• Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi
  • Toshkent moliya instituti “ijtimoiy fanlar” kafedrasi




    Download 3.85 Mb.
    bet5/8
    Sana31.10.2023
    Hajmi3.85 Mb.
    #91820
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    9-мавзу. iqtisodiy islohotlar tayyor

    Qishloq xo’jaligi

    • G‘alla ishlab chiqarish hajmi 1990-yildagi 1899 ming tonnadan 2010- yilda 6952 ming tonnaga, 2014- yilda esa 8050 ming tonnaga yetdi, ya’ni 4,2 barobar o‘sdi.
    • Murakkab ob- havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o‘tgan yili mo‘l hosil yetishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan ziyod g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi(2015-yil).
    • 2011 yillarda butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 million tonna paxta tolasi yetishtirgan bo‘lsa, birgina O‘zbekiston 1 million 400 ming tonna paxta tolasi yetishtirgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi PQ- 4087-son «Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori muhimdir.
    • Respublika sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo‘yicha ham salmoqli o‘ringa ega. 2012-yilda O‘zbekistonda yiliga 5 million tonnaga yaqin meva sabzavot yetishtirilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib 1,5-2 milliard dollar miqdorida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinmoqda.
    • Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-sentyabr kuni 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

    Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi

    • Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar – avtomobilsozlik, sellyuloza- qog‘oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, ya’ni mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va yengil sanoat kabi tarmoqlarning hissasi ortib bordi.
    • Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 2000- yilda 1990-yildagiga nisbatan 1,2 barobar, 2010-yilda 3 barobar, 2015- yilda esa 4.4 barobar o‘sdi.
    • O‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‘zgartirishda yangi neft konlari, Mingbuloq va Ko‘kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko‘paytirilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
    • 1994-2003— yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni 2003— yilda 2087 taga yetdi.
    • O‘zbekistonda qabul qilingan, «o‘zbek modeli» deb nom olgan, ayniqsa, 2008-yilda boshlangan va hanuz davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida o‘zining nechog‘liq to‘g‘ri va hayotiy ekanini isbotladi.

    Download 3.85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 3.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti “ijtimoiy fanlar” kafedrasi

    Download 3.85 Mb.