Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing




Download 2,06 Mb.
bet41/202
Sana19.12.2023
Hajmi2,06 Mb.
#123817
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   202
Bog'liq
marketing

Marketing tizimi - F.Kotler fikricha, korxona bilan uning hamkorlari va tovar (xizmat)lari sotiladigan bozordagi subyektlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi (majmuyi)ni ifodalaydi. Marketing tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor subyektlari kiradi.7
Marketing tizimi korxonaning bozordagi faoliyat strateiyasiga qarab shakllanadi va undagi o‘zgarishlar asosida yangilanaveradi. Marketing tizimining shakllanishiga va o‘zgarishiga asosiy sabab bozor


7 Marketing, Bozorshunoslik/ A.Soliyev, S.Buzrukxonov /T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010- y.
konyunkturasi hisoblanadi. Marketing tizimi korxona tashqi muhitini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, texnik-texnologik, siyosiy- huquqiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanadi va faoliyat yuritadi. Uning muvaffaqiyatli faoliyati korxona imkoniyatlarini bozor faoliyatiga nechog‘lik muvofiqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga marketing tizimiga korxonaning raqobatchilari sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha ularning bozor strategiyalari o‘zgarishi bilan tizim- da yangi yo‘nalish boshlanishiga olib keladi.
Aniq korxona uchun marketing bo‘limi haqida Nizom ishlab chiqishda korxonaning xususiyatlari: strategik maqsadlari, vazifalari, boshqaruvning tashkiliy strukturalari, faoliyat sohasi, biznes turining soni, moliyaviy, mehnat resurslari, shuningdek, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar hisobga olinadi.
F.Kotler marketing tizimi tushunchasiga kompleks yondashib, uni jiddiy bozor munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi deb tushunib, firmaning bozorlarga bevosita bog‘liq faoliyatiga katta e’tibor beradi. Bunday sharoitda firmaning ichki va tashqi muhiti tahliliga alohida e’tibor qaratish zarur.
Demak, marketing tizimi – firma faoliyatining operativ va strategik yo‘nalishini belgilab beradigan tashkiliy, boshqaruv, rejalashtirish sohalariga tegishli to‘xtovsiz jarayon, subyektlar, vositalar va axborot oqimlari kompleksidir.



    1. Download 2,06 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   202




Download 2,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing

Download 2,06 Mb.