• Marketing omillari
  • Marketing tahlili
  • Marketing strategiyasida ansoff qoidasi




    Download 2,06 Mb.
    bet193/202
    Sana19.12.2023
    Hajmi2,06 Mb.
    #123817
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   202
    Bog'liq
    marketing

    Marketing strategiyasida ansoff qoidasi — marketing nazariyasi va amaliyotida muhim o‘rin tutadigan bir konsepsiya. Ma’lumki, marketing strategiyasini ishlab chiqish — korxona (firma, kompaniya) faoliyatiga nisbatan dasturiy-maqsadli yondashuvdir.
    Segmentlash strategiyasi — barcha guruhdagi iste’molchilar havola etilgan tovarlar va xizmatlar bilan to‘yinganligi darajasini chuqurlash- tirish, eng mayda jihatlarni ham qo‘shganda bozor talabining eng ichkarisini tanlash;
    Diversifikatsiya strategiyasi — shunchaki tovarlarni tabaqalashtirish emas, aksincha, mutlaqo yangi va soha firmasi faoliyatining asosiy turlariga bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatining yoyilishini ham qo‘shganda, yangi tovarlarni ishlab chiqarish va ular bilan yangi bozor- larni o‘zlashtirish.
    Baynalmilallashtirish strategiyasi — yangi chet el bozorlarni o‘zlashti- rish;
    Bazaviy marketing strategiyasi — korxona (kompaniya)ning uzoq muddatli rejasi bo‘lib, g‘arb mamlakatlarida unga ko‘pincha «xomaki reja», deb tarif beriladi. Mazkur reja mufassal qayd etilgan strategiya rejalari tashqi muhitda voqealarning kutilmagan burilishlariga uchraydi, shuning uchun bazaviy uzoq muddatli strategiya (maqsadning o‘zi singari) bir marta berilgan va o‘zgarmas bo‘ladi.
    Marketing omillari — ishlab chiqarish xatti-harakati uchun zarur bo‘lgan bozor shart-sharoitlari.
    Marketing rejasi — tanlangan konsepsiya va ishlab chiqilgan marketing strategiyasiga asoslangan ma’lum davr (operativ yoki istiqbolli) uchun firma rahbariyati tomonidan mo‘ljallangan hujjatlar to‘plami. Marketing rejasi marketing bo‘limlari harakatini boshqa-
    ruvchi va yo‘naltiruvchi nazorat raqamlari rejaviy ko‘rsatkichlar, grafiklar, prognozlar va xomashyo, talab balanslarini o‘zida aks ettiradi.
    Marketing tahlili (ingl. marketing analysis) kompaniyaning bozordagi imkoniyatlarini, u yoki bu tarzda bozor bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa omillarni baholash, shu jumladan, ichki mikro va makromuhitni, bozorda raqobatchilik xulq-atvori taktikasi va strategiyasiga nisbatan kompaniya uchun manfaat va qiziqish uyg‘otadigan barcha tomonlarni baholashdir.

    Download 2,06 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   202




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing strategiyasida ansoff qoidasi

    Download 2,06 Mb.