|
ROI
) ni maksimallashtirishda ko‘mak beradi. Masalan,
HuaweiBog'liq Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020ROI
) ni maksimallashtirishda ko‘mak beradi. Masalan,
Huawei
Markaziy Osiyo hududlari uchun mobil aloqa talablariga javob beruvchi sayt uchun
uncha qimmat bo‘lmagan va yuqori samarali -
Rural Star
yechimini ishlab chiqdi.
Bu yechim qishloq hududlaridagi aloqa infratuzilmasi uchun mo‘ljallangan
investitsiya samaradorligini oshirdi va uyali aloqa qamrovini yaxshilashga erishdi.
Huawei
va
BeCloud
birgalikda Belarusda milliy ma’lumotlarni «o‘zida
zaxiralisaqlovchi» davlat platformasi -
G-Cloud
ni ishlab chiqdilar. Bu loyiha
5 000 dan ortiq davlat korxonalariga «o‘zida zaxirali saqlovchi» xizmatlarni
ulashga yo‘l ochib berdi, bu esa hukumat va davlat xizmatlari samaradorligini
sezilarli darajada oshirdi. Raqamli AKT infratuzilmasini rivojlantirishga
qo‘shimcha ravishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari jismoniy va biznes
shaxslar orasida raqamli xabardorlik darajasini oshirishlari lozim. Hukumatlar
yanada ko‘proq sohaviy tuzulmalarni tashkil etib, raqamli texnologiyalar yordamida
tijoriy va biznes g‘oyalarning yangi yechimlarni izlashda an’anaviy sanoat
salohiyatini kuchaytirishlari lozim. Masalan,
Huawei
tomonidan ishlab chiqilgan
Intelligent Pipeline
yechimi Qozog‘iston gaz quvurlaridagi asosiy transmission
uskunalar orqali ovoz, ma’lumot va video tasvirlarni yetkazishni ta’minlaydi.
Joylarda faoliyat yurituvchi mutaxassislar real vaqt davomida bir necha ming
kilometr masofadan turib, gaz quvurlari holatini kuzatish va ularning parametrlarini
o’lchashlari mumkin. Bu esa, qandaydir favqulodda ma’lumotlar, buzilish va tizim
xatoliklari kabi holatlar yuzaga kelishi bilanoq, favqulodda yuz beruvchi hodisalar
signallariyordamida holatni tezda bartaraf etishda yordam beradi. Gaz quvurlarini
bu tarzda boshqarish operatsion xavflarni ancha kamaytiradi. Ish joyidagi raqamli
texnologiyalarga yana bir misol Dushanbedagi intellektual transport tizimi (
|
| |