• 4.0 Industriya , Singapurda Smart Nation va Evropa Ittifoqida Horizon 2020
  • Digital Kazakstan va Kyrgizstan Taza Koom
  • Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/442
    Sana19.06.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #264348
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   442
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020

    Huawey
    va 
    Oxford Economics
    birgalikda 
    Digital Spillover
    (raqamli ta’sir) 
    hisobotini taqdim etdilar. Ushbu hisobotda raqamli texnologiyalar uchun bir AQSH 
    dollarliga teng bo’lgan har bir investitsiya bo’yicha daromad miqdori oxirgi 30 yil 
    ichida 20 AQSH dollarigacha ko’tarilganini ko’rsatdi. Raqamli texnologiyalar 
    uchun investitsiyalarni uzoq muddatdagi qaytaruvi (
    ROI
    – 
    return of investment

    an’anaviy investitsiyalardan 6,7 barovar ko’proqqa, raqamli iqtisodiyot esa o’rtacha 
    dunyo YIM tarkibida 2,5 barovarga o’sdi. Borgan sari ko’proq mamlakatlar va 
    mintaqalar rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalarning ahamiyati ancha katta 
    ekanligini tan olmoqdalar. Huddi shuning uchun ham Germaniyada 
    4.0 Industriya

    Singapurda 
    Smart Nation
    va Evropa Ittifoqida 
    Horizon 2020
    kabi milliy 
    strategiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, Markaziy 
    Osiyoda joylashgan Qozog’ston va Qirg’izston mamlakatlari 
    Digital Kazakstan
    va 
    Kyrgizstan Taza Koom
    deb nomlangan milliy raqamli texnologiyalarini 
    rivojlantirish rejalarini keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Biroq, shuni 
    ham alohida ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hozirgi axborot 
    kommunikatsion tuzilmalar darajasi dunyo bo’yicha o’rtacha qiymatdan ancha 


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
    pastdir. Bu esa pirovard natijada, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasining aksariyat 
    qismi raqamli iqtisodiyot talablari darajasidagi ehtiyojlarni to’liq qondira 
    olmasligiga olib keladi. Agarda biz bir misol sifatida ushbu mamlakatlardagi keng 
    polosali maishiy aloqa tarmog’ni ko’rib chiqsak, uning xonadonlarga kirib 
    borishining o’rtacha darajasi hududlar miqyosida 10-34% gina ekanligini 
    ko’rishimiz mumkin. Bu jahon miqyosidagi o’rtacha 41,1% dan ham kamdir. 
    Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarning 79% aholisi foydalanayotgan keng 
    polosali aloqa tezligi 10 Megabayt/sekunddan ham pastroq tezlikka egadir.
    O’zbekiston Respublikasida keng polosali tarmoq imkoniyatlarini kuchaytirish 
    uchun boshqa davlatlar tajribasidan foydalangan xolda infratuzilmalarni 
    rivojlantirish orqali erishish mumkin. Hozirgi davrda Markaziy Osiyo davlatlari 
    ko’pincha investitsiyalarni to’liq qoplay olmaslikka hamda raqamli infratuzulmada 
    kelib chiqishi mumkin bo‘lgan investitsion muammolarga duch keladilar. Bu kabi 
    muammolarni yechishda barcha ishtirokchilarning sa’yi-harakatlari birdek talab 
    qilinadi. Shu sabab, mazkur mamlakatlar hukumatlari raqamli iqtisodiyot rivojini 
    qo‘llab-quvvatlash uchun soliqlar va 
    IT
    sohasidagi qobiliyatlarni, shularga tegishli 
    fondlarni rivojlantirish yo‘lida samarali siyosat ishlab chiqishi va o‘zlarining 
    siyosiy qobiliyatlarini ishga solishda ijodiy yondashishi maqsadga muvofiq bo’lgan 
    bo’lar edi. Shundagina hukumatlar raqamli information-kommunikatsion 
    texnologiyalarini barcha sohalarga tatbiq etuvchi mustahkam muhitni yaratgan 
    holda aloqa operatorlariga investitsiyalar bilan bog‘liq havf va muammolarni 
    bartaraf etishda yordam bera olishlari mumkin. Misol uchun, Mongoliyalik 
    operatorlar davlat hukumati tomonidan qo‘llanilgan maqbul siyosat tufayli, 
    WTTX 
    texnologiyasiga ega 80 000 ta intellectual o‘tovlarni barpo etishga erishdilar. 
    Shunga o‘xshash aqlli o‘tovlar chekka hududlardagi cho‘ponlarga shahar sharoitiga 
    o‘xshash keng tarmoqli aloqa xizmatlaridan foydalanishga yordam beradi. Bu esa 
    cho‘ponlarga bozor haqidagi ma’lumotlarni juda oson qo‘lga kiritishda, masofaviy 
    o‘qitish kurslarida ishtirok etishda imkon beradi hamda Internet orqali oila a’zolari 
    va do‘stlari bilan suhbatlashishda yanada qulay «raqamli» muhitni ta’minlaydi. 
    Raqamli AKT masalalari ta’minotchisi sifatida yaxshi tanilgan 
    Huawei 


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
    kompaniyasi mijozlariga yangicha texnologik g‘oyalar yordamida investitsiyalar 
    qaytaruvi (

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   442




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari

    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish