Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bog’liq
bo’lgan servislar
va
ishlab
chiqarishlar.
Masalan,
kompyuterlashtirilgan usullarda avtomobillar ishlab chiqarish, ishlab
chiqarishni rejalashtirish va boshqarishning rejalashtirilishi hamda nazorat
qilish tizimlari va boshqalar (
MyTaxi, Airbnb, Uber, YandexTaxi
…)
Informatsion texnologiyalar industriyasi –
raqamli iqtisodiyotning yuqorida
eslatib o’tilgan uchta segmentini qo’llab-quvvatlaydigan
IT
-industriyaning
mahsulotlari va hizmatlari (
komp’yuter tarmoqlari industriyasi, shaxsiy
komp’yuterlar ishlab chiqarish va kommunikatsion xizmatlar) -
(
Apple,
Microsoft, 3D-va 4D-pechat …).
Bulardan shuni hulosa qilish mumkinki, raqamli iqtisodiyot o’z tarkibiga
tarqatilishi raqamli texnologiyalarga to’liq bog’liq bo’lgan tovarlar, hizmatlar,
ishlab chiqarish va sotuvni qamrab oladi. Shuning tufayli E.Maletski va
B.Moristlarning fikrlariga ko’ra, raqamli iqtisod bu – information
texnologiyalarning apparat ta’minoti, dasturiy ta’minoti, telekommunikatsiyalar va
ilovalarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, shu jumladan, tashkilotning ichki
operatsiyalari (
tijorat, davlat va notijorat
) yo’nalishlarida ham faol ravishda
ishlatishdir. Bunga tashkilotlararo aloqalar ham, iste’molchi, fuqaro yoki
korxonalar bilan munosabatlar ham kiradi. Shunday qilib, ta’kidlash mumkinki,
raqamli texnologiyalar qandaydir ma’noda raqamli iqtisodiyotning asosi
hisoblanadi va internet hamda mobil texnologiyalar vositasida iqtisodiy faoliyatni
optimallashtirilgan holda amalga oshirishga yordam beradi. Quyida keltirilgan
ruyhatli-chizma raqamli iqtisodiy fazoning tarkibiy qismlarini ko’rsatib berish
uchun hizmat qiladi: