|
Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing
|
bet | 198/202 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #123817 |
Bog'liq marketingSotish siyosati — marketing faoliyati jarayonida firma siyosatini ishlab chiqish bosqichidayoq hal etiladigan muammolardan biri. Konkret muayyan bozorga nisbatan olganda sotishning eng samarali tizimi, yo‘llari va usullarini tanlash to‘g‘risida so‘z ketganda, bu mahsulotni
ishlab chiqarish avval boshdanoq sotishning muayyan usul va uslublarini, eng qulay sharoitlarni ko‘zda tutishni bildiradi.
Sotuvdan tushum(ingl. sales revenie) — savdo faoliyatidan olingan kompaniya sof daromadi, ko‘pincha, tovar aylanmasi sinonimi sanaladi.
Savdo portfeli (ingl. sales portfolio; sales presentation) — ikkinchi bir nomi — sotuvlar tashkilotchisi. Sotuvlar bo‘yicha yoki savdo agenti (gumashta) yordamchi yig‘ma jildi bo‘lib, unga mijoz bilan muzokaralar, sotiladigan tovarlar va xizmatlar texnik xarakteristikasi (tavsifnomasi) va layoqati haqidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi.
Strategik marketing - mustaqil sotuvchilar o‘zining tovarini mustaqil xaridorlarga sotish uchun harakat qiladigan bozor
yaratishning sistematik siyosatini o‘tkazish orqali o‘rta bozor ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga qaratilgan uzoq muddatli aktiv marketing jarayoni.
Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) — bir jismoniy va yuridik shaxslarning tovarlari va xizmatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslar tovarlari va xizmatlaridan farqlashga xizmat qiladigan timsollar va ramzlar bo‘lib, ular qonunda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Tovar siyosati -tadbirkorlik maqsadlariga erishishiga mo‘ljallangan strategiya va tadbirlar yig‘indisi.
Tovar sifati — mahsulot (xizmat)ning belgilangan yoki nazarda tutiladigan talablarni uning belgilangan vazifasiga muvofiq qanoatlantirishini belgilab beruvchi xossalari va xarakteristikasi yig‘indisi. Mahsulotning uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish, iste’mol qilish muayyan shartlariga nisbatan bir yoki bir necha konkret xarakteristikasini o‘zida ifoda etuvchi sifat ko‘satkichlari bilan tavsiflanadi. Tovar sifatiga oid talablar — obyektiv va subyektiv omillarning o‘zaro ta’siri natijasidir.
|
| |