|
Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing
|
bet | 195/202 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #123817 |
Bog'liq marketingPablisiti vositalari (publicity tools) — kompaniya, g‘oyalar, tovar yoki xizmatlarni noshaxsiy tanishtirish va taqdim etishni ta’minlovchi vositalar. Masalan, press-relizlar, matbuot anjumanlari, maxsus reklama ana shular sirasiga kiradi.
Partsell — tovar partiyasi; yukning kichik partiyasi.
Pozitsiyalash — xaridorlar ongida kompaniya imijini va tovar obrazini yaratish
Promoushn (promotion) — talabni oshirish, mahsulot o‘tkazilishi va sotilishini ko‘paytirish, mahsulotni realizatsiya qilish uchun bozor makonini yanada kengaytirish maqsadlarida reklama, press-relizlar, shaxsan sotish, sotishni rag‘batlantirish va tovar yoki xizmatni ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan boshqa marketing kommunikatsiyalari vositasida amalga oshiriladigan turli marketing chora- tadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisi.
Promo-sayt (promo-site) — qandaydir reklama kampaniyasi uchun maxsus yaratilgan yoki ma’lum bir tovar yoxud kompaniyaga bag‘ishlan- gan sayt.
Psixografika — psixologiya va demografik statistikani birlashtiruvchi termin. Keng jamoatchilik alohida namoyandalari va guruhlari turmush tarzi va xulq-atvorini tadqiq, tahlil qilish, baholash texnologiyalarini tariflash uchun foydalaniladi.
Qarama-qarshi savdo (ingl. reciprocal trade) — savdo operatsiyasi bo‘lib, uning shartlari sotuvchilarning xaridorlardan tovarlarni yetkazib berilayotgan tovarlar qiymatining bir qismi yoki to‘liq miqdorida sotib olishdek qarama-qarshi majburiyatlarini nazarda tutadi.
Qarshi ta’sir qiluvchi marketing — irratsional (aql bovar qilmay- digan talab: spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, dori-darmonlar va shu kabilarga) talab vujudga kelganda qo‘llanadigan marketing turi.
Raqobat muhiti – mustaqil sotuvchilar o‘zining tovarini mustaqil xaridorlarga sotish uchun harakat qiladigan bozor. O‘ziga hos
xarakteristik xususiyatlari bilan farq qiluvchi yetakchi xarak- teristikani yetakchi iste’molchilik darajasiga ega iste’molchilar bozorini qismlarga ajratish jarayoni.
|
| |