Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/105
Sana19.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#123471
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
Bog'liq
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

17.1-jadval 
Katalizator tarkibini uning aktivligiga ta’siri 
(harorat 200
0
C, vodorod bosimi 300 kPa va ortiqcha vodorod berishning 
hajmiy tezligi 60 soat
-1
va moyni berishning hajmiy tezligi 1,0 soat
-1

Kataliza-
torni t.r. 
Katalizator tarkibi, % 
Salomasning 
yod soni,% J
2
Katalizator 
aktivligi, ∆.y.s. 
Al 
Ni 
Cu 
Pd 
Ti 

50 37,5 12,45 0,05 
0,0 
66,8 
42,4 

50 37,5 11,45 0,05 
1,0 
63,2 
46,0 

50 37,5 10,95 0,05 
1,5 
57,5 
51,7 

50 37,5 10,45 0,05 
2,0 
53,6 
55,6 

50 35,5 9,45 
0,05 
5,0 
51,8 
57,4 
Tarkibiga 0,05% miqdorida palladiy qo’shilgan, nikel-mis-alyuminiyli 
katalizator yuqori aktivlik, selektivlik va izomerlash xususiyatini namoyon etishi 
ma’lum[130]. 17.1-jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, nikel-mis-palladiy-
alyuminiyli katalizatorga titanni qo’shish uning aktivligini oshiradi.
Ma’lumki, nikel-alyuminiyli katalizator tarkibiga bitta promotorni kiritish 
kerakli kompleks xossalarga ega katalizator olish imkonini bermaydi. 
Qo’shimchalardan kompleks foydalanilganda, katalizatorlar, nafaqat aktivlikni 
oshish darajasi bilan, balki boshqa muhim xossalari bilan baholanadi. Masalan, 
nikel-alyuminiyli katalizatorga xrom qo’shilsa, katalizatorning termik barqarorligi 
va xizmat ko’rsatish muddati ko’payadi, titan qo’shilsa katalizatorni mustahkamligi 
oshadi. Ma’lumki, nikelli katalizatorda, mis katalizatorni qaytarilish haroratini 
pasaytiradi va bu katalizatorni regenerasiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. 
Yog’larni gidrogenlash katalizatorini tanlash murakkabligi nafaqat uning 
yuqori aktivlik, balki yuqori selektivlik, trans-izomerlash, zaharlanishga 
chidamlilik, regenerasiyalanganda o’zgarmas aktivlikka ega bo’lish, gidrogenlangan 


214 
mahsulotning barcha nomenklaturasini olish imkoniyati va boshqa xususiyatlariga 
qarab ham belgilanadi. 
Yuqorida keltirilgan talablardan kelib chiqqan holda, kompleks xususiyatlarga 
ega bo’lgan shunday katalizator nikel-alyuminiyli katalizatorga uch va undan ortiq 
promotorlarni kiritish yo’li bilan ishlab chiqilgan(17.2-jadval). 

Download 3,92 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish