga atsetilen generatori deyiladi.Atsetilen generatori ikki xil bo‘lib ular quyidagilardir.
1. Ortiqcha suv bilan sovitiluvchi «Ho‘l» tipidagi generatorlar. Bu generatorlarda ajralib chiqadigan issiqlik ortiqcha suv bilan sovitilib turiladi. Bu tipdagi generatorlarda har bir kg kalsiy karbid uchun 10 kg suv sarflanadi. Bu generatorlarda qoldiq sifatida hosil bo‘layotgan kalsiy gidroksid suspenziya holida bo‘lib undan qurilish materiali sifatida foydalanish mumkin emas. Demak, uning bu kamchiligini bartaraf etish lozim.
2. «Quruq» tipidagi generator. Bu generatorda reaksiya natijasida ajralibchiqadigan issiqlikni oz miqdordagi suvning bug‘lanishi hisobiga bartaraf etiladi. Natijada kalsiy gidroksid quruq holda ajralib chiqadi va undan qurilish materiali sifatida foydalanish mumkin.
|
| |