|
Toshkent kimyo texnologiya instituti
|
bet | 1/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 422,49 Kb. | | #253468 |
Bog'liq Boturov S. 3
OZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSION VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALARKIMYOVIY TEXNOLOGIYASI” FAKULTETI
“NEFTNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI
“NEFT KIMYOVIY SINTEZ TEXNOLOGIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Piroliz gazlarni tarkibidan atsetilenni ajratish texnologiyasi
B21-03u-NG5 guruh talabasi :
Botirov . S .S
Rahbar : Maxsumov . A . G
Komissiya a’zolari: _________________________
_________________________
_________________________
Toshkent 2024
Mundarija
Kirish
Texnologik qism ( Nazariy qismi)
Texnologik qism
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 24-may kuni neft-gaz xomashyosini qazib olish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Mamlakatimizning Taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyotni liberallashtirish va sanoatning yetakchi tarmoqlarini transformatsiya qilish bo‘yicha maqsadlar belgilangan. Jumladan, neft-gaz sohasida ham transformatsiya jarayonlari boshlangan.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari, avvalo, shu masalaga e’tibor qaratib, bu jarayonni jadallashtirish zarurligin ta’kidladi.
Xalqaro konsultantlarni jalb qilib,strategik yondashuvlarni belgilab olish, neft-gaz sohasida hisob-kitob mexanizmlari shaffofligini ta’minlash vazifalarini qo’yishimiz mumkin.
Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish orqali xarajatlarni qisqartirish, boshqaruv tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Prezident tarmoq rahbarlariga aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini yoqilg‘i-energiya manbalari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq ishga tushirib, yo‘qotishlarni bartaraf etish choralari belgilandi. Resurslarni hozirdan tejash, muqobil energiyadan foydalanishni rag‘batlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida o‘tgan yig‘ilishda Surxondaryoda amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihalari haqida gapirdi. Boysundagi gaz-kimyo majmuasining ishga tushirilishi va geologiya-qidiruv ishlarining kengayishi O‘zbekistonning 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishishiga olib kelishi kutilmoqda.
Prezident Surxondaryoda umumiy qiymati 3,3 milliard dollar bo‘lgan to‘rtta yangi yirik sanoat loyihasi bilan tanishdi. Xususan, 2024-yilda Boysun shahrida umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarga teng gaz-kimyo majmuasi ishga tushirilishi munosabati bilan quyidagilar kutilmoqda:
yiliga 5 milliard kub metr gazni tozalash, 6 trillion so‘mlik tabiiy gaz va oltingugurt ishlab chiqarish;
Surxondaryoga yiliga o‘rtacha 120 million dollarga qo‘shimcha eksport tushumi;
geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, yana 100 milliard kub metr gaz zaxiralarini ochish, 2−3 yil ichida mamlakatning to‘liq neft mustaqilligiga erishish.
Hozir ushbu “Mustaqillikka 25 yil” majmuasi (M-25) 7000 kishini ish bilan ta’minlamoqda. Prezident topshirig‘iga ko‘ra majmua atrofida kooperatsiya yo‘lga qo‘yilib, qo‘shni tumanlar aholisi uchun kamida 2 mingta yuqori rentabellikdagi ish o‘rni yaratiladi
Gidrotozalash jarayonida ma'lum darajada metal organik birikmalarni buzilishi sodir bo`ladi. Jarayonda metallar katalizatorda o`tirib qoladi. Shuning uchun ma'lum vaqtdan so`ng katalizator aktivligi pasayadi.
Hozirgi vaqtda neftni qayta ishlash sanoatida gidrogenizatsion jarayonlarni gidrotozalash, gidrokreking, gidrodealkillash, gidrogenlash va gidroizomerlash usullari keng qo’llaniladi. Bu jarayonlarni qo’llash orqali neft mahsulotlarini sifatini va ishlab chiqarish ko’lamini oshirishga erishiladi. Gidrogenizatsion jarayonlar neftni qayta ishlash sanoatida ikkinchi jahon urushidan so’ng keng qo’llanila boshlandi. Dastlab kataliktik riforming xomashyosi benzin va dizel yoqilg’isini gidrotozalash rivojlandi, keyinrok neft distillyatlarini gidrokrekinglash amalga oshirila boshlandi.
Kerosin va dizel fraksiyalarini gidrotozalashdan maqsad talab etilgan standart me`yorlariga ko’rsatilgan miqdorgacha oltingugurt miqdorini va termik barqaror, yonish hususiyatlari yahshilangan tayyor distilliyatlar olishdir. Bir vaqtda yoqilg’ini korroziyaga aktivligini pasaytiriladi v uning saqlash vaqtidagi har hil cho’kindilar hosil bo’lishi pasayadi.
|
| |