|
Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing
|
bet | 199/202 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #123817 |
Bog'liq marketingTovar o‘rami (ingl. packaging) — muhofaza tarasi yoki idishida mahsulotni qadoqlash texnologiyasi yordamida uning ichidagi tovar reklama qilinadi.
Tovar harakati kanallari — tovar harakati funksiyalarini amalga oshirish yo‘llari. Tovar harakati kanallari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin: ishlab chiqaruvchining xaridor bilan oddiy (to‘g‘ridan to‘g‘ri) aloqa qilishida yo tovar xaridorga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berilishi, yoki ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulot sotish va o‘tkazish tarmog‘iga ega bo‘lishi taqozo etiladi.
Tovarlar guruhi brendi (ingl. family brend) — mahsulotlar yoki xizmatlar assortimentini identifikatsiyalovchi brend. Odatda nom, so‘z, timsol, logotip, grafik tasvir yoki savdo markasi ko‘rinishida aks ettiriladi, bajarilishi ana shunday atributlar sirasiga kiradi.
Trend — narxlar o‘zgarayotgan yo‘nalish.
Venchur korxonalar — jumladan, yirik firmalar buyurtmalari va davlat subkontraktlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, muhandislik ishlanmalari, yangiliklar yaratish va joriy etish bilan shugullanuvchi tashkilotlar (korxonalar, muassasalar).
Xalqaro marketing — firmalar, kompaniyalar, korxonalar va davlat tomonidan qo‘llanadigan bir vosita. Jahon bozorlariga chiqishda tashqi muhitni tadqiq qilish, konkret bozorni aniqlash va belgilab olish, unga kirish uslubini va marketing rejasini ishlab chiqish, xalqaro bozorda axborotlar ta’minoti va raqobat muhitini o‘rganish kabi muammolar yechimini topishga qaratilgan bo‘ladi.
Xalqaro marketing muhiti — jahon bozoridagi o‘zgarishlar maydonini, aniqrog‘i, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy omillar va boshqalarda namoyon bo‘luvchi mamlakatning tashqi marketing muhitini ifodalovchi termin.
Xizmatlar marketingi — xizmat ko‘rsatish doirasida marketing tovarlar ijarasi, ularni ta’mirlash yoki o‘zgartirish va shaxsiy xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Obyektiv jihatdan ba’zida tovarlar va xizmatlar farqlanishi qiyin kechadi, umuman olganda, xizmatlarning to‘rt xil xarakteristikasi mavjud: payqay olmaslik, saqlashga qobiliyatsizligi, xizmat ko‘rsatuv- chidan ajratib bo‘lmasligi va sifat jihatdan o‘zgaruvchanligi.
|
| |