|
Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing
|
bet | 197/202 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #123817 |
Bog'liq marketingSavdo madaniyati — tovar harakatining umumiy yagona silsilasida chakana savdo jarayonlarini birlashtiruvchi muhim bir halqa. Chakana
savdo texnologiyasi xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish korxona- laridan iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining ana shu tovarlarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar kompleksi sifatida chakana savdo korxonalarining o‘zida yaratilishi lozim.
Savdo markasi (ingl. trademark) — yuridik jihatdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan so‘z yoki so‘zlar, nom, rasm, timsol yoki boshqa grafik tasvirdan iborat bo‘lgan obyekt.
Savdo tizimi — xaridor va sotuvchi muloqoti rejimida savdo amallarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, mutaxassislarning maslahatlari, infratuzilmali xizmatlar va boshqa qo‘shimcha imkoniyat- larni ta’minlaydi.
Sanoat reklamasi — aholi orasidagi iste’molchilar uchun emas, balki sanoatdan foydalanuvchilar va xaridorlar uchun mo‘ljallangan reklama bo‘lib, business to-business advertising, ya’ni mijoz kompaniyalar uchun reklama, deb ham ataladi. Ilgari savdo va texnika reklamasi, deb yuritilgan bu atama hozirgi kunda ham ko‘pgina mamlakatlarda ishlatiladi.
Servis paneli (service panel) — xizmat ko‘rsatish va xizmatlar havola etiladigan turlri sohalarda xaridorlar ehtiyojlarining maxsus paneli.
Segmentlashtirish (ingl. segmentation) — marketing rejalashtirishida bir-biriga bog‘lanib qolgan shaxslarni aniqlashtirib olish hamda bir- biridan ajratishdir.
Sinama marketing; test marketing — bitta yoki tanlab olingan bir necha mintaqada o‘z tovarlarini realizatsiya qilish.
Sinxromarketing (ingl. synchromarketing) — bozorda tovarga bo‘lgan talabning kuchli o‘zgarishi (tovarning mavsumiy xarakterga egaligi) tu- fayli konyunkturaning pasayishi oqibatida qo‘llanadigan marketing turi, bunday pallada sinxromarketing talab o‘zgarishini inobatga olgan holda sotuvning barqarorligini ta’minlaydi.
Sif (ingl. cost, insuranse and fright) — (narx, sug‘urta va yetkazib berish) terminidan chiqarilgan abbreviatura. Eksport kontrakti doirasida tovar yetkazib berishning tovarning narxi xaridor uchun ana shu elementlarni ham o‘z ichiga olishini ko‘rsatuvchi bir sharti.
|
| |