• 4 goziq-ovqat albumini yoki 4 dona tuxumning oqsili
  • 2-3, 4-8 minut
  • 90°C da 25 minut
  • 100 kg ho‘l mevaga 300-10000 g gacha
  • Mevalarni qand bilan konservalash texnologiyasi reja: Shakar qo‘shilgan konservalarini tayyorlash. Murabbo tayyorlash




    Download 130 Kb.
    bet1/6
    Sana29.02.2024
    Hajmi130 Kb.
    #164753
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mevalarni qand bilan konservalash texnologiyasi reja Shakar qo‘
    1 Промеж. конр 10 балл-1, 4 Amaliy mashg\'ulot Mexanik yuritmaning kinematik hisobi (2), 7-Amaliy mashg\'ulot, O\'zbekistan quralli ku\'shleri, Механикадан терминлар Википедия учун 1901 га, Пояснит. записка Карши дарвоза, Yarim o’tkazgichli asboblar. Umumiy takrorlash. Reja, 8 Информатика ва ахборот технологиялари 120 соат 2, 1-kurs taqvim 2022-2023 (3), Botanika o\'quv-dala amaliyoti hisoboti, Savollar O\'zbek tili va adabiyoti, 7 маьруза-конвертирован, 50 та Investitsiya fanidan test (12) (1), 9, Academic-Data-315201104696

    MEVALARNI QAND BILAN KONSERVALASH TEXNOLOGIYASI
    REJA:
    1. Shakar qo‘shilgan konservalarini tayyorlash .
    2. Murabbo tayyorlash .
    3. Shakarsiz murabbo tayyorlash.
    1. Shakar qo‘shilgan konservalarini tayyorlash .
    Tayanch iboralar: murabbo, qiyom, marmelad, jem, shinni.

    Meva va meva-rezavor mahsulotlarni uy sharoitida konservalar tayyorlashda ularga shakar qo‘shib konservalash keng qo‘llaniladi.


