• Regenerativ piroliz
  • . Elektrokreking
  • Gomogen piroliz
  • Oksidlovchi piroliz
  • «Karbid suvga» tipidagi atsetilen generatorining tuzilishi




    Download 422,49 Kb.
    bet5/8
    Sana25.05.2024
    Hajmi422,49 Kb.
    #253468
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Boturov S. 3

    «Karbid suvga» tipidagi atsetilen generatorining tuzilishi:

    1, 3- kalsiy karbid uchun bunker; 2- konussimon propka (tiqin); 4- sektorli baraban; 5-taqsimlovchi konus; 6- singdiruvchi quvur; 7-gidravlik zatvor; 8-korpus; 9-teshikli taxlam; 10-qisqichsimon qorishtirgich; 11-shlyuzli zatvor.
    Metan va boshqa parafinlardan yuqori harorat ostida piroliz yo‘li bilan atsetilen olinadi. Jarayon qo‘yidagi qaytar riaktsiyalar bilan ifodalanadi.
    2CH4 = C2H2  3H2 -H0 298  -376 kJmolь
    C2N6 = C2H2  2H2 -H0 298  -311 kJmolь
    Reaksiya endotermik bo‘lganligi uchun muvozanat 1000-1300C dagina o‘ngga siljiydi. Metan uchun esa bu ko‘rsatgich 1500-1600C, suyuq uglevodorolar uchun esa 1200C bo‘lganda jarayon tezlashadi. Atsetilenning parafinlardan hosil bo‘lishi radikal zanjirli mexanizm bo‘yicha boradi.

    Hosil bo‘lgan gaz tarkibida oz miqdorda benzol, CH3–CCH, CH2CH CCH, CHC–CCH bo‘ladi.
    Ushbu usul bilan atsetilen olishning murakkablik tomoni shundan iboratki, hosil bo‘layotgan atsetilen pirolizlanib C va H2 ga parchalanadi. Buni qo‘yidagicha ifodalanadi:

    Bu jarayonga barham berish uchun qo‘yidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim. Birinchi navbatda uglevodorodlarni o‘zaro ta‘sirlashuvini qisqartirish va ularni reaksion zonada bo‘lishligini 0,01 sekunddan oshirmaslik chora-tadbirlari-ni amalga oshirish va hosil bo‘layotgan atsetilenni birdaniga suv purkash orqali «toblash» bilan ularni pirolizdan saqlab qolish lozim.

    Bu jarayonga barham berish uchun qo‘yidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim. Birinchi navbatda uglevodorodlarni o‘zaro ta‘sirlashuvini qisqartirish va ularni reaksion zonada bo‘lishligini 0,01 sekunddan oshirmaslik chora-tadbirlari-ni amalga oshirish va hosil bo‘layotgan atsetilenni birdaniga suv purkash orqali «toblash» bilan ularni pirolizdan saqlab qolish lozim.
    Uglevodorodlar pirolizi orqali atsetilen olish
    Uglevodorodlar pirolizi orqali atsetilen olishning quyidagi 4 usuli mavjud.
    1. Regenerativ piroliz. Olov bardosh g‘ishtli pechlarda ushbu piroliz jarayoni olib boriladi. Buning uchun pech tabiiy gazdan zaruriy haroratgacha, ya‘ni 1200-1600S gacha qizdiriladi. So‘ngra piroliz qilinayotgan gaz yuboriladi va yana pech qizdirilib, oldingi holat takrorlanadi.
    2. Elektrokreking. Elektrodlarda 1000V hosil qilib elektr yoy orqali pirolizlanuvchi xomashyo o‘tkaziladi, natijada atsetilen hosil bo‘ladi. Bu usul tezkorligi atsetilen qayta pirolizlanishi sodir bo‘lmasligi bilan ahamiyatga molik. Lekin energiyaning ko‘p sarf qilishligi ushbu usulning kamchiligidir. Ya‘ni 1 tonna atsetilen ishlab chiqarish uchun 13 000 kVtsoat elektr energiyasi sarflanadi.
    3. Gomogen piroliz. Bunda metan kislorod bilan yoqilib 2000S issiqlik ho-sil qilinadi. Unga pirolizlanuvchi xomashyo yuboriladi. Hosil bo‘lgan mahsulot tarkibiy qismlarga ajratilib, undan olingan atsetilen iste‘molchiga yetkazib beriladi. Bu jarayoni kamchiligi piroliz natijasida atsetilen va etilen aralashmasi hosil bo‘lishligidir.
    4. Oksidlovchi piroliz. Bu jarayon uglevodorodlarni oksidlash orqali pirolizlab atsetilen olishga asoslangan. Bunda uglevodorodlarning yonishdagi ekzotermik, pirolizlanishdagi endotermik jarayonlar bitta apparatga jamlangan. Natijada energiya tejamkorlikka erishilib, iqtisodiy jixatdan samarador bo‘lgan usul yaratilgan. Shuning uchun ham sanoatda bu usuldan keng miqyosda foydalaniladi.

    Download 422,49 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 422,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Karbid suvga» tipidagi atsetilen generatorining tuzilishi

    Download 422,49 Kb.