• Narx xavfsizligi
  • Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing




    Download 2,06 Mb.
    bet125/202
    Sana19.12.2023
    Hajmi2,06 Mb.
    #123817
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202
    Bog'liq
    marketing

    Narx qulayligi. Raqobatchilar mahsulotlarga ko‘ra sizning firmangiz mahsuloti va uning narxini ijobiy qabul qilgan xaridor o‘zida qoniqish hosil qiladi. Katta hajmdagi ulgurji xaridorlardan bitim tuzish orqali «narxning qulayligi»dan xaridor ko‘p iqtisod qiladi. Ya’ni foyda ko‘radi. O‘zida bor pulga narx arzon bo‘lgani uchun 1 tonna emas, 1,5 tonna mahsulot sotib olish imkoni tug‘iladi.
    Xaridorda narxdan qoniqishni ko‘tarish uchun bir necha imkoniyat- lar mavjud.
    Birinchi imkoniyat - turli aksiyalar, bayram chegirmalari, mavsumiy chegirmalar, sovg‘a qo‘shib sotish, sotuvdan so‘ng kafolatlangan bepul servis ko‘rsatish kabilar xaridorning narxdan qoniqishini oshiradi.
    Ikkinchi imkoniyat – narxlarni shunday shakllantirishdan iboratki, u xaridorni o‘ziga tez jalb qilsin. Masalan, A mahsulot – 600 so‘m, B mahsulot – 1000 so‘m, bular orasidagi 400 so‘m farq xaridor ko‘ziga tez tashlanadi. Boshqa mahsulotning narxi 20000 so‘m, ikkinchisiniki -
    19600 so‘m, bu yerdagi 400 so‘m farq esa xaridor tomonidan sezilmas- ligi ham mumkin. Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki, narxdagi farqlar absolyut holda qabul qilinmaydi. Bu yerda narx
    «ostonalari» ahamiyatga ega bo‘lib, masalan, bir qator kichik narx ko‘tarilishlari birdaniga katta narx ko‘tarilishiga qaraganda iste’molchi tomonidan yengilroq qabul qilinadi.
    Chakana savdoda yaxlit narxlardan ko‘ra «siniq» narxlar ko‘proq qo‘llanadi. (6000 so‘m o‘rniga 5,899 so‘m xaridor tomonidani yaxshiroq qabul qilinadi).
    Narx xavfsizligi tushunchasi xaridor haqiqatdan ham taklif qilinayotgan narx u uchun manfatli ekanligiga ishonch hosil qilinishini bildiradi. Narx xavfsizligini oshirishning 2 yo‘li bor.

    1. Tovar sifatini turli tadbirlar orqali iste’molchiga talqin qilish, yetkazish, sifatini kafolatlash, iste’molchiga tovar sifati yoqmasa qaytarib olish shartini taklif etish kabilar iste’molchiga tovar sifatiga ishonchni orttiradi va narx xavfsizligini bildiradi.

    2. Narx xavsizligi reklama orqali ite’molchiga yetkazilishi uning narxi tovar naflilik darajasiga mos kelishini bildirishdan iborat.


    Download 2,06 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing

    Download 2,06 Mb.