    Bunda shakar yordamida muhitning osmotik bosimi yuqori bo‘ladi. Natijada mikro-organizmlar tarkibidagi suv so‘rib olinadi va ular nobud bo‘ladi.
    Shakar qo‘shib konservalash usuli mahsulotlarni osmoanabioz usuli bilan qayta ishlash qonuniyatiga mansub.
    Mevalarni shakar qo‘shib konservalashda shakarning konsentratsiyasi 65% dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
    Bunday konservalarning ta’mi haddan tashqari shirin bo‘ladi. Shu sababli ular konservalashda kamroq shakar qo‘shib pasterizatsiya qilinadi.
    Bunda tayyor mahsulotning ta’mi shirinroq bo‘lib, shakar tagiga cho‘kib qolmaydi.
    Shakar qo‘shilib pasterizatsiyalangan konservalarga murabbo, qiyom, marmelad, jem, shinni hamda boshqalar kiradi.
    2. Murabbo tayyorlash
    Murabbo meva hamda shakar qiyomidan tayyorlangan shirinlik. Bunda meva yoki uning bo‘laklari butun qiyom bo‘yicha bir xil taqsimlangan va butunligicha bo‘lishi lozim.
    Murabbo tayyorlashda shakar qiyomi bilan meva hujayrasi shirasi o‘rtasidagi munosabatni boshqarish muhim hisoblanadi. Bunda shakar qiyomini meva hujayrasi so‘rib oladi, shu bilan birga xujayra shirasi shakar qiyomiga chiqadi. Ushbu jarayonning teng bo‘lib o‘tishi murobboning sifatini belgilaydi. Agar shakar kiyomi mevaning ichiga bir tekis yoki hamma qismiga kirib bormasa, meva engil bo‘lib qoladi va natijada murabboning yuza qismiga qalqib chiqib qoladi. Agar hujayra shirasi juda tez qiyomga chikib ketsa, meva burishib bujmayib qoladi.
    Shu bilan birga murabboning sifati mevaning tashqi ko‘rinishiga, ta’miga va xushbo‘yligiga bog‘liq. Murabbo qilinadigan mevalarning pishib o‘tib ketishi yoki pishmagan bo‘lishi mahsulotning ta’mi va xushbo‘yligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Mevalar murabbo qilish uchun tayyorlangandan so‘ng qotib qolmasligi uchun issiq qiyomda 3-4 soat saqlanadi. Bunda mevalar shakarni o‘ziga singdirib oladi. Olma, nok, shaftoli, gilos va o‘riklardan murabbo tayyorlashda – 40-60%, ertutda – 70%, olxo‘rida – 25-40% shakar qiyomidan foydalaniladi.
    Shakar qiyomi maxsus qozonlarda tayyorlanadi. Suv 50°C isitilgandan so‘ng ma’lum miqdorda shakar qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan eritmaga 100 kg hisobidan 4 goziq-ovqat albumini yoki 4 dona tuxumning oqsili qo‘shib qaynatiladi. Tuxum oqsili shakar qiyomini iflosliklardan yaxshi tozalaydi. Hosil bo‘lgan ko‘pik olib tashlanib, qiyom filьtrlanadi.
    Murabbo maxsus qozonlarda yoki vakuum qurilmalarda qaynatiladi. Agar murabbo uzoq pishirilsa, meva shirasi tezda qiyomga aylanib, meva donalarini burishtirib, qovjiratib qo‘yadi va murabboning rangi ham tiniq bo‘lmaydi. SHunday bo‘lmasligi uchun murabbo bir necha marta pishiriladi. Har gal qiyom bir necha minut (2-3, 4-8 minut) qaynatilib, so‘ngra bir necha soat (8-10-12 soat) olovdan olib qo‘yiladi va sovitiladi. Shunda qiyomdagi shakar meva ichiga kirib, ularni bujmayishdan saqlab qoladi.
    Pishirish paytida murabbo ustida yig‘ilgan ko‘pik vaqti-vaqti bilan olib turilishi lozim. Qaynatish oxirida shakar qiyomining yopishqoqligini oshirish uchun kraxmal qiyomi qo‘shiladi
    Sifatli murabbo tayyorlash uchun uning pishganligini to‘g‘ri aniqlash muhim. Tayyor murabbo qiyomi tomizilganda yoyilib ketmaydi, qiyom ipga o‘xshab cho‘ziluvchan bo‘ladi, pishgan meva idishning yuzida qalqimasdan, tiniqroq tusga kirib, qiyom ichida bir tekis tarqalgan bo‘ladi.
    Tayyor murabboning qaynash harorati 106-107°C atrofida bo‘ladi. SHu bilan birga murabboning pishganligini arsometr yoki refraktometr ko‘rsatkichlariga qarab aniqlash mumkin.
    Murabboda 70-75% quruq modda bo‘ladi. SHisha idishlarga solingan murabbolar qopqogi zich berkitilib, 90°C da 25 minut pasterizatsiyalanadi. Murabboni quruq va salqin (10-15°C gacha bo‘lgan haroratda) joyda saqlash tavsiya etiladi.
    Past haroratda saqlangan murabbo shakarlanib qolishi mumkin. Olma, nok, o‘rik va shunga o‘xshash kam kislotali mevalar murabbosi ko‘proq shakarlanib qoladi.
    Shunday bo‘lmasligi uchun bu xil murabbolarga limon kislotasi (100 kg ho‘l mevaga 300-10000 g gacha) yoki limon sharbati qo‘shish tavsiya etiladi.
    Agar murabbo chala qaynatilgan bo‘lsa, bir qancha muddatdan keyin achib, ko‘piklana boshlaydi.

    Download 130 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 130 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mevalarni qand bilan konservalash texnologiyasi reja: Shakar qo‘shilgan konservalarini tayyorlash. Murabbo tayyorlash

    Download 130 Kb.