• Ren Zhengfei
  • ITT )  bo‘lgan «Intellektual transport fazasi №1» loyihasini misol sifatida keltirish  mumkin. ITT




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/442
    Sana19.06.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #264348
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   442
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020

    ITT

    bo‘lgan «Intellektual transport fazasi №1» loyihasini misol sifatida keltirish 
    mumkin.
    ITT
    ni tatbiq etish natijasida bir yil davomida tezlik oshirilishi bilan 
    bog‘liq jiddiy yo‘l transport hodisalari soni 50%ga kamaydi. Shuningdek, tizim 
    aholi ta’minoti sohasidagi ko‘pgina muammolarni hal etishda ko‘makdoshga 
    aylandi. Bu esa, insonlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini orttirdi va hukumatga 


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
    bo‘lgan fikrlarini ijobiy tomon o‘zgartirishga sabab bo‘ldi.Intellektual idrok katta 
    hajmlarga erishayotgan olamda mamlakatimiz olimlariko’pdan beri raqamli 
    iqtisodiyot infratuzilmasi rivoji uchun maqbul muhit yaratishga harakat qilib 
    keladilar. Bunday muhit biz band bo’lgan jarayonlar va bizga daxldor bo‘lgan 
    hamkorlar tomonidan taqdim etiluvchi ishonchli kontent o‘sishini ta’minlashning 
    yanada «raqamlashtirilgan», avtomatlashtirilgan va aniqroq bo‘lishiga yordam 
    berishi mumkin. Bu bizlarning ko‘proq suhbatlashishimiz va ertangi kunimizning 
    aqlli hayotini tezroq qurish uchun kelajakdagi texnologiyalar izlab topishdek buyuk 
    ishlar g’oyasiga asoslanib hamkorlik qilishimiz kerakligini anglatadi. Bu holda 
    oldimizdagi barcha hurmatga sazovor kompaniyalar, universitetlar va ilmiy tadqiqot 
    institutlari bizning hamkorlarimizga aylanadilar. Yaqinda, Huawei asoschisi janob 
    Ren Zhengfei
    Qutb kodeksi «otasi» - Turkiyalik professor Arikanga maxsus 
    mukofotni topshirdi. Bu mukofot – uning insonlar kommunikatsiyasi rivojiga hissa 
    qo‘shganligining izhori sifatida e’tirof etildi. Agar mamlakatimiz raqamli 
    iqtisodiyot sohasidagi fundamental tadqiqotlarga va sifatli ta’lim olishga asosiy 
    e’tiborini qaratmasa, turli sohalarning jadal rivojiga va amaliy hayotdagi yangicha 
    g‘oyalarga erisha olmaydi. Masalan, mamlakatimizdagi ko’pchilik olim va soha 
    mutaxassislarning fikricha, raqamlashtirish jarayoni mamlakat iqtisodiyotida 
    borgan sari kuchayib boradi va transmilliy korporatsiyalarning mamlakat 
    mintaqaviy va milliy iqtisodiyotlaridagi roli ortib boradi. Iqtisodiyotning raqamli 
    segmenti mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatda ro‘y bergan sifat o‘zgarishlari tufayli 
    dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi. Yangiraqamli texnologiyalar va platformalar 
    jismoniy shaxslar va korxonalar menejmentiga tobora katta ko‘lamda o‘zaro 
    aloqalarda transaksiya harajatlarini qisqartirish hamda davlat tuzilmalari va xo‘jalik 
    yurituvchi sub’ektlar bilan yaqin aloqalarni amalga oshirishga imkon beradi. 
    Bularning natijasida tarmoq servislariga asoslangan raqamli yoki elektron 
    iqtisodiyot shakllanadi. Raqamlashtirish tushunchasining o‘zi buyumlar 
    internetidan tortib, elektron hukumat texnologiyalarigacha bo‘lgan zamonaviy 
    axborot texnologiyalarini «yoppasiga» qo‘llash asosida tovarlar va hizmatlar ishlab 
    chiqarishni boshqarish va ishlab chiqarishning o‘zini takomillashtirishning yangi 


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
    bosqichidan dalolat beradi. Iqtisodiyotning raqamli segmentini kengaytirishning 
    asosiy sababi, transaksiya sektorining o‘sishi hisoblanadi, va u rivojlangan 
    mamlakatlarda milliy YIMning 70%dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bu sektor tarkibiga 
    quyidagilar kiradi: davlat boshqaruvi, konsalting va axborot hizmatlari ko‘rsatish, 
    moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, turli kommunal, personal va ijtimoiy 
    hizmatlar ko‘rsatish.Iqtisodiyotda dinamika va diversifikatsiya darajasi qanchalik 
    yuqori bo‘lsa, mamlakat ichkarisida va tashqarisida shunchalik katta hajmdagi 
    noyob ma’lumotlar aylanadi, mos ravishda, milliy iqtisodiyot doirasida ham 
    kattaroq axborot trafigi vujudga keladi. Shu sababli, raqamli iqtisodiyot hamda 
    elektron tijorat information texnlologiyahizmatlarining kirib borish darajasi yuqori 
    va qatnashchilar soni ko‘p bo‘lgan bozorlarda eng samarali faoliyat 
    ko‘rsatadi.Birinchi navbatda, bu e-segmentning ulushi YIM 10%ini tashkil 
    qiladigan, bandlik 4%dan yuqori bo‘lgan va bu ko‘rsatkichlar yaqqol o‘sish 
    tendensiyasiga ega bo‘lgan internetga qaram tarmoqlar (transport, savdo, logistika 
    va h.k.) bilan bog‘liq. Texnologik jihatdan, raqamli iqtisodiyot va elektron 
    tijoratning rivojlanishini to‘rtta asosiy trend belgilab beradi: bular, mobil 
    texnologiyalar, biznes-modellar, bulutli texnologiyalar va ijtimoiy media vositalari. 
    Bu esa o’z navbatida shuni anglatadiki, milliy segmentni shakllantirishda ularning 
    imkoniyatlaridan to’liq foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Shu bilan bir 
    vaqtda, milliy raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratga ichki va tashqi 
    investitsiyalarni samarali jalb etish va undan dividendlar olish uchun qulay 
    ishbilarmonlik muhitini yaratish, salmoqli inson kapitalini tayyorlash, boshqaruv 
    jarayonini ham rivojlantirish zarurdir. Bularning barchasi iqtisodiy o‘sishning 
    poydevori hisoblanadi va xuddi shu sababli, ularni rivojlantirish chora-tadbirlari 
    majmuini aniqlash lozim. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasiga oid 
    yuqorida aytib o’tilgan fikrlarni keng halq ommasiga va ayniqsa, talaba-
    magistrantlarga yetkazish maqsadida yozilgan 
    ushbu o’quv qo’llanmaxuddi shu 
    va shunga o’xshash masala va muammolari ommabop ravishda taqdim etishga 
    va imkoniyat darajasida yoritishga bag’ishlangan. 
     


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   442




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ITT )  bo‘lgan «Intellektual transport fazasi №1» loyihasini misol sifatida keltirish  mumkin. ITT

    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish